Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Tarbiya tamoyillari
– yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar 
hisoblanadi. Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy 
maqsad 
– har tomonlama 
ma’naviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol shifokor shaxsini 
shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko‘zlovchi 
va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma’lum 
maqsadga qaratilganligi bo‘lajak shifokorlarning axloqiy, ma’naviy 
tarbiyalanganlik istiqbollarini ko‘ra bilishda yordam beradi.
74
Tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari.
Inson paydo 
bo‘libdiki, tarbiya jarayoni va tamoyillari mavjud. Tibbiyot 
pedagogikasida tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomil-
lashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga 
muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya 
jarayonida bo‘lajak shifokorda his-tuyg‘ulari va turli qobiliyatlari 
rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, 
tabiatga, jamiyatga nisbatan ilmiy qarashlar tizimi va tibbiyot 
sohasidagi bilimlari tarkib topadi. Tibbiy tarbiya jarayonida yoshlarda
jamiyatning shifokor shaxsiga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq 
keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. 
Tibbiyot pedagogikasida asosiy yo‘nalishlar yoshlarda Vatan 
tuyg‘usini shakllantirish, tibbiyot sohasini rivojlantirishga o‘z 
hissasini qo‘shish, Gippokrat qasamyodiga sadoqatlilik, milliy 
qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish, insonparvarlik, umuminsoniy 
qadriyatlarga, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, dunyoviy ilmlarga 
intilish va ilg‘or madaniyatni shakllantirish, dinning dunyoviylik 
bilan qarama-qarshi emasligini anglash, huquqiy madaniyat – sog‘lom 
dunyoqarashning muhim omili ekani to‘g‘risidagigi ma’lumotlarni 
kengaytirish, ma’rifatning shaxs intellektual salohiyatini oshirishdagi 
imkoniyatlari kengligini isbotlash kabi tamoyillarga tayanadi.
Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy 
hodisa sifatida qaraladi
. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish 
bilan uyg‘unlashadi.
Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida 
tibbiy ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va bo‘lajak 
shifokorning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. 
Tarbiya 
mazmuni
deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan 
bog‘liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, 
malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi.
Tarbiyaning 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə