233
Ishning maqsadi:
Turli haroratlar va kuch qo'yilishining turli tezliklarida
kristall va amorf polimerlarning kuch- deformasiya egri chiziqlarini chizish, qayta
kristallanish kuchlanishi yoki majburiy- elastiklik chegarasi hamda ularning
haroratga va cho'zilish tezligiga bog'liqligini aniqlang.
Namuna va asboblar:
Polietilen (PE), polietilentereftalat (PETF),
polivinilxlorid (PVX) larning qalinligi 0,1- 0,15 mm bo'lgan pardalari, cho'zilish
egri chiziqlarini yozadigan Polyani turidagi dinamometr, mikrometr, chopqichli
pichoq, gidravlik o'quv pressi.
Ishning bajarilishi:
Tekshirish uchun namunalar gidravlik pressda chopqich
pichoq bilan kerakli shaklda kesib olinadi. Mikrometr bilan kurakchaning
ishlatiladigap kesimining uzunligi, kengligi va qalinligi o'lchanib uning ko'ndalang
kesim yuzi hisoblanadi.
Namunalar dinamometr qisqichlariga mustahkam o'rnatiladi va turli
haroratlarla hamda kuch qo'yilishining turli tezliklarida cho'ziladi. Namunalarning
dinamometr isitgichida doimiy haroratga kelishi 15 minut, PETF uchun esa 140°C
da 60 minut davom etishi kerak.
Quyida tajriba o'tkazish sharoitlari keltirilgan:
Namuna
Fazaviy holati
Harorat
, °С
Cho'zilish tezligi,
mm/min
PE
Kristall
20, 40, 60, 80
6
PETF
Amorf
70, 80, 90, 140
9
PVX
Amorf
20, 30
8, 15, 30
Har bir tajriba bir xil egri chiziqlar olinguncha 3 marta takrorlanadi.
Diagramma tasmasida chiqqan egri chiziqlarni
σ
-
ε
koordinatalar sistemasiga
o'tkaziladi. (
σ
- kattaligi qo'yilgan yuk f ning namunaning ko'ndalang kesim yuzi S
0
ga nisbatiga teng bo'lgan shartli kuchlanish;
ε
- nisbiy uzayish; u namuna
uzunligining o'zgarishini namunaning dastlabki uzunligi l
o
nisbatiga teng).
Grafiklarni chizishda diagramma tasmasidagi vertikal bo'yicha
М
1
ning va
www.ziyouz.com kutubxonasi
234
gorizontal bo'yicha f ning yozilish masshtabini, shuningdek ularning turli cho'zilish
tezliklarida o'zgarishini hisobga olish kerak. Kuch- deformasiya egri chiziqlaridan
kristall polimerlarning qayta kristallanish kuchlanishi.
σ
К
va amorf polimerlarning
majburiy-elastiklik chegarasi
σ
М
aniqlanadi.
Tajribalarning o'tkazish sharoitlari va natijalari jadvalga yoziladi
Namuna
Tajriba harorati,
0
С
Namunaning
cho'zilish tezligi V,
mm/min
σ
К
, σ
М
Jadvaldagi natijalar asosida har bir cho'zilish tezligi uchun
σ
К
yoki
σ
М
ning
haroratta bog'liqlik grafigi chiziladi.
Topshiriq:
1.
Har xil polimerlarning
σ–ε
egri chiziqlarini o'rganing,
σ
К
va
σ
М
arning
haroratga bog'liqlik egri chiziqlarini izohlab bering.
2.
Olingan egri chiziqlardan foydalanib berilgan cho'zilish tezligida amorf
polimerlar uchun T
Sh
kristall polimerlar uchun T
S
aniqlang.
3.
PETF namunalarini (T
Sh
dan yuqori haroratlarda) qizdirish haroratining
dinamometrik
4.
Egri chiziqlar shakliga ta'sirini tushuntiring.
47- Laboratoriya ishi
Polimerlar deformasiyalanishida gisterezis hodisasini o'rganish
Ishning maqsadi:
Yuqori elastik polimerlarda cho'ziluvchanlik
deformasiyasini kuchlanishga bog'liqligini o'rganish va mexanik yo'qotishlar
koeffisientini hisoblash.
Namuna va asboblar:
Polibutilmetakrilat, turli darajada choklangan
butadien nitril kauchuklari asosidagi rezina bo'laklari (qalinligi 5 mm), kuch
deformasiya egri chiziqlarini yozadigan KSJ-33 turidagi uzuvchi mashina,
www.ziyouz.com kutubxonasi
235
chopqichli pichoq, gidravlik o'quv pressi, planimetr.
Ishning bajarilishi:
Gidravlik pressda chopqichli pichoq bilan namunalar
kurakcha shaklida kesiladi va uzuvchi mashinaning qisqichlariga mahkamalanadi.
Mashinani avval to'g'ri- namunani cho'zish, keyin teskari- namunani qisqartirish
yo'nalishida ishlatiladi. Bu vaqtda yozuvchi qurilmaning diagramma tasmasida
kuch qo'yish- deformasiya va kuch olish-deformasiya egri chiziqlari yoziladi.
Gisterezis halqasi bilan chegaralangan maydon yuzasi namunani cho'zishda
sarflangan ish A
1
bilan namuna qisqarishida bajarilgan ish A
2
orasidagi farqni
ifodalaydi. Gisterezis xalqasining yuzasi planimetr bilan o'lchanadi. Mexanik
yo'qotishlar koeffisienti k quyidagi tenglama bilan hisoblanadi:
k = ∆А/A
1
Topshiriq:
Turli darajada choklangan rezinalarning mexanik yo'qotishlar
koeffisientlarini solishtiring.
48- Laboratoriya ishi
Polimerlarning kristallanish kinetikasi
Ishning maqsadi:
Polietilenning kristallanish izotermasini olish va uning
kristallanishida tezlik doimiysini aniqlash.
Namunalar:
Yuqori zichlikdagi polietilen.
Asboblar:
silindrsimoi isitgich, EPV-2 tipidagi elektron potensiometr,
laboratoriya avtotransformatori, T-16 tipidagi termostat, simobli shisha dilatometr,
sekundomer.
Ishning bajarilishi:
Simobli shisha dilatometrga namunani joylab, oldindan
160-
180°С
tacha qizdirilgan silindrsimoi isitgichga o'rnatiladi. Tajriba davomida
haroratni elektron potensiometr va avtotransformator yordamida doimiy ushlab
turiladi. O'qituvchi tomonidan berilgan (15-30 min) vaqt tugashi bilan, 122-
126°С
ga keltirilgan silikon moyi to'ldirilgan termostatga tushiriladi.
Izotermik kristallanish davrini kuzatishda dilatometrdagi simobni balandligi
www.ziyouz.com kutubxonasi
236
(h) har 5 minut ichida yozib boriladi. Olingan natijalarni jadvalga yoziladi.
Shundan so'ng olingan natijalar asosida h va t orasidagi bog'lanish-kristallanish
izotermasi chiziladi. Dilatometrni isitgichdan olib pastroq haroratli muhitta
tushirilganligi sababli kristallanishning boshlang'ich davri hisobga olinmaydi.
Vaqt oralig'idagi polimer qotishmasi hajmiy miqdori quyidagi nisbatdan
topiladi:
;
Олинган натижаларни
ga qo'yib, k
va n ni qiymatini aniqlanadi. Buning uchun tg
orasidagi
bog'lanish chizmasi chiziladi. Ordinata chizig'ini kesishgan qismi tezlik konstantasi
k va to'g'ri chiziq burchak tangensi esa, struktura parametri- n ni ko'rsatadi.
t
lgt
h
t
h
t
- h
∞
tg
Vazifa:
Kristallanish induksion vaqtini aniqlash; 1°C ga farq qiladigan 2 ta
kristallanish haroratiga tegishli K ning qiymatini solishtirish; quyimolekulyar
moddalarning kristallanishida ham tezlik doimiysining shu kabi o'zgarishi
kuzatiladimi? Gomogen va geterogen kristallanish murtagining hosil bo'lishida
paydo bo'ladigan struktura morfologiyasini ta'riflab bering.
49- Laboratoriya ishi
Polimerlarning tuzilishini fizik-mexanik xossllariga ta'sirini o'rganish
Ishning maqsadi:
Zarb qovushqoqligini polikaproamid sferolitlari
o'lchamiga bog'liqligini o'rganish.
Namunalar va reaktivlar:
4x6x60 mm o'lchamli polikaproamid
namunalari, fenolning suvdagi 6% li eritmasi.
Асбоблар:
MIM-7 metallograf mikroskopi, MK-0,5-1 Koper mayatnigi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: |