Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71
uzb-2019 4-son

ADIBNING TUG‘ILISHI
Buyuk o‘zbek adibi Abdulla Qodiriy 1894-yil Tosh-
kent shahrining Beshyog‘och dahasiga qarashli 
4-Eshon guzar mahallasida Qodir bobo va Josiyat bibi 
oilasida dunyoga kelgan. Bu haqida shunday hikoya 
qilishadi:
Fazliddin Hoshimov
(shifokor, adibning zamon-
doshi): 
–­Men­1908-yillarda­tug‘ilganman...­O‘sha­chog‘lar-
da Qodir bobo 100 yoshlarga yaqinlashgan, soqollari 
oppoq­oqargan,­yelkasi­chiqib,­qaddi­cho‘kkan,­quloq-
lari og‘irlashib qolgan, lekin hali tetik, yurishlari shax
-
dam edi. U ko‘klam chog‘larida yolg‘iz yoki o‘g‘li Rahim
-
berdi aka bilan sigir haydab bog‘ga o‘tar, kechqurun 
esa­bir­bog‘­o‘tmi,­o‘tinmi­orqalab,­shahar­hovliga­qay-
tar­edi.­U­vazmin,­kamgap,­yerga­qarab­yurar,­salmoq-
lab so‘zlar edi. Ba’zan Qodir bobo ko‘cha eshigimiz 
oldida dadam bilan uchrashib qolsa, salomlashar, un
-
dan-bundan,­ ayniqsa,­ bog‘dorchilik­ ilmidan­ so‘zlashar­
edi. Bir gal Qodir boboning dadamga: “Hozir ilik uzildi 
vaqti,­Hoshimxo‘ja,­yo‘g‘on­ingichka­tortib,­ingichka­uzi-
ladigan payt!” deganlari yodimda.
Bir kun shunday bo‘ldi. O‘rtoqlarim bilan devori miz 
ustidagi ko‘ksulton daraxtiga chiqib, ko‘ksulton terib 
yer edik. Shu vaqt ko‘chadan o‘tin orqalab Qodir bobo 
o‘tib qoldilar. Men sho‘xlik qilib, daraxt ustidan u kishiga 
ko‘ksulton otdim... Qodir bobo mening odobsizligimni 
sezmadilar. Ammo bolalardan biri bu odobsizligimni 
dadamga yetkazdi. Dadam meni koyidilar va nasihat 
qilib: “Qodir bobo tabarruk odam, o‘g‘lim, u kishi ko‘p 
yashagan, ko‘p narsani ko‘rgan, xon zamonlarida Tosh
-
kent shahar qo‘rg‘onining Samarqand darvozasida dar
-
vozabonlik qilgan kishi”, – dedilar.
Qodir bobo to‘rt marta uylangan. Avvalgi uch xoti-
nidan farzand ko‘rmagani, ba’zisi vafot etgani sababli 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə