O‘ZBÅÊist



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə11/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119
Birja ishi (1)

Òayanch so‘zlar:

Birjalar, direktorlar Kengashi, birja nizomi, a’zolik, birja tuzilmasi, makleriat, brokerlik idoralari, listing, «baravariga o‘tkaziladigan auksion», kurs maklerlari, kurtaj, chayqov foydasi, narx kotirovkasi.
Nazorat savollari:

  1. Birja ta’sischilari va a’zolari kimlar hisoblanadi?

  2. Birja ta’sischilari va a’zolarining qanday huquq va majburiyatlari bor?

  3. Birjada boshqaruv qanday tashkil qilinadi?

  4. Birja korporatsiyasi nizomida nimalar ko‘rsatiladi?

  5. Brokerlik idorasi nima?

  6. Makler kim?

  1. BOB. BIRJA VA BIRJA FAOLIYAÒINING HUQUQIY ASOSLARI



    1. Birjalar va ularning huquqlari

Birjani boshqarish uning a’zolari tomonidan ham, yollanma xodimlar tomonidan ham amalga oshiriladi. Birjaning oliy rahbarlik organi direktorlar (boshqaruvchilar) Kengashi hisoblanadi. Kengash birja a’zolari tomonidan saylanadi. Uning tarkibiga birja a’zolari ham, bir nechta direktorlar ham kiradi. Birja faoliyati me’yorlari, siyosati va qoidalari direktorlar Kengashi tomonidan belgilanadi va direktorlar Kengashi tomonidan tayinlanadigan yoki birja a’zolari tomonidan saylanadigan, birja a’zolaridan tarkib topgan qo‘mita tomonidan hayotga tatbiq etiladi. Qo‘mita a’zolari direktorlar Kengashining oldida javob beradi. Qo‘mita a’zolari mos keluvchi haq to‘lanmasdan ishlaydi. Ular tavsiyalar chiqaradi va direktorlar Kengashiga yordam beradi, shuningdek, tartibga solish qoidalariga muvofiq ularga yuklatilgan birja faoliyati bo‘yicha muayyan majburiyatlarni bajaradi. Birjaning yollanma xodimlari savdo bo‘yicha hech qanday huquqqa yoki ovoz berish huquqiga ega emas. Xodimlar soni va ularning majburiyatlari direktorlar Kengashi tomonidan belgilanadi. Personal direktorlar Kengashi va qo‘mi- talarning topshiriq va qarorlarini bajaradi, personalning tashkiliy tuzilmasi esa, ko‘pincha, turli qo‘mitalarning funksiyalariga mos keladi.

Birjalarning ko‘pchiligi xususiy shaxslarning korporatsiya ko‘rinishida tashkil qilingan va foyda olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan uyushmalarini ifodalaydi. Birja a’zolari soni cheklangan bo‘lib, ba’zida o‘zgarib turishi mumkin. Birja a’zolari faqat alohida shaxslar hisoblanadi. Shu bilan birga, korporatsiya, kompaniya va shirkatlar ularni, masalan, tuzilgan bitimlar bo‘yicha komissiya foiziga taalluqli masalalarda ayrim a’zolar taqdim etadigan imtiyozlarni olish huquqiga ega. Bundan tashqari, ayrim birjalarda


korporatsiya, kompaniya va shirkatlarga ularning manfaatlarini ifodalovchi a’zolar orqali xizmatchilarga – birja zalida kanselariya ish- lari va boshqa texnik ishlarni bajarish uchun birja a’zosi bo‘lmagan shaxslarga ega bo‘lishga ruxsat etiladi. Biroq bitimlar tuzish faqat kimga a’zolik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, o‘sha firmaning imtiyozida qoladi. Birja korporatsiyasi nizomida uning a’zolar payi (badali) hisobiga shakllanadigan kapitali ko‘rsatiladi. Birja sertifikatiga (payiga)

egalik qilish birja halqasida bitimlar tuzish huquqini beradi.




    1. Yüklə 451,11 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə