Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
uzb-2019 4-son

Naim KARIMOV, 
аkademik 
ABDULLA QODIRIY
o‘zi, jigarbandlari va zamondoshlari zikrida
to‘rtinchi marta, taxmi-
nan 1878-yilda Josiyat 
bibiga – bo‘lajak adib-
ning onasiga uylan-
gan.
Josiyat bibi (adib-
ning o‘g‘li Habibulla-
ga): 
– Bobongga chiqqa
-
nimda­15–16­yoshda­edim,­
u 50 yoshlarda edi... Uning 
mehnati, zug‘umi meni ado qilgan. U shundoq badjahl 
ediki, ro‘za kunlari saharlikda osh damlab uyg‘otsam, 
“Uyqumni buzding!” der, uyg‘otmasam, “Nega uyg‘ot
-
mading?”­der­edi.­Yoz­oylarining­birida­bog‘da­Qurbon­
hayiti bo‘ldi. Bog‘ ko‘cha miz boshidagi masjidda tong 
sahardan karnay, surnay, nog‘ora chalina boshladi, 
hamma­yasanib-tusanib­hayit­namoziga­jo‘nadi.­Ammo­
bobong shundoq vaqtda men bilan zambilda tuproq 
tashir edi. Shu kuni u namozga ham chiqmadi, kech
-
gacha ishladik... 
U shunchalik zolim, mehnatga ayovsiz bo‘lsa ham 
bolalar maktabga boraman, saboq qilaman, desa ish
-
dan ozod qilardi...
Biri o‘ta qattiqqo‘l, ikkinchisi esa o‘ta mehribon ota-
onadan dunyoga kelgan Abdulla Qodiriyning hayot 
daftari shunday ochiladi.
Abdulla Qodiriy:
 – Men qaysi yilda va qaysi oyda tug‘ilg‘onimni bil
-
mayman. Har holda bemavrudroq bo‘lsa kerak, kam
-
bag‘al, bog‘bonlik bilan kun kechirguvchi bir oilada... 
tug‘ilganman. Boshida boy oilada tug‘ildimmi yoki 
kambag‘al oiladami, albatta, bilmadim, ammo yoshim 
7–8­ ga­ yetgach,­ qornim­ oshqa­ to‘ymag‘onidan,­ us-
tim tuzukroq kiyim ko‘rmaganidan aniq bildimki, besh 
jonning tomog‘i faqat 80 yoshlik bir chol otamning 
mehnatidan, 1300 sarjin bog‘ning yozda yetishtirib be
-
radigan hosilidan kelar ekan.
Abdulla Qodiriyning tug‘ilgan sanasi manbalarda 
turlicha yozilgan. Adibning o‘zi, yuqoridagi so‘zlaridan 
ma’lum bo‘lganidek, qaysi yili va qaysi oyda tug‘ilganini 
bilmagan. To‘ng‘ich farzandi Habibulla Qodiriy esa ota
-
sining “yaqinlarimning so‘zlariga qaraganda, mustabid 
Nikolayning taxtga o‘tirgan yilida tug‘ilg‘onman”, degan 
so‘zlariga asoslanib, 1894-yilni adibning tug‘ilgan sana-
si sifatida yozib kelgan. Lekin o‘rta maktablarning 6-sin-
Adabiy 
taqvim


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
25
Adabiy taqvim
fi uchun chop etilgan “O‘zbek burjua adabiyoti. XIX va 
XX asr” darsligi muallifi professor A.Sa’diyning yozishi
-
cha, A.Qodiriy 1897-yilda dunyoga kelgan. A.Sa’diy 
mazkur darslikni yozishda adib bilan suhbatda bo‘lgani 
va uning hayoti sanalarini tatar olimlariga xos qat’iyat 
bilan aniqlaganini e’tiborga olsak, Qodiriy 1897-yilda 
tug‘ilgan bo‘lib chiqadi. 
Biroq hozir ilmiy adabiyotda qabul qilingan sana 
1894-yildir.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə