Преподавание зыка и литературы anguage and literature


Qudratilla aka (adibning ukasi)



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71
uzb-2019 4-son

Qudratilla aka (adibning ukasi):
–­1916-yili­Nikolay­podshodan­rabochiy­olish­to‘g‘risi-
da­ buyruq­ keldi.­ Har­ ikki­ xonadondan­ bir­ odam­ beri-
lishi, bera olmaydigan xonadon boradiganiga ma’lum 
miqdorda haq to‘lashi, ya’ni odam yollashi kerak edi. 
Men bo‘ydoq, hali biror ishning boshini tutmaganman. 
Abdulla akam yangi uylangan. Rahimberdi akam ik
-
ki-uch­bolalik,­o‘zidan­ortmas,­buning­ustiga­bo‘shang,­
ko‘zi bir oz ojizroq edi. Ro‘zg‘or ishi, asosan, Abdulla 
akam ustida, odam yollashga qurbimiz yo‘q edi. Oyim, 
dadam­bilan­maslahatlashib,­yoshim­bir-ikki­yil­yetma-
sa ham, bizning uydan Abdulla akam o‘rniga men mar
-
dikorga ketadigan bo‘ldim.
Rahimberdi aka (Habibulla Qodiriyga):
– Nikolay taxtdan tushgan yillari tirikchilik ancha 
og‘ir bo‘lgan. Bir qish bekorchilikda opog‘oying, men, 
Abdulla­ uchovimiz­ karmondo‘zlik­ qilganmiz.­ Opog‘o-
ying, dadang charm karmon tikishardi. Men bozorga 
tushib, sotib, ro‘zg‘or qilib kelardim.
Sulton ota Sodiqov (adibning zamondoshi):
– Inqilobning birinchi yili... U chog‘larda Toshkentda 
gado, qalandar, maddohlar ko‘p bo‘lardi. Ular kuni bi
-
lan bozorlarni tentib, hazrati G‘avsil A’zam, Bahoviddin 
pirim­nomlarini­talqin­qilib,­non,­pul,­meva-cheva­yig‘ar­
edilar-da,­Hojibemalolning­takiyasida­to‘planishib,­jami­
bemazaliklarni qilib o‘tirishardi, na oila g‘amini yer, na 
siyosatni tushunar, na dunyoda nima bo‘layotganini 
bilar edilar... Bir kuni ataylab mulla Abdullani bosh
-
lab shu takiyaga kirdim. Choy chaqirib, Abdulla bilan 
so‘zlashib o‘tirdim. Gadoy, qalandar, maddohlardan biri 
tariyak – ko‘knor ichar, ikkinchisi nasha chekar, yana 
birisi og‘ziga kelganini o‘tlab hangoma so‘qar edi. Men 
ularni ko‘rsatib mulla Abdullaga: “Bu bekorchi savillarni 
yo‘qotish kerak, ishga joylash kerak”, – dedim. Abdulla 
“Xo‘p”, dedi.
Chorsu bilan Eski Namozgoh o‘rtasidagi jarlikda 
Boqijon boyning paxta zavodi bo‘lar edi. Ana shu za
-
vodni namatchilik shirkatiga aylantirdik. Men rais, Ab
-
dulla sarkotib bo‘lib ish boshladik. Har kuni ikkovimiz 
Hojibemalolning takiyasiga tushib, haligi bekorchi ga
-
do-qalandarlarni­ ishga­ undaymiz,­ tashviqot­ qilamiz.­
Abdulla­bo‘lsa,­e’lon­yozadi,­qo‘lida­qog‘oz-qalam­bilan­
ishga­boradiganlarni­ro‘yxat­qiladi...­Ko‘p­gado,­qalan-
dar, maddohlar o‘z hunarlarini tark qilib, shirkatda ish
-
lab ketdilar.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə