O‘ZBÅÊist


Birjalar: ta’sischilar, birja a’zolari



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə14/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119
Birja ishi (1)

Birjalar: ta’sischilar, birja a’zolari




2-chizma. Birjaning institutsional tuzilmasi.

Birja ta’sischilari qatoriga birjaning tashkilotchilari sifatida namoyon bo‘ladigan institutsional guruh a’zolari kiradi. Òa’sis- chilar birjani tashkil qilish haqida ta’sis shartnomasini imzo- laydilar va dastlabki badallarni kiritadilar. Òa’sischilar jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham bo‘lishi mumkin. Birja boshqaruv organlari jamoat tuzilmasi va statsionar tuzilmadan iborat (3-chizma).

Jamoat tuzilmasi, o‘z navbatida, birja a’zolarining Umumiy yig‘ilish va birja a’zolari yig‘ilishida shakllantiriladigan sayla- nadigan organlar bilan ifodalanadi.

Umumiy yig‘ilish — bu birja faoliyatining ichki qonun chiqaruvchi organi bo‘lib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:



  • birja va birja savdosiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish;

  • birja maqsad va vazifalarini, uning rivojlanish strategiyasini, ichki tartib-qoidalarini belgilash;

  • ta’sis hujjatlarini (shartnoma, nizom, savdo qoidalari) tasdiqlash va o‘zgartirish;

  • birja qo‘mitasi yoki kengashi va taftish komissiyasini saylash





3-chizma.Birja boshqaruv organlari.

va tasdiqlash;



  • ularning birlamchi tarkibi va tuzilmasiga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritish;

  • birja faoliyati natijalarini tasdiqlash va foydani taqsimlash;

  • dividend to‘lash tartibini, shuningdek, zararlarni qoplash shartlarini belgilash;

  • birjada joylar sonini belgilash (kamaytirish yoki oshirish) va ularning a’zolari uchun kvotalar belgilash;

  • Birja qo‘mitasining (kengashining) tovar seksiyalarini yaratish (boshqarish), yangi birja a’zolarini qabul qilish haqidagi qarorlarini tasdiqlash;

  • ijro qo‘mitasi (kengashi) va birja personali xarajatlar smetasini tasdiqlash.

Narxlarni kotirovkalash — bu birja narxlarini birja qoidalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish va e’lon qilish.

Birja tovarlari narxini e’lon qilish sotuvchi va xaridorlar uchun mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi, ularga navbatdagi birja savdolarida o‘z xulq-atvor strategiyasini ishlab chiqishga yordam beradi.

Birja savdosi qatnashchilarini ular uchun noqulay bo‘lgan narx o‘zgarishlaridan birja sug‘urtalashi (xedjlash) himoya qiladi. Buning uchun birjada maxsus bitim turlari va ularni tuzish mexanizmlaridan foydalaniladi. Birja savdosi qatnashchilarini sug‘urtalash vazifasini bajarishda birja uni tashkil qilgandan ko‘ra ko‘proq unga xizmat ko‘rsatadi. Birja real va naqd tovar sotuvchilari va xaridorlari o‘z xohishi bilan bir vaqtning o‘zida mos keluvchi birja savdolarida mijozlar va qatnashchilar sifatida ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratadi. Bu birjaga ishonchni oshiradi, unga ham bevosita, ham vositachilar orqali savdo qiluvchi bozor chayqovchilarini jalb qiladi.

Bitimlarning bajarilishini kafolatlash hisob-kitob va kliring birja tizimlari vositasida erishiladi. Buning uchun birja o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan naqdsiz hisob-kitoblar tizimidan foydalanadi va ularning ijro etilishini tashkil qiladi.

Birjaning axborot faoliyati. Birjaning eng muhim funksiyalari-

dan biri birja narxlarini to‘plash va ro‘yxatga olish, keyinchalik ularni umumlashtirish va e’lon qilish, mijozlarga va turli manfaatdor tashkilotlarga, xalqaro bozorga namunalar bo‘yicha va yuzaga kelgan birja standartlari asosida mavjud tovarlar haqida axborot berish hisoblanadi. Bu ma’lumotlar gazeta, jurnal, axborot agentliklarida e’lon qilinadi.



Yüklə 451,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə