O‘ZBÅÊist



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə7/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
Birja ishi (1)

Birja faoliyati mohiyati

Birja narx kotirovkasini amalga oshiradi, birja tovarlariga standartlarni belgilaydi, namunaviy shartnomalar ishlab chiqadi, savdo jarayonlarini qayd qiladi, arbitrajni amalga oshiradi, hisob- kitob qiladi, axborot xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi, o‘z mijozlariga turli xizmatlar ko‘rsatadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda birjalarni litsenziyalash (faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berish), birja savdosini nazorat qilish va birja operatsiyalarini sug‘urtalash, konsalting faoliyati (maslahat berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish) va statistika faoliyatini amalga oshiruvchi davlat tuzilmalari mavjud.

Xedjlash — bu narx risklaridan kassa bitimlarini sug‘urtalash shakli; odatda, fyuchers shartnomasi xaridi yoki sotuvi bo‘yicha operatsiyalar shaklida amalga oshiriladi. Xedjlash qisqa (sotuvga muddatli shartnoma tuziladi) yoki uzoq (xaridga muddatli shartnoma tuziladi) bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli xedjlash kelajakda sotuvda hozirgi kassa narxini himoya qilish uchun, uzoq muddatli xedjlash esa, kelajakda xaridda hozirgi kassa narxini himoya qilish uchun foydalaniladi. Xedjlash narxni barqarorlashtirishga imkon beradi.

Muddatlilik belgisiga muvofiq bitimlar kassa bitimlari va muddatli bitimlar bilan farqlanadi. Ular:


  • bitim darhol yakunlanadigan, ya’ni sotuvchi bilan xaridor tovar yetkazib berilishi bilan hisob-kitob qiladigan «kesh» (sash) kassa bitimlari;

  • bitim tez yakunlanadigan, ya’ni sotuvchi bilan xaridor ikki-uch kun muddat ichida hisob-kitob qiladigan «spot» (spot) kassa bitimlari.

Muddatli bitimlar shunisi bilan farq qiladiki, bitimni ijro etish (to‘lov va tovarni yetkazish) muddati bilan bitim imzolangan vaqt orasida ma’lum muddat (24 oygacha) bo‘ladi. Narx bitim imzolangan vaqtda belgilanadi. Bitimni (pozitsiyani) ijro etish muddati standartlashtirilgan.

Muddatli bitimlar birja chayqovi, ya’ni narx farqidagi o‘yinlar imkoniyatlarini kengaytirdi. Kassa bozorida faqat narxning o‘sishida o‘ynash mumkin bo‘lgan, narx o‘sishida o‘ynaydigan birjachilar esa (birja tilida «buqalar»), tovarni keyinchalik qimmat narxda sotish niyatida sotib olganlar. Muddatli bozorda narx pasayishida o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ldi. Narx pasayishida o‘ynaydigan birjachilar «ayiqlar» deb ataladi. Ular tovarga ega bo‘lmasdan bitim imzolaydilar va bitim ijro etiladigan paytga kelib foyda olish maqsadida shartnomada belgilangan narxdan past narxda tovar sotib olishga umid qiladilar.



Òovar birjasida bitimlarning quyidagi asosiy turlarini ko‘rsatish mumkin: real tovar bilan bitimlar; forvard bitimlar; fyuchers bitimlar; opsionlar oldi-sotdisi bitimlari; xedjlash; spreding.

Real tovar bilan bitimlar tovarni xaridorga yetkazib berishni

nazarda tutadi (ayrim birjalar ombor binolariga ega). Biroq real tovar ta’minoti birjalarda, odatda, mos keluvchi tovarlar bilan jahon savdosining 5—10% idan ortmaydi. Forvard bitimi — bu, qoidaga ko‘ra, bitim tuzilgan paytda belgilangan narxda real tovarni to‘lov muddati kechiktirilgan holda yetkazib beriladigan muddatli bitim. Forvard bitimi narx farqida o‘ynashga imkon beradi.

Fyuchers bitimi – tovarni amalda yetkazib berishni ko‘zda tutmaydi va tovarni sotish yoki sotib olish shartnomasi bilan savdo qilishni ifodalaydi. Bunday bitim qog‘ozli bitim deb ataladi, uning maqsadi shartnoma tuzilgan paytdagi tovar narxi va shartnomani ijro etish kunidagi tovar narxi o‘rtasida foyda olish hisoblanadi.

Opsion – shartnoma asosidagi shartlar bilan muddatli bitim, unga muvofiq qatnashchilardan biri boshqa qatnashchiga zarur hollarda bu huquqni sotishni ta’minlash majburiyati uchun pul mukofoti to‘lagan holda belgilangan muddat davomida qat’iy belgilangan narxda tovarni sotib olish yoki sotish huquqini sotib oladi. Bu huquqni sotib oladigan shaxs opsion egasi deb ataladi. Opsion – uning egasi uchun risk cheklangan bitim turi. Opsion shartnomasi egasi uni ijro etishi yoki ijro etmasligi, boshqa shaxsga berishi yoki bermasligi mumkin.

Spreding (spreding) – maxsus bitimlar shakli, u turli fyuchers shartnomalardan foyda olishga imkon beradi. Spreding riskka fyuchers bitimdan kamroq uchraydi. Spredingning uch xil turi mavjud:



  • ichki bozor bitimlari: bitta tovar turli yetkazib berish muddatida taklif etiladi;

  • tovarlararo bitimlar: bitta muddatga ikkita o‘zaro bog‘liq tovar bozori (masalan, bug‘doy va makkajo‘xori bozori);

  • bozorlararo bitimlar: bitta tovar, bitta muddat, faqat bir nechta turli birjalarda.

Birja tovari nafaqat sifat bo‘yicha, balki miqdor bo‘yicha ham standartlashtiriladi. Sotilishi kerak bo‘lgan eng kam miqdor birja birligi yoki fasovka deb ataladi. Qoidaga ko‘ra, u bitta transport vositasining sig‘imiga yoki joyga bog‘liq bo‘ladi. Òovarni yetkazib berish amaldagi standart hajmi lot, ya’ni birlikka karra bo‘lgan

belgilangan tovar miqdori hisoblanadi (masalan, ming birlik yoki tonna, yoki 100 o‘ram va h. k.).

Birja tovar yetkazib berish joyi va vaqtini bir xillashtiradi (bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlar sonini cheklaydi). Vaqt bo‘yicha bir xillashtirishda tovar faqat belgilangan, pozitsiya deb nomlanadigan davrlarda yetkazib beriladi. Har bir tovar uchun o‘z yetkazib berish davrlari xos. Xususan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozorida yetkazib berish davri ishlab chiqarishning mavsumiyligi bilan belgilanadi.

Yetkazib berish joyini bir xillashtirish mos keluvchi saqla- nadigan joylar, omborlar, elevatorlar ro‘yxati bo‘yicha belgilanadi. Ba’zida tovarni temiryo‘l stansiyasiga vagonlab yetkazib berishga ruxsat etiladi. Bir xillashtirish yetkazib beriladigan oyga bog‘liq bo‘lgan tovar narxini taqqoslash uchun kerak bo‘ladi. Birja yoki u vakolatlagan firma sotuvchiga ombor guvohnomasi – varrant beradi. Sotuvchi uni xaridorga chekka ayirboshlash uchun beradi.



Birja operatsiyalari xaridorlar va sotuvchilarning o‘zi tomonidan emas, balki birja vositachilari — brokerlar va dilerlar tomonidan amalga oshiriladi. Brokerlar, asosan, mijozning nomidan va uning hisobidan bitimlarni amalga oshirib, buning uchun komission to‘lovlar oladi. Dilerlar bitimlarni mijozlarning topshirig‘i bo‘yicha, biroq o‘zining nomidan va o‘zining hisobiga amalga oshiradi. Dilerlar tovarni mulk qilib sotib oladi va uni sotib olgan narxidan ko‘ra qimmatroqqa sotishdan manfaatdor bo‘ladi. Vositachi (broker yoki diler) mijozning xarid qilish yoki sotish bo‘yicha uchta ko‘rsatkichdan iborat bo‘lgan topshirig‘ini (buyrug‘ini) oladi: tovar miqdori (shartnomalar soni), yetkazib berish muddati, narx. Mijoz bilan hisob-kitoblar bevosita yoki birjaning hisob-kitob palatasi orqali amalga oshiriladi. Brokerlar va boshqa vositachilar birjaga har bir bitimdan ma’lum bir foiz to‘laydi.

Birjaning o‘zi – notijorat tashkilot, biroq uning a’zolari tijorat bilan shug‘ullanishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, birja – aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, aksiyadorlar yig‘ilishi oldida javobgar bo‘lgan birja kengashi (direktorlar kengashi) tomonidan boshqariladi. Birja a’zolarining ikki xil toifasi farqlanadi: to‘liq va to‘liqsiz. Òo‘liq

a’zolar barcha birja seksiyalarida (bo‘lim, bo‘linma), birja savdolarida hech qanday cheklovlarsiz qatnashish huquqiga ega. Birja a’zosi operatsion zalda unga vositachilarsiz qatnashish huquqini beradigan joyga ega bo‘ladi. Birja a’zosi belgilangan qoidalarga muvofiq o‘z joyini ijaraga berishi mumkin.

Birjaning operatsion zali axborot va hisob vositalari, maxsus aloqa bilan jihozlanadi. Bitim imzolash uchun joy birja halqasi (poli), shuningdek, ring, yama (pit) deb ham ataladi, chunki u zaldan 1—1,5 m pastlikda joylashgan. Birja a’zosining joyi — bu jihozlangan telefon, teleks va telefaks aloqasi bilan ta’minlangan, birjaning elektron-axborot tablosiga chiquvchi kompyuterga ega bo‘lgan stolcha, kabina, «taqa» (rastu turi). Har bir o‘rin o‘z raqamiga ega.



Broker taklifini qabul qilgan birinchi mijoz keyingi takliflardan qat’i nazar, bitim tuzgan deb hisoblanadi. Agar tovar xarid qilishga bir nechta xaridor da’vogarlik qilayotgan bo‘lsa, ular o‘rtasida kimoshdi savdosi tamoyilida savdo o‘tkaziladi.


Yüklə 451,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə