Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli


Qobiliyatlarning psixologik strukturasi



Yüklə 376,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/38
tarix26.04.2022
ölçüsü376,83 Kb.
#86077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli. Shaxsning i

 

Qobiliyatlarning psixologik strukturasi 

Qobiliyatlar avvalom bor 



umumiy

 va


 maxsus

 turlarga bo„linadi va har birining 

o„z psixologik tizimi va tuzilishi bo„ladi. SHaxsning umumiy qobiliyatlari undagi 

shunday  individual  sifatlar  majmuiki,  ular  odamga  bir  qancha  faoliyat  sohasida 

ham  muvaffaqiyatli  faoliyat  ko„rsatish  va  natijalarga  erishishga  imkon  beradi. 

Masalan,  texnika  oliy  o„quv  yurtining  talabasi  ham  ijtimoiy-gumanitar,  ham  aniq 

fanlar,  ham  texnika  fanlari  sohasidagi  bilimlarni  o„zlashtira  oladi.  Bunda  unga 

umumiy  bilimdonlik,  nutq  qobiliyatlari,  tirishqoqlik,  chidam,  qiziquvchanlik  kabi 

qator sifatlar yordam beradi. 

Maxsus  qobiliyatlar  esa  ma‟lum  bir  sohada  yutuqlarga  erishish,  yuqori 

ko„rsatgichlar berishga imkon beruvchi sifatlarni o„z ichiga oladi. Masalan, sport 

sohasi bilan  buxgalterlik hisob-kitobi bo„yicha ishlayotgan ikki kishida o„ziga xos 

maxsus qobiliyatlar bo„lmasa bo„lmaydi. 

Umumiy qobiliyatlarni maxsus qobiliyatlarga zid tarzda talqin qilish mumkin 

emas.  SHaxsning  umumiy  qobiliyatlari  ularni  hosil  qiluvchi  omillar  yaqqol 

psixologik  hodisa  yoki  voqelikdir.  Maxsus  qobiliyatlar  ko„lam  jihatdan  torroq 

bo„lishiga qaramay, chuqurroq mohiyatni o„zlarida mujassamlashtiradi. I.P.Pavlov 

o„z  ta‟limotida  “badiiy”,  “fikrlovchi”,  “o„rta”  tiplarga  ajratilgan  shaxslarning 

tavsifini beradi .  

 

“Badiiy  tip”  uchun  bevosita  taassurotlar,  jonli  tasavvur,  yorqin 



idrok va emostiyalar natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi hos.        

 

 “Fikrlovchilar” uchun esa mavhum mantiqiy, nazariy, metodologik 



mulohazalarning ustunligi xos.  


 

“O„rta”  tipdagilarda  esa  har  ikkala  toifa  xususiyatlarining  xos 

ekanligi ko„rinadi.   

Har  bir  qobiliyat  o„zining  tizimiga  ega.      Masalan,  matematik  qobiliyatni 

oladigan bo„lsak, uning tarkibiga umumlashtirish  malakalari,  aqliy  jarayonlarning 

egiluvchanligi,  mavxum tafakkur qila olish kabi qator xususiyatlar kiradi. Adabiy 

qobiliyatlarga  ulardan  farqli,  ijodiy  hayol  va  tafakkur,  xotiradagi  yorqin  va 

ko„rgazmali  obrazlar,  estetik  hislar,  tilni  mukammal  bilishga  layoqat;  pedagogik 

qobiliyatlarga  esa  -  pedagogik  odob,  kuzatuvchanlik,  bolalarni  sevish,  bilimlarni 

o„zgalarga  berishga  ehtiyoj  kabi  qator  individual  xossalar  kiradi.  Xuddi  shunga 

o„xshash  qolgan  barcha  qobiliyatlarni  ham  zarur  sifatlar  tizimida  tahlil  qilish 

mumkin va bu katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo„ladi. 




Yüklə 376,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə