veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
27
Adabiy
taqvim
Abdulla Qodiriy:
–...Mendashularga“gapyozish”fikriuyg‘ondi.Ido-
radagilar bilan tanishlig‘im bo‘lmag‘oni uchunmi yoki
yozgan gaplarim ma’nisiz bo‘lg‘oni uchunmi, ko‘pincha,
“Idoradan javob” bilan meni mamnun qilar edilar...
Ammo ko‘p o‘tmay, 1914-yili “Sadoyi Turkiston”
gazetasining1-aprelsonidaQodiriyning“Yangimasjid
va maktab” degan xabari bosilib chiqadi. Xabarda bun
-
day so‘zlar yozilgan edi:
“Mahallamizning taraqqiyparvar ag‘niyolari (boylari)
dan muhtaram Yo‘ldosh hoji janoblari Beshyog‘och
daha Eshonguzar mahallasida g‘ishtdan bir masjid bino
qildirdilar. Mazkur masjid yoniga uch derazali hibzi si
-
hatga muvofiq bir maktab ham soldirdilar. Ishonchli
odamlar so‘ziga qaraganda, shu sovg‘a maktablari
-
ga usuli jadid ila o‘qitadigan muallim keltirib qo‘ymoq
niyati da emishlar. Ollohi taolo mazkur boy janoblarini
yaxshi niyatlariga yetkazib, uzun umrlar ato aylab, dav
-
latlarini bundan ham ziyoda qilsin”. Abdulla Qodiriy
Bu Abdulla Qodiriyning matbuotda e’lon
qilingan ilk
xabari edi.
Xabar bosilib chiqqan 1914-yili o‘zbek xalqining
madaniy hayotida buyuk bir voqea ro‘y beradi: M.Beh-
budiyning “Padarkush” tragediyasining Toshkent va
Samarqand shaharlarida sahnalashtirilishi bilan o‘zbek
adabiyotida dramaturgiya, o‘zbek madaniyatida esa
ilk bor teatr san’ati maydonga keladi. “Kolizey” teatri-
da namoyish etilgan “Padarkush” spektakli A.Qodiriy-
ga katta ta’sir ko‘rsatib, uning hayotga va madaniyatga
bo‘lgan qarashlarini ostin-ustun qilib yuboradi.
Qudratilla aka:
– Abdulla akam kechqurun toqichilikdan qaytgach,
shosha-pisha ovqatlanib, repetitsiya qilishga jo‘nardi
va ba’zan tomosha qilib kelgani men ham birgalashib
borardim. Asil oqsoqolning boloxonasida (Chorsuda
-
gi Ko‘kaldosh madrasasi qarshisida – N.K.) artistlar
yig‘ilishib repetitsiya qilishar, …Mannon Uyg‘urlarni
ham o‘sha vaqtlarda shu repetitsiya qiluvchilar orasida
ko‘rardim.
Dostları ilə paylaş: