Pedagogik texnologiya turlari


MAVZU: MUAMMOLI TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/78
tarix31.12.2021
ölçüsü0,83 Mb.
#81675
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78
oqitishning zamonaviy usullari fani boyicha oquv materiallari

MAVZU: MUAMMOLI TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI 

Muammoli ta’lim texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va 

jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonning 

fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni 

aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. 

Muammoli ta’lim o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o’stirishda 

jiddiy ahamiyatga ega.  

    Muammoli ta’limning bosh maqsadi – o’quvchilarning o`rganilayotgan 

mavzuga doir muammolarni to’liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta 

olishga o’rgatishdan iborat.   Muammoli ta’limni amaliyotda qo’llashda asosiy 

masalalardan biri o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq muammoli vaziyat yaratishdan 

iborat.    

   Turli o’quv fanlari bo’yicha o’qituvchilar darslar jarayonida muammoli 

vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko’zda tutishlari kerak.  

    Muammoli vaziyat yaratish usullari:  




 

28 


- o’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni 

tushuntiradi va uni yechish yo’lini topishni taklif qiladi; 

- bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi; 

- hal etish uchun yetarli bo’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo’lgan yoki 

savolning qo’yilishi noto’g’ri bo’lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar.  

    Muammoli vaziyatni hal etish darajalari: 

-o’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi yechadi; 

-o’qituvchi muammoni qo’yadi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda 

topadi; 

-o’quvchilarning o’zlari  muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar. 

    Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar: 

- muammoni turli nuqtai-nazardan o’rganish, tahlil qilish; 

- solishtirish, umumlashtirish; 

- faktlarni aniqlash va qiyoslash; 

- vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish

- o’quvchilarning o’zlari aniq savollar qo’yishi va boshqalar. 

Muammoli ta’lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. 

Jumladan, qadimgi Grestiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va 

Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli ta’limni 

amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui  1894 yilda Chikagoda tashkil 

etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60-yillarida bu yo’nalishda tadqiqotlar 

olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi.  

 Muammoli ta’limning asosiy g’oyasi bilimlarni o’quvchilarga tayyor holda 

berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo’yicha o’quv-

tadqiqotlarini bajarish asosida o’zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.  

    O’zbekistonda muammoli ta’limni qo’llash bo’yicha bir necha asrlar 

davomida maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob

 

usulidan keng foydalanish 

asosida o’quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go’zal nutq tarkib 

toptirilgan. 

Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri 

sifatida qo’llaniladi. Bunda o’quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va 

to’g’ri so’zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy 

fikrlashga o’rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o’qituvchining 

o’quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi 

noto’g’ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yo’liga olib 

chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi.Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha 

soddalashtirib ifodalash mumkin; 




 

29 


1. Savol-javoblar orqali o’quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini 

umumiy tarzda aniqlash. 

2. O’rganilayotgan mavzuning mazmunini o’quvchi motivlariga 

muvofiqlashtirish. Bu, asosan, o’quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos bo’lgan 

misollar tanlash orqali amalga oshiriladi. 

3. O’quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag’batlantirish 

usullaridan foydalaniladi. 

4. O’qituvchi o’zini bilmaydigan odamdek, o’quvchidek tutib, savollar berib 

boradi. 

5. O’quvchining to’g’ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va chuqurroq 

fikrlashga, so’zlashga jalb qilish. 

O’quvchining xato fikrlarini aniqlab borish. 

7. O’quvchining xato fikrlariga nisbatan to’g’ri  fikrni o’qituvchi tomonidan 

yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali o’quvchi 

uchun muammoli vaziyat yaratiladi va o’quvchini o’z xatolarini o’zi tuzatishiga 

yo’naltiriladi.  

Bundan ko’rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasiz bo’lib, 

ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular o’qituvchining keng bilimga va 

ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega 

bo’lishi kabilardan iborat. 




Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə