Pedagogik texnologiya turlari


Interfaol metodlarni mashg’ulot maqsadiga muvofiq tanlash



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/78
tarix31.12.2021
ölçüsü0,83 Mb.
#81675
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
oqitishning zamonaviy usullari fani boyicha oquv materiallari

Interfaol metodlarni mashg’ulot maqsadiga muvofiq tanlash 

   Interfaol  mashg’ulot turlari ko’p bo’lib, ularni dars mavzusining xususiyatlari 

hamda  ko’zda  tutilgan  maqsadlarga  muvofiq  tanlanadi  va  tegishlicha  tayyorgarlik 

ko’riladi. Interfaol mashg’ulotda ishtirok etish uchun o’quvchilarning tayyorliklariga 

o’ziga  xos  talablar  qo’yiladi,  bular  mashg’ulotda  faol  ishtirok  etish  uchun  zarur 

bilimlarni  o’zlashtirganlik,  muloqotga  tayyorlik,  o’zaro  hamkorlikda  ishlash, 




 

27 


mustaqil fikrlash, o’z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish  ko’nikmalari va 

boshqalardan iborat.  

   Mashg’ulotda  vaqtdan  unumli  foydalanish  zarur  shart  hisoblanadi.  Buning 

uchun  zarur vositalarni to’g’ri  tanlash, tayyorlash  hamda  mashg’ulot o’tkazuvchilar 

va  ularning  vazifalari  aniq  belgilangan  bo’lishi  lozim.  Interfaol  metodlar  bilan 

an’anaviy ta’lim usullari orasida o’ziga xos farqlar mavjud bo’lib, har bir o’qituvchi 

bu  farqlarni  qiyoslashi,  ularning  bir-biriga  nisbatan  afzalliklari  va  kamchiliklarini 

darsni rejalashtirish va uni o’tkazish usullarini tanlashda to’g’ri hisobga olishi zarur.  

   Bunda  yangi  bilimlarni  berish,  ko’nikmalarni  shakllantirish,  rivojlantirish, 

mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qo’llash mashg’ulotlarida hamda o’quv 

fanining  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  har  bir  mavzu  bo’yicha  mashg’ulot 

uchun  eng  maqsadga  muvofiq  bo’lgan    interfaol    yoki  boshqa  metodlarni  to’g’ri 

tanlash nazarda tutiladi.    

    To’g’ri  tanlangan  metodlarni  qo’llash  mashg’ulotning  qiziqarli  va  samarali 

bo’lishini ta’minlaydi.    

    Interfaol  metodlar  konstruktivizm  nazariyasi  bilan  bog’liq  bo’lib,  bu 

metodlardan amalda foydalanishda  konstruktivizmning quyidagi asosiy xulosalarini 

hisobga  olish lozim: 

    O’quvchi o’zi o’rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani o’rgata 

olmaydi; 

    O’qituvchi  o’quvchilarga  bilimlarni  «kashf  qilishga»  yordam  beradigan 

jarayonni   tashkil qiladi; 

    Bilim borliqdan ko’chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi. 

 


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə