Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
uzb-2019 4-son

Abdulla Qodiriy:
–­1913-yillar­(aniqrog‘i,­1914-yil)da­chiqqan­“Padar-
kush” pyesasi ta’sirida “Baxtsiz kuyov” degan teatr 
kitobini yozib yuborg‘onimni o‘zim ham payqamay 
qoldim.­Yana­shu­yilda­teatrlarda­chiqib­turg‘on­hikoya­
va ro‘monlarga taqlidan “Juvonboz” otliq hikoyachani 
yozib, noshir topilmag‘onidan, o‘zim nashr qilib yubor
-
dim.­Endi­chin­musannif­(yozuvchi)­bo‘ldim-ov,­deb­qu-
vonar edim”.
E’LON:­“Bizim­Turkiston­viloyatida­ham­yangi­asar-
lar­birin-ketin­ko‘rina­boshladi.­Shu­jumladan,­yaqinda­
bosilib chiqmish. Abdulla Qodiriyning “Juvonboz” nom
-
li ro‘moni edi. Emdi yana bir tiyotr risolasikim, muhar
-
riri Abdulla Qodiriy, noshiri Said Habibullo Orifxo‘ja 
o‘g‘li, nomi “Baxtsiz kuyov”. To‘rt pardalik, Turkiston 
maishatidan oling‘on... Tili sof Turkiston shevasida”. 
(“Sadoyi­Turkiston”,­1915-yil­20-sentabr)
Toshpo‘lat Tursunov (san’atshunos):
– Abdulla Qodiriy to‘y muammolari mavzusini to‘rt 
pardali “Baxtsiz kuyov” fojiasida yoritadi... Muhimi shun
-
daki, A.Qodiriy qoloqlik jamiyatning hamma tabaqasiga 
aloqador, binobarin, umummilliy maxdudlik muammosi
-
ga borib taqalishiga alohida urg‘u beradi. Buning yana 
bir qiziq tomoni shundaki, jaholat zamoni ortda qolgan 
bizning davrimizda ham tilga olingan mavzu o‘zining 
dolzarb muammo ekanligini aslo yo‘qotgani yo‘q.
Habibulla Qodiriy:
– Qodiriy ijodi tez o‘sadi. Ilk maqola (aniqrog‘i, xabar 
–­ N.K.)dan­ so‘ng­ qisqa­ vaqt­ ichida­ “Baxtsiz­ kuyov”,­
“Juvonboz”, “Uloqda”, “Jinlar bazmi” kabi qator jiddiy, 
badiiy jihatdan pishiq, hatto shu kunlarda ham sevib 
o‘qiladigan asarlarni yaratadilar. 
XX asr boshlarida o‘zbek adabiyotiga kirib kelgan 
yoshlar Qo‘qon, Buxoro va Xorazm xonliklariga bo‘lin-
gan hamda mustamlaka sharoitida yashagan o‘zbek 
xalqi hayotini tubdan o‘zgartirish lozim degan qaror-
ga kelganlar. Shu maqsadda boshlangan jadidchilik 
harakatining peshqadam namoyandalari M.Behbudiy 
boshchiligidagi shoir va yozuvchilar bo‘lib, ular o‘z 
asarlarida xalqning og‘ir iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
ahvolda, eskirgan diniy urf-odatlar iskanjasida yasha-
yotganini yaqqol ko‘rsatuvchi asarlarni yaratdilar. Qodi-
riyning tilga olingan pyesa va nasriy asarlari ham ana 
shu maqsadga xizmat qilgan.
1917-yildagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlardan keyin 
xalq ongini, uning ijtimoiy-madaniy qarashlarini o‘zgar-
tirish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Shu munosabat 
bilan “RosTA”(Rossiya telegraf agentligi) varaqalari 
chiqarilib, aholi gavjum bo‘ladigan joylardagi devor-
larga yopishtirildi. Qodiriy shu tezkor jurnalistikaning 
namo yandalaridan biri sifatida mashhur bo‘ldi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə