Pedagogik mahorat


“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix19.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#98820
1   2   3   4   5   6   7   8
пед махорат 2022 17.03. К1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
18 
vaziyatda harakat qilish qobiliyati sifatida qaralishi kerak, deb hisoblashadi. Bu bilimlar dolzarbligi va aniq 
pedagogik vaziyat sharoitlaridan kelib chiqib toʻgʻri yechim topish qobiliyati, ta’lim sohasidagi 
muvaffaqiyatli faoliyat uchun zarur boʻlgan pedagogik qobiliyatlar va kasbiy ahamiyatga ega boʻlgan 
fazilatlardir. Shu bilan birga, pedagogik kompetensiyani shakllantirish va rivojlantirish jarayoni nafaqat 
universitetda oʻqish davri bilan cheklanib qolmasdan, balki kelajakda kasbiy vazifalarni bajarish jarayonida 
ham davom ettirish lozimligini ta’kidlaydi. Shunday qilib, talabalarda pedagogik kompetensiyani 
shakllantirish jarayoni, bir necha kompetensiyalarni shakllantirish majmui sifatida qarash lozim degan fikrga 
olib keladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, zamonaviy tadqiqotlarda pedagogika oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida 
pedagogik kompetensiyani (shuningdek, uning tarkibiy qismlarini) shakllantirishning turli usullarini taklif 
qilmoqdalar. A.S.Andryunina va E.V.Korotayevalar fikriga koʻra, talabalarning ta’lim faoliyati va unda 
pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish uchun sharoit yaratishga alohida e’tibor berish kerak deb 
ta’kidlashadi. Mualliflar oʻzlarining amaliy faoliyatida oʻquvchilarning oʻz-oʻzini rivojlantirishga boʻlgan 
ehtiyojlarini ragʻbatlantirish uchun oʻzlarining bilimlarini oʻyin, noan’anaviy shaklda qoʻllashlari orqali 
bilim saviyalarining yetarli emasligini anglashlarini ta’minlashga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradilar. 
Bunday ish shakllari nafaqat pedagogik kompetensiyalarni, balki kommunikativ, oʻz-oʻzini tarbiyalash va 
uslubiy kompetensiyalarni ham shakllantirishga imkon beradi.
Muhokamalar va natijalar.
Oʻrganilgan materiallar asosida, universitet talabalari oʻrtasida 
pedagogik kompetensiyani shakllantirish tamoyillari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin: 
Yaxlitlik prinsipi.
Pedagogik jarayonning yaxlitligi, ya’ni, barcha tarkibiy qismlarining birligi va 
oʻzaro bogʻliqligini nazarda tutuvchi yaxlitlik prinsipi (pedagogik amaliyot, oʻquv-tarbiyaviy ishlar va 
talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatidan iborat oʻquv-tarbiyaviy ishlar). 
Ketma-ketlik prinsipi.
Oʻquvchilarning oʻrganish natijasida ega boʻlishi kerak boʻlgan bilimlar, amaliy 
faoliyatida duch kelishi mumkin boʻlgan pedagogik vaziyatlar bilan izchil tanishtirishni nazarda tutuvchi 
izchillik tamoyili. 
Oʻquv jarayonida talabaning oʻzi, pedagogik hamjamiyat va, umuman, jamiyat ega boʻlgan ijtimoiy-
madaniy talablar va talablarni hisobga olishni nazarda tutadigan 
madaniy muvofiqlik prinsipi.
Dialogizatsiya prinsipi.
Oʻquv jarayoni subyektlarining hamjihatligini va hamkorlikdagi harakatlarini 
birgalikda amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Professional maqsadga muvofiq prinsipi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarini oʻqitishda, ularning 
tanlagan kasblaridan kelib chiqib, oʻqitish usullari va shaklini tanlash. Bundan tashqari, kerakli fanlarni 
oʻqitishni nazarda tutadi.
Xulosa.
Oliy oʻquv yurti talabalari oʻrtasida pedagogik kompetensiyani shakllantirish jarayoni, ta’lim 
sohasidagi zamonaviy mutaxassisni tayyorlashning ajralmas qismidir. Bu ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatli 
faoliyat uchun zarur boʻlgan pedagogik qobiliyatlar va kasbiy ahamiyatga ega fazilatlar sifatida tavsiflangan 
pedagogik kompetensiya tushunchasi bilan bogʻliq. Shu bilan birga, pedagogik kompetensiyalarga oʻz-oʻzini 
tarbiyalash, gender, uslubiy, konfliktologik, ilmiy-tadqiqot kabi kompetensiyalar kiradi. Ushbu 
kompetensiyalarga ega boʻlish pedagogika oliy oʻquv yurti bitiruvchisiga kasbiy va xizmat vazifalarini 
muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə