Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
uzb-2019 4-son

Abdulla Qodiriy:
–­Nikolay­taxtdan­yiqilg‘ondan­keyin­oddiy­xalq­milit-
siyasiga ko‘ngilli bo‘lib yozildim. Shu xizmatda bir oy 
turg‘onimdan so‘ng Toshkent Eski shaharida ochilg‘on 
“Oziq komiteti”g‘a mirza bo‘lib kirdim...
1917-yildagi fevral va oktabr inqiloblari nafaqat Ab-
dulla Qodiriyning, balki o‘zbek xalqining turmush tarzini 
keskin o‘zgartirib yubordi.
Yangi tarixiy davr boshlangan edi.
MA’RIFAT MAYDONLARI
Rasulmuhammadboy ilg‘or boylardan biri bo‘lgan-
ligi sababli tatar tilidagi jurnal va gazetalarga obuna 
bo‘lgan va Abdulla ko‘p vaqtini shu nashrlarni o‘qib, 
nafaqat savdo olamida, balki mamlakatning madaniy-
ma’rifiy va ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan voqealarni 
ham kuzata boshlagan edi. Ko‘p o‘tmay, ana shu jurnal 
va gazetalar bilan raqobatlasha oladigan o‘zbek tilida 
“Sadoyi Turkiston”, “Samarqand” va “Oyna” nashrlari 
ham chiqa boshladi.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
27
Adabiy taqvim
Abdulla Qodiriy:
–­...Menda­shularga­“gap­yozish”­fikri­uyg‘ondi.­Ido-
radagilar bilan tanishlig‘im bo‘lmag‘oni uchunmi yoki 
yozgan gaplarim ma’nisiz bo‘lg‘oni uchunmi, ko‘pincha, 
“Idoradan javob” bilan meni mamnun qilar edilar...
Ammo­ ko‘p­ o‘tmay,­ 1914-yili­ “Sadoyi­ Turkiston”­
gazetasining­1-aprel­sonida­Qodiriyning­“Yangi­masjid­
va maktab” degan xabari bosilib chiqadi. Xabarda bun
-
day so‘zlar yozilgan edi:
“Mahallamizning taraqqiyparvar ag‘niyolari (boylari)
dan­ muhtaram­ Yo‘ldosh­ hoji­ janoblari­ Beshyog‘och­
daha Eshonguzar mahallasida g‘ishtdan bir masjid bino 
qildirdilar. Mazkur masjid yoniga uch derazali hibzi si
-
hatga­ muvofiq­ bir­ maktab­ ham­ soldirdilar.­ Ishonchli­
odamlar so‘ziga qaraganda, shu sovg‘a maktablari
-
ga usuli jadid ila o‘qitadigan muallim keltirib qo‘ymoq 
niyati da emishlar. Ollohi taolo mazkur boy janoblarini 
yaxshi niyatlariga yetkazib, uzun umrlar ato aylab, dav
-
latlarini bundan ham ziyoda qilsin”. Abdulla Qodiriy
Bu Abdulla Qodiriyning matbuotda e’lon qilingan ilk 
xabari edi.
Xabar bosilib chiqqan 1914-yili o‘zbek xalqining 
madaniy hayotida buyuk bir voqea ro‘y beradi: M.Beh-
budiyning “Padarkush” tragediyasining Toshkent va 
Samarqand shaharlarida sahnalashtirilishi bilan o‘zbek 
adabiyotida dramaturgiya, o‘zbek madaniyatida esa 
ilk bor teatr san’ati maydonga keladi. “Kolizey” teatri-
da namoyish etilgan “Padarkush” spektakli A.Qodiriy-
ga katta ta’sir ko‘rsatib, uning hayotga va madaniyatga 
bo‘lgan qarashlarini ostin-ustun qilib yuboradi.
Qudratilla aka:
– Abdulla akam kechqurun toqichilikdan qaytgach, 
shosha-pisha­ ovqatlanib,­ repetitsiya­ qilishga­ jo‘nardi­
va ba’zan tomosha qilib kelgani men ham birgalashib 
borardim. Asil oqsoqolning boloxonasida (Chorsuda
-
gi­ Ko‘kaldosh­ madrasasi­ qarshisida­ –­ N.K.)­ artistlar­
yig‘ilishib repetitsiya qilishar, …Mannon Uyg‘urlarni 
ham o‘sha vaqtlarda shu repetitsiya qiluvchilar orasida 
ko‘rardim.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə