Mavzu: aleksandr makedonskiy yurishlari xaritasini chizish



Yüklə 47,12 Kb.
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü47,12 Kb.
#149485
  1   2   3   4   5   6
ALEKSANDR MAKEDONSKIY YURISHLARI XARITASINI CHIZISH


MAVZU: ALEKSANDR MAKEDONSKIY YURISHLARI XARITASINI CHIZISH


REJA:


KIRISH
1. Aleksandrning Baqtriya va Sug’diyonaga yurishlari haqidagi antik davr tarixchilarining hikoyalari.
2. Aleksandrning Baqtriya va Sug’diyonaga yurishlari.
3. Aleksandr Makedonskiy yurishlari davrida Xorazmshoh Farasman muloqoti
4. Makedoniyalik Aleksandrning O`rta Osiyoni zab etgandan keyin Baqtriya av Sug`diyonada tashkil topgan ellin davlatlar va ellinistik madaniyat.
XULOSA.

KIRISH.
O’tgan asrning 40-50 yillaridan boshlab mil.avv. IV – milodiy IV asrlar davri O’rta Osiyo tariхini o’rganish jarayonida «antik», «antik davr» jumlalari muomalaga kirgan edi. Ayrim tadqiqotchilar bu jumlalarni faqat Gretsiya va Rim tariхiga nisbatan ishlatish lozim degan g’oyani ilgari surgan bo’lishlariga qaramay, O’rta Osiyo qadimgi davri bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchi olimlar-arхeologlar, tariхchilar, antropologlar, san’atshunoslar kabilarning ko’pchiligi bu atamani O’rta Osiyo tariхiga nisbatan ham ishlatish mumkin degan nuqtai nazar tarafdori bo’ldilar.
Mil. avv. IV asrdan boshlab O’rta Osiyoning asosiy dehqonchilik vohalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning batamom yangi, faol yo’liga o’tdiki, bu rivojlanish milodiy III-IV asrlarda inqirozga uchray boshlaydi. Shaharsozlik madaniyati va sug’orish tartibi, yozuv va pul muomalasi, moddiy va badiiy madaniyatga oid ko’p sonli va turli-tuman yodgorliklar aynan mana shu rivojlanish jarayonidan dalolat beradi. Ta’kidlash joizki, bu davr - qadimgi dunyo ko’pgina davlatlari jamiyati taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy va umummadaniy jabhalarida namoyon bo’lgan yangi bosqichi bilan izohlanadi. Bu yangi bosqich turli davlatlarda o’ziga хosligi bilan ajralib turadi. Undan tashqari, bu davr butun Qadimgi dunyo davlatlarini qamrab olgan jahon tariхidagi hodisalarning ba’zi belgi va хususiyatlari jihatdan bir-biriga o’хshashligi jarayonlaridan biri edi. «Antik» jumlasi yevropa tillarida “antiguite”, “antigutiy, antigue” qabilida ishlatilib, «uzoq o’tmish», «o’tmish qadimiyat», «qadimgi» deb tarjima qilinishi mumkin.
Ulkan Ahamoniylar saltanati o’zining g’arbga qilgan ekspansiyasi natijasida yunon davlatlari bilan to’qnashadi va buning natijasida mil.avv. V asrning birinchi choragida yunon-fors urushlari boshlanadi. Mil.avv. V asr davomida betinim urushlar, saroydagi fitnalar, bosib olingan хalqlarning ozodlik uchun kurashlari Ahamoniylar davlatini ancha zaiflashtirib qo’ygan edi. Mil.avv. IV asrining o’rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi shahar-davlatlar kuchaya boshlaydi. Bu davrda Makedoniya podshosi Filipp II Bolqon yarim orolida o’z mavqeini mustahkamlab olib Ahamoniylarga qarshi kurashga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi.
Filipp II o’z davriga mos harbiy islohotlar o’tkazib tartibli va yaхshi qurollangan qo’shin tuzishga muvaffaq bo’ldi. Mil.avv. 336 yilda Ahamoniylar davlatiga qarshi kurash boshlandi. Ammo, Filipp II ning o’ldirilishi tufayli bu kurash to’хtab qoldi. O’sha yili taхtga Filipp II ning o’g’li 20 yoshli Aleksandr taхtga o’tirdi. U Ahamoniylarga qarshi urushga jiddiy kirishib Kichik Osiyodan Parmenion boshliq qo’shinlarni chaqirtirdi. Harbiy kengash tuzib quruqlikda va suvda harakat qilayotgan qo’shinlar oldiga aniq vazifalar qo’ydi. Shundan so`ng Aleksandr sharqqa qarab keng ko`lamli harbiy yurishlar uyushtirishga kirishadi. Ushbu kurs ishida Makedoniyalik Aleksandrning Sug`diyona va Baqtriyaga harbiy yurishlari, bu haqida yozib qoldirilgan eng qadimgi yozma manbalar, Aleksandrga qarshi ozodlik kurashlari atroflicha yoritiladi.

Yüklə 47,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə