2-guruh:
“Ibrat – jonkuyar ma’rifatparvar”.
Is’hoq xon Ibrat 1886-yilda Qo‘qon madrasasini tugatib,
o‘z qishlog‘i To‘raqo‘rg‘onga qaytadi. Har qanday jami
-
yatning inqirozi-yu tanazzuli, ravnaqi-yu istiqboli uning
maktabga, ta’lim-tarbiyaga, ayniqsa, o‘qituvchiga mu-
nosabati bilan o‘lchanadi. Davrning ko‘zi ochiq, ma’ri-
fatparvar kishilari qatori Ibrat ham “usuli jadid”, “usuli
savtiya” maktablarini olqishlabgina qolmasdan, ularni
eski tizimdagi maktab tarafdorlaridan himoya qilishga
urindi. Boisi ular bunday ilg‘or fikrli kishilar ochgan mak
-
tablarni bo‘htonlar bilan yoptirishga, tuhmat toshlarini
yog‘dirishga uringan edilar. Ibrat bulardan aslo cho‘chi-
may o‘z faoliyatini ma’rifat tarqatishga qaratadi. Ayniq-
sa, xotin-qizlarni ma’rifat bilan oshno qilishga intildi. Bu
yangi usul “Usuli qadim” qabilidagi maktablardan, hijo
hamda quruq yodlash usulidan birmuncha farq qilardi
va uning ustun tomonlarini yaxshi ilg‘agan edi. Mehnat-
kash xalq bolalarini ham maktabga tortadi. Ammo ko‘p
o‘tmay mutaassiblar bu maktablarni “kofirlar maktabi”,
deb yopib qo‘yishadi. 1907-yilda o‘lkaga kirib kelayot-
gan ilg‘or pedagogika talablariga suyangan holda eski
maktablardan tubdan farq qiluvchi, yangi zamon ta-
lablariga javob bera ola digan maktab ochadi. 25 nafar
qishloq bolalari bepul ta’lim olib, savodlarini chiqaradi.
Is’hoqxon Ibrat o‘z maktabida darslik, o‘quv qo‘llanma-
lari sifatida Saidrasul Saidazizov, Munavvarqori kitob-
lari bilan bir qatorda o‘zi yaratgan “Lug‘ati sitta al-sina”,
“San’ati Ibrat, qalami Mirrajab Bandiy” asarlaridan foy-
dalangan.
3-guruh: “Shoirning haj safari va boshqa sayo-
hatlari”.
Adib 1887-yilda onasini hajga olib borish
munosabati bilan Jidda shahriga boradi. Ammo onasi
o‘pka kasalligidan vafot etadi. U Sharq va G‘arb mam-
lakatlariga sayohat qilib, Istanbul, Sofiya, Afina, Rim,
shuningdek, Qobul, Makka, Jidda shaharlarida ma’lum
vaqt istiqomat qiladi. 1892–1896-yillarda Hindistonning
Kalkutta, Bombey kabi shaharlarida bo‘ladi. Safar davo-
mida arab, hindu, fors, urdu, ingliz tillari bilan bir qatorda
eng qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuv larini
o‘rganadi. Eng muhimi, yozilajak asarlari uchun boy ma-
terial to‘playdi. Ibrat 1896-yili Hindiston, Birma, Xitoy,
Qashqar orqali o‘z vatani Namanganga qaytib keladi.
Bu mamlakatlarda naqqoshlik, kishilarga muhr o‘yib
berish, masjid-mad rasalar peshtoqlari, qabr toshlariga
naqsh solish, ba’zi kitoblardan nusxa ko‘chirish – kito-
batlik bilan shug‘ullanib tirikchilik o‘tkaz gan. Olim va
fozil kishilar bilan hamsuhbat bo‘lishga intilgan. Ba’zi
mutaassiblar kirib kelayotgan ilm-fan yangiliklari, tex-
nika yutuqlariga, xorijiy tillarni o‘rganishga tish-tirnog‘i
bilan qarshi bo‘layotgan vaziyatda ma’rifatparvar inson-
ning chet tillarni o‘rganishga qiziqishi va da’vati, ma’rifat
tarqatishga bo‘lgan intilishi katta jasorat edi. Is’hoqxon-
ning Sharq mamlakatlariga safarga chi qishdan asosiy
maqsadi, birinchidan, muhtarama onasi ning iltimosini
bajarish bo‘lsa, ikkinchidan, xorij mamlakatlari tarixi,
aholisining yashash tarzi, ijtimoiy ahvoli, madaniyati bi-
lan yaqindan tanishish, bu ellarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish
istagi edi..
Dostları ilə paylaş: |