Pedagogik texnologiya turlari


Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/78
tarix31.12.2021
ölçüsü0,83 Mb.
#81675
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
oqitishning zamonaviy usullari fani boyicha oquv materiallari

Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish 

   Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi 

bosqichlarni o’z ichiga oladi: 

   -o’quv fani va darslar mavzusini o’rgatishda ular bilan bog’liq muammoli 

masalalarni belgilash;  

-ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan 

rejalashtirib borish; 

-o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish; 

-zarur o’quv vositalarini tayyorlash; 

-muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko’rsatish; 

-topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish;    

-o’quvchilarning muammoni hal etishda yo’l qo’yayotgan xatolarini, ularning 

sababini va xususiyatini ko’rsatish; 

-o’quvchilarning noto’g’ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini 

muhokama etib, to’g’ri yo’lni topishlariga ko’maklashish va boshqalar.   

   Muammoli ta’lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish 

mumkin:  

   1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 




 

30 


   2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish. 

   3.Yechimning to’g’riligini  tekshirish (olingan yechim bilan bog’liq axborotni 

tizimlashtirish orqali). 

    Muammoli vaziyat hosil qilishda quyidagilar hisobga olinishi lozim: 

    Muammolar nazariy yoki amaliy yo’nalishda bo’ladi. 

    Darsda hosil qilinadigan muammoli vaziyat hamda o’quvchilarga hal etish 

taklif etiladigan muammoga qo’yiladigan eng asosiy talab – o’quvchilarning 

qiziqishini oshiradigan, eng kamida esa, o’quvchilarda qiziqish hosil qiladigan 

bo’lishi kerakligidan iborat. Aks holda ko’zda tutilgan natijaga erishish imkoni 

bo’lmaydi.  

   Muammo o’quvchilarning bilim darajalariga hamda intellektual 

imkoniyatlariga mos bo’lishi shart.  

   Hosil bo’lgan muammoli vaziyatni yechish uchun topshiriqlar yangi bilimlarni 

o’zlashtirishga yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy 

topshiriqni bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi.    

   O’quvchilarning muammoli vaziyatni tushunishlari, uning kelib chiqishi 

sabablari hamda nimalarga, qanchalik darajada bog’liqligini idrok qila olishlari 

natijasida hosil bo’ladi. Bunday tushuna olish esa o’quvchilarga mustaqil ravishda 

muammoni ifodalay olish imkoniyatini beradi.  

   Muammoni yechish taxminlarini shakllantirishda o’quvchi o’zlashtirgan 

bilimlari asosida kuzatish, solishtirish, tahlil, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi 

aqliy faoliyatlarni bajaradi.     

    Aqliy faoliyatdagi asosiy jarayon fikrlash jarayoni bo’lib, fikrlashning sifati 

uning mantiqiyligi, mustaqilligi, ijodiyligi, ilmiyligi, asosliligi, uzviyligi, tejamliligi, 

maqsadliligi, tezligi, tahliliyligi, qiyosiyligi, umumlashtirilganligi, 

xususiylashtirilganligi, kengligi, chuqurligi, ishonarliligi, realligi, haqqoniyligi 

darajasi bilan belgilanadi.  

   Shu bilan birga intellektual sifatlar xotira, tasavvur, anglash va shu kabi 

psixologik jarayonlarning tezligi hamda boshqa parametrlari bilan bog’liq.  

   Intellektual taraqqiyot darajasi o’qituvchilarda hamda o’quvchilarda  qancha 

yuqori bo’lsa, shunchalik yaxshi natijalarga erishish imkoniyati hosil bo’ladi. 

   Shunga ko’ra o’quvchilarda muammoni sezish, uni aniqlash, yechimiga doir 

taxminni to’g’ri belgilash va yechimning to’g’riligini  tekshirish qobiliyatlari 

rivojlanib boradi.  

   Muammoni hal etishni 3 ta bosqichga ajratish mumkin: 

1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to’g’ri deb tan olingan sabablar bilan 

bog’liqliklarini topish asosida amalga oshiriladi.       

2. Tekshirish –  buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo 

hosil bo’lishi to’g’riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.  



 

31 


3. Tushuntirish –  bu muammoning yechimi nima uchun to’g’riligini 

tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi.  

Oguvchilarning  ijodiy tafakkur va  ijodiy gobiliyatlarini   ostirishda muammoliy 

talimdan unumliy foydalanish uchun uninig ayrim nazariy asoslari sifatida 

B.Blumning yuqoridagi I.2.- mavzu ilovasida keltirilgan bilish va emotsional 

sohalardagi pedagogik maqsadlar taksonomiyasi (tafakkurning bilish  qobiliyatlari 

rivojlanishiga muvofiq ravishdagi  oltita darajasi)ga hamda G.Gardnerninig intellekt 

kopligi nazariyasiga asoslsnish maqsadga  muvofiq. 

Intellekt kopligi nazariyasining qisqacha  bayoni quidagicha: 

Bu  nazariyani  amerikalik  psixolog  Govard  Gardner    (1943  yil  11  iyulda 

tug`ilgan) ishlab chiqqan. 

Bu  nazariya  har  bir  odam  turli  darajada  ifodalangan  kamida  sakkizta  tipdagi 

intellektga ega ekanligini ochib berdi. Ular quyidagilar: 

1.  Verbal-lingvistik  intellekt-so`z  xotirasi,  so`z  boyligi  yaxshi,  o`qishni  yaxshi 

ko`radi, so`z bilan ijod qilishni yoqtiradi. Bular shoir, yozuvchi, notiqlar. 

2.  Mantiqiy-matematik  intellekt-hisoblash  va  sonlar  bilan  ishlashni,  mantiqiy 

masalalar,  boshqotirmalarni  echishni,  shaxmat  o`ynashni  yaxshi  ko`radi, 

tengqurlariga 

nisbatan 

ko`proq 


abstrakt 

darajada 

fikrlaydi, 

sabab-oqibat 

bog`liqliklarini tushunadi. Bular  matematik, fizik va boshqalar. 

3.  Vizual-fazoviy  intellekt-ko`rish  obrazlari  bilan  fikrlaydi,  karta,  sxema, 

diagrammalarni  tekstga  nisbatan  oson  o`qiydi,  xayolga  berilish,  rasm  chizish, 

modellar  konstrukstiyalashni  yaxshi  ko`radi.  Bular  rassom,  haykaltarosh,  me’mor, 

ixtirochi, shaxmatchilar. 

4.  Motor-harakatli  intellekt-yuqori  sport  natijasiga  erishadi,  boshqalarning 

harakatlari,  mimikasi,  odatlarini  yaxshi  takrorlaydi,    hamma  narsaga  qo`l  tekkizish, 

buyumlarni qismlarga  ajratish va  yig`ish, yugurish, sakrash, kurash  tushishni  yaxshi 

ko`radi. Hunarlarga qobiliyatli. Bular raqqos, mim, artist, sportchilar.    

5.  Musiqiy-ritmik  intellekt-qo`shiqlar,  kuylarni  eslab  qoladi,  ovozi  yaxshi, 

musiqa asbobini chaladi, xorda ashula aytadi,  harakatlari va so`zlashi ritmli, o`zicha 

sezmasdan  kuylaydi,  biror  ish  qilayotib,  stolni  ritmik  chertadi.  Bular  bastakor, 

musiqachi, qo`shiqchi, raqqoslar. 

6.  Shaxslararo  intellekt-tengqurlari  bilan  muloqotni,  boshqa  bolalar  bilan 

o`ynash va ularga o`rgatishni yaxshi ko`radi, turli holatlarda  yetakchi bo`lib qoladi, 

hamdardlikni,  boshqalarga    g`amxo`rlik  ko`rsatishni    biladi,  boshqa  bolalar  unga 

sherik bo`lishga intiladilar. Bular diniy xodim, siyosatchi, diplomatlar.   

7.  Ichki  shaxsiy  intellekt-mustaqillik  hissi,  iroda  kuchini  namoyish  qiladi, 

o`zinining  yaxshi  va  yomon  xislatlarini  real  anglaydi,  vazifalarni  hech  kim  xalaqit 

bermaganda  yaxshi bajaradi, o`zini boshqara oladi, yakka ishlashni ma’qul ko`radi, 

o`z hissiyotlarini aniq tasvirlaydi, o`z xatolaridan ibrat oladi, o`z qadrini bilish hissi 

rivojlangan. Bular psixolog, o`qituvchi, tarbiyachilar. 




 

32 


8.  Tabiatshunos  intellekti-tabiatga, tabiat  hodisalariga,  jonivorlar,  o`simliklarga 

qiziqadi,  tabiat  olamini    tushunish,  atrof-muhitning    belgilari  va  xususiyatlarini 

farqlash,    tasniflash  va  shu  kabilarga    qobiliyatini  namoyon  qiladi.  Bular 

tabiatshunos, ekolog, qishloq xo`jalik xodimlari. 

Ayrim  bolalar  o`zlaridagi  eng  ustun  intellekt  tipi  orqali  boshqalarga  nisbatan 

osonroq  o`qishlari  mumkin.  Har  bir  boladagi  o`z  vaqtida  aniqlangan  va 

rivojlantirilgan  talant  unga  hayotda  yuksak  cho`qqilarga  erishish  uchun  yo`l  ochib 

beradi. 


Xulosa  qilib  aytganda,  ta’lim  jarayoni  bolalarga  intellektning  har  xil  tiplarini 

jalb  qilishni  talab  etadigan  tajribalar  orttirish  imkoniyatini  beradigan  holda  tashkil 

etilishi lozim. 

 


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə