Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli



Yüklə 376,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/38
tarix26.04.2022
ölçüsü376,83 Kb.
#86077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli. Shaxsning i

layoqatlar

  deb 


yuritildi va uning ikki xili farqlanadi:   tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Birinchisi 

odamdagi  tug„ma  xususiyatlardan  -  oliy  nerv  tizimi  faoliyatining  xususiyatlari, 

miyaning  yarim  sharlarining  qanday  ishlashi,  qo„l-oyoklarning  biologik  va 

fizilogik  sifatlari,  bilish  jarayonlarini  ta‟minlovchi  sezgi  organlari  -  ko„z,  quloq, 

burun,  teri  kabilarning  xususiyatlaridan  kelib  chiqsa  (bular  nasliy  ota-onadan 

genetik  tarzda  o„tadi),  ijtimoiy  layoqat  -  bola  tug„ilishi  bilan  uni  o„ragan  muhit, 

muloqot  uslublari,  so„zlashish  madaniyati,  qobiliyatni  rivojlantirish  uchun  zarur 

shart-sharoitlar  (ular  ota-ona  tomonidan  yaratiladi)dir.  Layoqatlilik  belgisi  -  bu 

o„sha  individga  aloqador  bo„lib,  u  bu  ikkala  layoqat  muhitini  tayyoricha  qabul 

qiladi. 



Qobiliyatsizlik  va  intellektning  pastligi  sabablaridan  ham  biri  shuki,  ana  shu 

ikki xil layoqat o„rtasida tafovut bo„lishi mumkin. Masalan, genial rassom oilasida 

bola  tug„ildi  deylik.  Unda  rassomchilik  uchun  tug„ma,  genetik  belgilar  otasi 

tomonidan  berilgan  deylik.  Lekin  bolaning  onasi  farzandining  ham  rassom 

bo„lishini  xoxlamasligi,  o„ziga  o„xshash  qo„shiqchi  bo„lishini  xoxlashi  mumkin. 

Ayol  bolani  yoshlikdan  faqat  musiqa  muhitida  tarbiyalaydi.  Tabiiy  layoqatning 

rivoji uchun ijtimoiy layoqat muhiti yo„q, ijtimoiy layoqat o„sishi uchun esa tabiiy, 

tug„ma  layoqat  yo„q  bo„lgani  sababli,  bolada  hech  qanday  talant  namoyon 

bo„lmasligi,  u  oddiygina  musiqachi  yoki  qo„shiqchi  bo„lish  bilan  cheklanishi 

mumkin.  Intellekt  testlari  va  qobiliyatdagi  tug„ma  va  orttirilgan  belgilarni 

o„rganishning  psixologik  ahamiyati  aynan  shunda.  Ilk  yoshlikdan  bolaning 

o„zidagi mavjud imkoniyatlarni rivojlantirish shart-sharoitini yaratish ishini to„g„ri 

yo„lga qo„yish kerak.   

Orttirilgan  sifati  shuki,  bola  toki  bilim,  malaka  va  ko„nikmalarni  o„stirish 

borasida  harakat  qilmasa,  eng  kuchli  tug„ma  layoqat  ham  layoqatligicha  qolib,  u 

iqtidorga  aylanmaydi.  Eng  talantli,  mashhur  shaxslarning  eng  buyuk  ishlari, 

erishilgan  ulkan  muvaffaqiyatlarining  tagida  ham  qisman  layoqat  va  asosan 

tinimsiz  mehnat,  intilish,  ijodkorlik  va  bilimga  chanqoqlik  yotgan.  SHuni  ham 

unutmaslik  kerakki,  qobiliyatsiz  odam  bo„lmaydi.  Agar  shaxs  adashib,  o„zidagi 

haqiqiy iqtidor yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo„lsa, tabiiy, u atrofdagilarga 

layoqatsiz,  qobiliyatsiz  ko„rinadi.  Lekin  aslida  nimaga  uning  qobiliyati  borligini 

o„z vaqtida to„g„ri aniqlay olishmagani sabab u bir umr shu toifaga kirib qoladi. 

SHuning  uchun  ham  har  bir  ongli  inson  o„zidagi  qobiliyat  va  zexnni  ilk 

yoshlikdan  bilib,  o„sha  o„zi  yaxshi  ko„rgan,  «yuragi  chopgan»  ish  bilan 

shug„ullansa,  va  undan  qoniqish  olib,  qobiliyatini  o„stirishga  imkoniyat  topib, 

yutuqlarga  erishsa,  biz  uni 




Yüklə 376,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə