O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50

147
nasining  dorilfununi  edi.  Ushbu  madrasalarda  diniy  ilmlar: 
Qur’on,  hadis,  tafsir,  fiqh  (din  va  shariat  qonun  va  qoidalari) 
bilan  bir  qatorda  riyoziyot  (matematika),  handasa  (geometriya), 
ilmi hay’at (astronomiya), tibbiyot (meditsina), tarix, jo‘g‘rofiya, 
ilmi  aruz  (nazm),  arab  tili  va  uning  morfologiyasi  (qofiya)  kabi 
dunyoviy ilmlar ham o‘qitilardi.
1420-yilda  ochilgan  Samarqand  madra-
sasi  ikki  qavatli,  ellik  hujrali  bo‘lgan. 
Har  bir  hujra  uch  xonaga:  qaznoq  (omborxona),  yotoqxona  va 
darsxonalarga  bo‘lingan.  Madrasada  o‘sha  zamonning  iqtidorli 
olimlaridan mavlono Shamsiddin Muhammad Havofiy yetakchi 
mudarris  bo‘lgan.  O‘rta  asrlarning  mashhur  olimlari  Qozizoda 
Rumiy,  G‘iyosiddin  Jamshid  Koshoniy,  Mirzo  Ulug‘bek  va 
uning  shogirdi  Alouddin  Ali  Qushchilar  turli  fanlardan  dars 
berganlar.  Madrasa  ochilgan  kuni  birinchi  darsni  Shamsiddin 
Muhammad  Havofiy  o‘qigan,  darsda  tolibi  ilmlardan  to‘qson 
nafari qatnashgan. Madrasada ilmi hay’at (astronomiya)dan dars-
ni  Qozizoda  Rumiy  bergan.  Madrasada  kamida  15–16  yil  tah-
sil  ko‘rib,  uning  dasturi  bo‘yicha  fanlarni  to‘la  o‘zlashtirgan  va  
imtihonlarda o‘z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga sa-
nad yozib berilgan.
Samarqandda  o‘z  atrofida  to‘plangan  ta-
niqli  olimlarning  bevosita  ishtiroki  va 
yordamida  Mirzo  Ulug‘bek  1424–1429-
Ulug‘bek rasadxonasining
ichki ko‘rinishi.
Ulug‘bek madrasasi
Ulug‘bek
rasadxonasi
yillarda  shahar  yaqinidagi  Obi-
rahmat  anhori  bo‘yida  rasadxona 
qurdirdi.  Hanuzgacha  olimlarning 
qiziqishini  uyg‘otib  kelayotgan 
bu  ulkan  imoratning  balandligi  
31 metr edi.
G‘iyosiddin  Jamshid  boshchili-
gida  rasadxonaning  asosiy  o‘lchov 
asbob-uskunasi  –  ulkan  sekstant 
o‘rnatilgan.  Samarqand  sekstan-
ti  o‘sha  davrda  Sharqda  ma’lum 
bo‘lgan sekstantlarning eng kattasi 
hisoblangan.  Ulug‘bek  rasadxona 
qoshida  zamonasining  boy  ku-


148
tubxonasini  ham  tashkil  etadi.  Bu  kutubxonada  fanning  deyarli 
hamma  sohalariga  tegishli  qariyb  o‘n  besh  ming  jild  kitob  saq-
langan.
Rasadxona  tevaragida  olimlar  va  xizmatchilar  uchun  katta-
kichik hujralar quriladi. Uning etagida esa ikkita chorbog‘ barpo 
etiladi.  Ulardan  biri  Bog‘i  Maydon,  ikkinchisi  esa  Chinnixona 
nomi bilan shuhrat topadi. Rasadxona joylashgan bu mavze ma-
halliy  aholi  o‘rtasida  «Naqshi  jahon»  degan  nom  bilan  shuhrat 
qozongan.
Ulug‘bekning faol ishtiroki bilan Ulug‘bek rasadxonasi o‘sha 
zamon  sharoitiga  mukammal  astronomik  asbob  va  uskunalar  
bilan  jihozlangan  oliy  darajadagi  ilmgohga  aylanadi.  Rasad- 
xonada  Ulug‘bek  bilan  birga  mashhur  matematik  va  astronom-
Astrabod
Dehiston
Faroba
Deynak
Nisa
Nishopur
Mashhad
Marv
Balx
Buxoro
Kat
Xiva
Adoq
Urganch
Assake-
Kundan
SAMARQAND
Kesh
Termiz
Xo‘jand
Qo‘qand
Qoshg‘ar
Yorkand
O‘zgan
Toshkand
Taroz
Andijon
Turkiston
Asanas
Beshtomqal’a
Jand
Hoji Tarxon
(Astraxon)
O‘zbek xonlari yurishlari
Ulug‘bek yurishlari
Qalmoqlar chopqinlari
Temuriylar suyurg‘ollari-
ning hududlari:
Shohrux o‘g‘li Ulug‘bek
Umarshayx o‘g‘li Ahmad
Temur o‘g‘li Mironshoh
Temur nabirasi Ibrohim
Temur nabirasi Boysunqur
Amir Shohmalik
I
II
III
IV
V
VI
Masshtab: 1 : 9 000 000
V
IV
III
I
II
VI
ABULXAYR
DAVLATI
O‘ZBEKLAR
QOZON
XONLIGI
ASTRAXAN
XONLIGI
N O‘ G‘ A Y
O‘ R D A S I
J
U
R
J
O
N
D
E
N
G
I
Z
I
TURKMANLAR
A
M
I R
T
E
M
U
R
D
A
V
L
A
T
I
XUROSON
DEHLI
SULTONLIGI
BUXORO
KASHMIR
QOSHG‘AR
XORAZM
BALX
SHOSH
YETTISUV
QOZOQ
XONLIGI
MO‘G‘ULISTON
JAND KO‘LI
Ko‘hcha
k.
QUNDUZ
BADAXSHON
XUTTALON
Murg‘ob
Tajan
Jayhun
Sayhun
BOSHQIRDLAR
Yayla
Itil
Tobol
O‘
z
b
e
k
u
l
u
s
i
Emba
To‘rg‘ay
O‘RTA  OSIYO  XV  ASRDA


149
lardan  «Aflotuni  zamon»  deb  nom  olgan  Qozizoda  Rumiy, 
G‘iyosiddin  Jamshid  Koshoniy,  «o‘z  davrining  Ptolomeyi»  
nomi  bilan  shuhrat  qozongan  Ali  Qushchi  va  ko‘pgina  bosh-
qa  olimlar  ilmiy  kuzatishlar  va  tadqiqotlar  olib  boradilar.  Xul-
las,  Ulug‘bek  Samarqandda  butun  bir  astronomiya  maktabini  
yaratdi.
Rasadxonada  olib  borilgan  kuzatish  va  tadqiqotlar  tufayli  
1018 ta qo‘zg‘almas (turg‘un) yulduzlarning o‘rni va holati aniq-
lanib,  ularning  astronomik  jadvali  tuziladi.  Rasadxo na da  olib  
borilgan  tadqiqotlarning  natijalari  asosida  matematika  va  astro-
nomiyaga oid qator nodir asarlar yaratildi.
Ulug‘bekning  shoh  asari  «Ziji  jadidi  Ko‘ragoniy»  (Ko‘ra-
goniyning  yangi  astronomik  jadvali)  nomli  kitobidir.  «Ziji  jadi-
di  Ko‘ragoniy»  asosan  ikki  qismdan:  keng  muqaddima  va  1018 
qo‘zg‘almas yulduzlarning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadval-
lardan iborat. Ulug‘bekning astronomik jadvali o‘sha zamondagi 
shunga  o‘xshash  jadvallar  orasida  yuksak  darajada  aniqligi  bi-
lan ajralib turadi. Shuningdek, Ulug‘bekning yil hisobini hozirgi 
hisob-kitoblarga solishtirgudek bo‘lsak, u bor-yo‘g‘i bir minut-u 
ikki sekundga farq qiladi. Bu XV asr uchun g‘oyat yuksak aniqlik 
bo‘lib, hozirgi zamon o‘lchovlariga juda yaqindir. 
Ulug‘bek «Tarixi arba’ ulus» (To‘rt ulus tarixi) nomli tarixiy 
asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola ham yoz-
* Akademiya – oliy ilmiy tashkilot
* Rasadxona (observatoriya) – osmon jismlari tadqiqoti 
uchun  maxsus  jihozlangan  ilmiy  muassasa  va  shu 
muassasa joylashgan bino
* Sanad – shahodatnoma
* Sekstant – osmon yoritqichlarining balandligini belgi- 
lash uchun mo‘ljallangan ko‘zgu-qaytargichli asbob
Ulug‘bekning  hayoti  va  ilmiy  faoliyati  xalqimiz 
ma’naviyatining  poydevoriga  qo‘yilgan  tamal  toshla-
ridan  biri  bo‘lib,  yurtimizda  bundan  necha  zamonlar 
oldin  fundamental  fanlarni  rivojlantirishga  qanchalik 
katta ahamiyat berganini ko‘rsatadi.
Islom Karimov. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə