O‘ZBÅÊist



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə15/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
Birja ishi (1)

Òayanch so‘zlar:

Birja ta’sis fondi, funksional bo‘limlar, kotirovkalash hay’ati, arbitraj hay’ati, ro‘yxatga olish byurosi, axborot-ma’lumotlar bo‘limi, ekspert byurosi, hisob-kitob kliring palatasi, umumiy kengash.
Nazorat savollari:

  1. Birjalarning tashkiliy-huquqiy shakllari qanday?

  2. Birjaning qanday funksional bo‘limlarini bilasiz?

  3. Birjaning boshqaruv organlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  4. Birja kengashiga kimlar a’zo bo‘lishi mumkin?





  1. BOB.BIRJANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI



    1. Birjadagi brokerlik joyi tushunchasi

Birja savdosining o‘ziga xosligi shundaki, u sotuvchi yoki xaridorlarning o‘zi tomonidan emas, balki ularning vakillari – birja vositachilari tomonidan amalga oshiriladi.

Birjaning ajralmas bir uzviy qismi deb brokerlik idorasini hisoblash mumkin. U birja strukturasiga kirmaydi. Biroq brokerlik firmalarisiz birja savdosini tashkil qilib bo‘lmaydi.

Brokerlik faoliyati birja vositachiligiga mansub bo‘lib, birja bitimlarini mijoz nomidan va uning hisobidan, birja vositachisi nomidan va mijoz hisobidan, mijozning nomidan va birja vositachisi hisobidan amalga oshirishdan iborat.

Brokerlik firmasi — bu xususiy, shirkat, aksiyadorlik yoki boshqa korxona bo‘lib, uning asosiy funksiyasi birja va mijozlar (mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar, savdo vositachilari) o‘rtasida aloqani ta’minlashdan iborat. Muayyan birjaning brokerlik firmasi birja aksiyalar (pay)ini sotib olish asosida tashkil etilishi mumkin. Aksiya egasi birjada o‘z brokerlik firmasini tashkil qilish yoki birja savdolarida ishtirok etish huquqini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish va ijara to‘lovi shaklida mos keluvchi daromad olish huquqiga ega.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, birjada brokerlik firmasi sifatida ro‘yxatga olinadigan tashkilot amaldagi qonunchilikka muvofiq istalgan tashkiliy-huquqiy shaklga ega bo‘lishi mumkin.

Brokerlik firmasini tashkil qilishning eng tarqalgan va qulay turi – mas’uliyati cheklangan o‘rtoqchilik (MÑHO‘) hisoblanadi. Brokerlik firmasi mustaqil yuridik maqomga ega bo‘lmasdan, biror-bir korxona yoki tashkiotning tarkibiy qismi bo‘lishi ham

mumkin.

Agar birja aksiyalarining egasi vositachilik tashkiloti hisoblansa,

u mazkur birjaning brokerlik firmasi sifatida ro‘yxatga olinadi, xolos.

Vositachilik firmasi birja uchun aksiyador hisoblanmagan hollarda esa u o‘zining brokerlik firmasini tashkil qiladi.

Brokerlik firmasi mijozlarning birja tovarlarini sotish va sotib olishga arizalarini to‘playdi, ularni ro‘yxatga oladi va tezkorlik bilan birjadagi brokerlarga yetkazadi. Brokerlar olingan topshiriqlarni bajaradilar va bu haqida xabar brokerdan kompaniyaga va undan mijozga yetkaziladi.

Brokerlik firmalari butun mamlakat bo‘ylab joylashishi mumkin va bu mijozlarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bunday firmalar chet elliklar tomonidan ham tashkil qilinishi mumkin.

Brokerlik firmasi ta’sischilari va personali ular faoliyatida ishtirok etishni mo‘ljallayotgan muayyan birjaning huquq va majburiyat- larini, qonunchilik me’yorlarini bilishi zarur (nizom, brokerlik firmalari faoliyati haqidagi qoidalar, Birja qo‘mitasining qarorlari, shuningdek, birja savdosi qoidalari va b.). Birjaning buyruq beruvchi va ijrochi boshqaruv organlari birja savdosi qoidalari, talablar va boshqa birja me’yoriy hujjatlarini yaratuvchi hamda qonunchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan brokerlar va brokerlik firmalari faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas.

Brokerlik firmasini birjada ro‘yxatga olishda ro‘yxatga olish xizmati tomonidan unga birja bilan aloqa qilish uchun tijorat kodi va raqam beriladi.



Brokerlik firmasini ro‘yxatga olish uchun quyidagilarni taqdim etish zarur: brokerlik firmasini ta’sis qilgan aksiyadorning arizasi; ta’sis hujjatlarining notarius tasdiqlagan nusxalari; mos keluvchi hukumat organlarining brokerlik firmasini yuridik shaxs sifatida ro‘yxatga olish haqidagi qarorining tasdiqlangan nusxasi.

Brokerlik firmalari brokerlik firmalari maxsus REESÒRida ro‘yxatga kiritiladi. Ro‘yxatga olingandan so‘nga brokerlik firmasi mos keluvchi guvohnoma oladi.



Brokerlik idoralari birja boshqaruvini amalga oshirmaydi.


    1. Yüklə 451,11 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə