Pedagogik jarayonlarni loyhalash va ularni tashkil etish bosqichlarining nazariy aspektlari


Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik yo`ndoshuv



Yüklə 151 Kb.
səhifə8/13
tarix10.04.2023
ölçüsü151 Kb.
#104979
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
PEDAGOGIK JARAYONLARNI LOYHALASH VA ULARNI TASHKIL ETISH BOSQICHLARINING NAZARIY ASPEKTLARI

Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik yo`ndoshuv
Ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va bunda didaktik tamoyillarga yondashish mexanizmlarini tadqiq qilish hozirgi kunda o’z yechimini to’liq topgan emas.
Pedagogika fani yuksalishiga ko’plab olimlar o’z hissalarini qo’shib kelishgan. A. Zunnunov, U. Mahkamov, J. Hasanboyev, R.Jo`rayev, K.Hoshimov, S.Nishonova, O.Hasanbayeva, O.To`rayeva, O`.Tolibov, X.Ibragimov kabi yirik olimlarimiz pedagogika fanining hozirgi kundagi dolzarb masalalari yuzasidan tadqiqotlar olib borib, uning rivojiga muhim hissa qo`shib kelmoqdalar.
Ta'lim nazariyasi, didaktika, ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari masalalari o’zbek mutafakkirlari va ma'rifatpavarlarining, pedagog olimlari (S.Rajabov, A.Munavvarov, O.Roziqov, R.Mavlonova, N.Toxtaxodjayeva, J.Hasanboyev, U.Mahkamov va boshqalar) ning ham diqqat-e'tiborida bo’lib kelgan. Ular tomonidan yaratilgan darslik va qo’llanmalarda didaktik prinsiplar mohiyati yoritilgan.
Pedagog olimlarimiz M. Ochilov, N. Sayidahmedov, J. G’. Yo’ldoshev, N. Azizxodjaeva, M.To’xtaxodjayeva, R.Mavlonovalarning ishlarida ta’limqonuniyatlari va prinsiplariga to’xtab o’tilgan. O.Roziqov, B.Azizov, G.Najmiddinovalarning “Umumiy didaktika”sida ta’lim prinsiplari tizimi va tavsifi berilgan.
YA.A.Komenskiyning buyuk xizmati shunan iboratki, u didaktika tarixida birinchi marta ta’lim prinsiplarini tartibga solish masalasi bilan shug’ullandi. “Buyuk didaktika” asarining XV-XVIII boblarida amaldagi prinsiplarpning ko’pchiligi asoslangan edi. 1975 yili YA.A. Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari o’zbek tilida M.Ochilov muharrirligida chop etilgan.
Bu sohada mutafakkirlarimizdan Ibn Sinoning fikrlari ham o’ziga xosdir. Uning «bilim orqali erishiladigan natijalar» haqidagi ta'limoti o’qitish nazariyasida alohida o’rin egalladi. Uning fikricha, buyumlarni chinakam bilish, tashqi ko’rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.

Yüklə 151 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə