Mavzu: aleksandr makedonskiy yurishlari xaritasini chizish


Aleksandrning Baqtriya va Sug’diyonaga yurishlari



Yüklə 47,12 Kb.
səhifə3/6
tarix13.12.2023
ölçüsü47,12 Kb.
#149485
1   2   3   4   5   6
ALEKSANDR MAKEDONSKIY YURISHLARI XARITASINI CHIZISH

Aleksandrning Baqtriya va Sug’diyonaga yurishlari
Eramizdan avvalgi IV asrda, ya`ni Aleksandrgacha bo`lgan Makedoniya Bolqon yarim orolida joylashgan bo`lib, patriarxal mamlakat edi. Makedoniyalik shohlar o`zlarining kelib chiqishlarini Zevsning o`gli Heraklga olib borib bog`laganlar. Shoh Filipp (er. av. 382-336 yillar) davrida Makedoniyada quldorlikka asoslangan davlat tuzumi shakllanib bitadi. Filipp II uzoqni ko`zlagan, tadbirkor davlat arbobi bo`lib, yunon madaniyatiga chuqur hurmat bilan qarar va o`zi ham u madaniyatdan bahramand edi. Filipp II juda ko`p hududlarni zabt etdi. Ammo erishilgan zafarlar bilan qanoatlanmay, Eronni zabt etishni rejalashtiradi. Lekin niyatiga yetolmay, eramizdan avvalgi 336 yili saroy bazmi vaqtida o`ldiriladi. Filipp vafot etganida Epir shohining qizi Olimpiadadan tug`ilgan o`g`li Aleksandr 19 yoshda edi. Olimpiada o`ta shuhatparast, hammaga o`z amrini o`tkazishni yaxshi ko`rgan, qattiqo`l ayol edi. U o`z raqiblarini, hatto hali tug`ilmagan, lekin taxtga merosxo`r bo`lishi mumkin bo`lganlarning hammasini sovuqonlik bilan yo`q qilib tashlaydi. Aleksandrning tarbiyasini Olimpiada o`z qarindoshi Leonidga topshiradi, u o`z navbatida Lisimax ismli grekni yollaydi. Leonid Aleksandrni qattiqo`llik bilan, qiyinchiliklarga bardosh beruvchi etib tarbiyalaydi. Filipp o`g`li tarbiyasiga jiddiy e`tibor berib, shahzoda 13 yoshida ekanida buyuk olim, faylasuf Aristotelni taklif etadi. Olim shahzodaga shoh saroyida 3-4 yil ta`lim beradi.
Shunday qilib, eramizdan avvalgi 330 yili qudratli Eron saltanati tor-mor etiladi. Endilikda Eron shohiga qaram bo`lgan oxirgi viloyatlar, greklar, ayniqsa, makedonlar uchun juda uzoq va noma`lum bo`lgan sharqi-shimoliy yerlar qolgan edi. Greklarning Markaziy Osiyo haqidagi tushunchasi o`ta afsonaviy bo`lib, ularning tushunchasi bo`yicha Kaspiy dengizi Okeanga qo`shiladi, Hindiqush tog`lari Kavkaz tog`larining davomi, bu yerlarda afsonaviy xalqlar yashaydi va hokazo. Aleksandrning Baqtriya, Sug`diyona, umuman Markaziy Osiyoga yurishining ham g`oyaviy, ham siyosiy sabablari bor edi. Avvalo shimoli-sharqiy viloyatlar eroniylarning rasmiy dini bo`lmish zardushtiylikning vatani, beshigi edi, eroniylar tushunchasicha xalq qudrati, xalq ruhining siri o`sha qadimiy vatanda edi. Eron zabt etilgani bilan mamlakat orti, xalq orti hali mustahkamdek, xalq ruhi tetikdek tuyo`lar edi. Demak, Baqtriya va Sug`diyonani zabt etmasdan turib eroniylar qudratini yengib bo`lmas, kelajakdagi tinchlikka ham ishonib bo`lmas edi. Ammo Aleksandr urushlari tarixida eng mushkuli ana shu viloyatlarda bo`ldi.
Bosqinchi makedoniyaliklarga qarshi zarba avvalo Oriyonada (hozirgi Hirot viloyati) berildi. Satrap Satibarzan avvaliga Aleksandrga taslim bo`lib, o`z mavqeini saqlab qoladi, lekin shoh Baktriyaga qarab yo`l olgach, ketidan qo`zgolon ko`taradi. Grek-makedonlar qo`zgolonni shafqaqizlik bilan bir oyda bostiradilar. Satibarzan esa suvoriylar otryadi bilan Baktriyaga yo`l oladi, ammo yo`lda dushmanga duch kelib, jangda halok bo`ladi. Baqtriya satrapi Bess Aleksandr yaqinlashayotganidan xabar topgach, o`z yaqinlari bilan kelishgan holda xayrixoh kishilar va xalqqa yurtni bosqinchilardan himoya etaman deb va`da qilib o`zini shoh deb e`lon qiladi, lashkar to`playdi va qurol-aslaha jamg`aradi. Ammo Bess bosqinchilarga qarshilik ko`rsatish o`rniga lashkarlari va sheriklari bilan Sug`diyonaga qochadi. Aleksandr Baqtriyani ham jangsiz egallaydi.
Aleksandr 330-yili bahorda janubiy Baqtriyani ishg`ol etadi. Bess ochiq jangga jur`at etolmasa-da, uning harakatlari yovni holdan toydiradi. U himoyaga astoydil tayyorgarlik ko`radi. Aleksandr esa Bess ketidan quvib borib Amudaryodan o`tib, Markaziy Osiyo yerlariga bostirib kiradi, maqsad go`yoki Doro III uchun Bessdan o`ch olish edi. Aleksandr Nautakada Bеssni qo‘lga tushiradi va Arrian bergan ma’lumotlarga qaraganda u Ptolomеyga «Bеssni yalang‘och qilib, ko‘chaning o‘ng tomoniga bog‘lab qo‘yishni buyuradi. Sharmandalarcha yap-yalang‘och turgan Bеssning yonidan Aleksandrning butun qo‘shinlari saf tortib o‘tadi. Uni sharmandali holda yalang‘och qilib, Eronga olib kеladida o‘limga mahkum etadi. O‘limi oldidan qo‘li, burni va oyoqlarini kеsib, qiynaydi».5 Shimoli-sharqiy viloyatlar -Girkaniya, Ariya, Parfiya, Drangiana, Araxoziya, Baqtriya va Sug`diyonani bo`ysundirish uchun eng ko`p vaqt-uch yil ketdi. Ayniqsa, Baqtriya va Sug`diyonani zabt etish katta qiyinchiliklar tug`dirdi. Sharqning siyosiy va madaniy markazlari bo`lmish Bobil, Misr, Ekbatan kabilar jahongirga jangsiz taslim bo`lsalar-da Markaziy Osiyoning erksevar xalqlari mustaqillik, ozodlik uchun bosqinchilarga qarshi umuxalq kurashiga otlandilar. Ahamoniylar armiyasi bilan Aleksandr uch marta yuzma-yuz jang qilib, osonlik bilan g`olib chiqdi, lekin Markaziy Osiyodagi umumxalq urushida yengish oson bo`lmadi, ayniqsa Sug`diyonada bosqinchilar katta talofat ko`rdilar va juda qiynaldilar. Bu qiyinchiliklar haqida Elian (II — III asr) quyidagilarni yozgan: «Bessning ketidan quvgan Aleksandr lashkarlari katta mashaqqatlarga yo`liqdilar, oziq- ovqat yetishmaydi, hammalari, hatto shoh ham yuk hayvonlari go`shti bilan tamaddi qiladi. O`tin ham yo`k bo`lgani uchun go`shtni xomligicha yeydilar. Baktrianada bir qishloqqa yo`liqadilar, lekin u uylarni qor bosgan edi, faqat qorni tozalabgina uylarga kira oladilar”. 6
Antik adiblari O`rta Osiyodagi janglar haqida qisqa ma`lumot berganlar, batafsil yozilgan asarlari (masalan, Diodorning “Tarixiy kutubxona” asarining xuddi ana shu voqealar tasvirlangan XVII kitobidan qisqa parchalargina saqlanib qolgan) yuqolib ketgan. Saqlanib qolgan qisqa ma`lumotlarda ham chuqur ma`no bor: “Lashkarlar avval hech ko`rmagan azoblarni, ochlik, sovuq, charchash, umidsizlik, tushkunlikni boshdan kechiradilar. Ko`plari sovuqdan o`ladilar.Horginlikdan qorga yotib oladilar. Yoki lashkarlarning yoz issig`ida qiynalganini quyidagicha tasvirlaydi: “Aleksandr... Sug`diyona dashtliklarida kechalari yo`l bosdi. Suv yetishmas edi, tashnalik suvsagandan emas, noumidlikdan, o`ta mushkul ahvoldan ham yuzaga kelardi. Yozgi quyosh issig`i dashtni alangalatadi: bir o`t tushgandan keyin cho`l-u biyobon gulxanga aylanadi, issig`idan og`iz va tananing ichi qurib qolgandek tuyiladi. Jangchilar ruhan tushkunlikka tushadilar, keyin xoldan toyadilar. Hatto bir joyda turish ham qiyin edi. Shunchalik falokatdan shoh tashvishga tushadi”. 7
Eroniylar asoratidan ozod bo`lishni orzu qilgan Markaziy Osiyo xalqlari yangi bosqinchilarga qarshi keskin kurash olib borganlar. Bess xalqning ishonchini oqlama-gach, uni Aleksandrga tutib berganlar, keyin butun xalq baktriyalik va sug`dilar Spitamen, Datafern, Katanlar rahbarligida makedoniyalik bosqinchilarga qarshi kurashga otlanganlar. Ayniqsa, Marakandani (hozirgi Samarkand, sug`di tilida Smarqanqa, Maxmud Qoshg`ariyda Samizkand, ya`ni katta shahar.8 Bu shahar turkiy xalqlar tomonidan bino qilinganiga shu nomning o`zi dalildir” ) ishgol qilishga ikki yil vaqt ketgan. Dastavval shahar sulh yo`li bilan ishg`ol etilgan, lekin ko`p vaqt o`tmay, Spitamen raxbarligida shaharda qo`zg`olon ko`tarilib, makedo­niyalik lashkarlar halok etilib, shahar ozod etilgan. 328 yili Aleksandr ikkinchi marta o`ta shafqatizlik bilan shaharni ishgol etgan, Spitamen esa shaharni tashlab chiqib ketgan. Shoh, shahar atrofidagi aholi yashovchi joylar, qishloqlarga o`t qo`yib, vayron qilgan, aftidan ular ham shaxar himoyasida ishtirok etgan bo`lsalar kerak. Bu voqealardan keyin Spitamen raxbarligida sug`dlar va ularga xayrixohlik bildirgan Baqtriyaliklar ommaviy qo`zg`olon ko`targanlar. Galabani osongina qo`lga kiritishga o`rganib qolgan makedoniyaliklar uchun erksevar Sug`diyona xalqlarining qarshilik ko`rsatishi, katta talafotlar ko`rilganligi, ot-ulov, oziq-ovqat yetishmasligi bosqinchilarda bir qancha qiyinchiliklar tug`dirgan. Aleksandr dastavval asosiy kuchni qayoqqa tashlashni bilmay to`lqinlanayotgan viloyatda o`zini u yoq, bu yoqa urib, asablari o`ynab, qanday tadbir ko`rishni bilmay qiynaladi.
Rim olimi Kursiy Rufning ma'lumot berishicha, Iskandar armiyasi Marokandani uncha qiynalmasdan va kam talofat bilan ishg'ol etgan va «shaharda o'zlarining garnizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni yondirib va vayron etib», so'ngra esa shimoli-sharqqa qarab harakatlanganlar. O'shanda Aleksandr So'g'diyonada yana yettita shaharni bosib oldi. Shundan keyin u Tanais daryosi boylanga qarab qo shin tortdi. Tanaisni mahalliy xalq Yaksart deb atardi. Uning boshlanishi Tyanshan tog'larida bo'lib, Gurgon dengiziga kelib quyilar edi. Tanais bo'ylaridagi mahalliy xalq oziq-ovqat va yem-xashak qidirib yurgan makedoniyaliklarni tutib o'ldirdilar. Shu yerda Aleksandr huzuriga saklarning elchilari kelishdi. Aleksandr ham ular bilan sulh tuzish uchun o'z elchilarini yuborgan edi. Aslida esa Aleksandrning elchilari skiflar mamlakatining umumiy ahvoli, skiflarning turmush tarzi, din-e'tiqodi, fe'l-atvori, askarlarining umumiy soni va qanday qurollanganliklarini bilib kelishi kerak edi. Aleksandr o'sha Tanais bo'yida Aleksandriya Esxata (Uzoqdagi Iskandariya) degan katta bir shahar qurdirdi. Shahar hozirgi Tojikistonning Xo'jand shahri yaqinida joylashgandi. Bu shahar Iskandar uchun skiflarga qarshi urush olib borishda tayanch bo'lib xizmat qilishi kerak edi. Lekin Iskandarning skiflar ustiga qilmoqchi bo'lgan yurishi amalga oshmay qoldi. So'g'diyonada katta qo'zg'olon ko'tarilganligi va ularga ergashib baqtriyaliklar ham qo'zg'olon ko'targanliklari haqida bir-biridan tashvishli xabarlar kela boshladi. Shu payt Aleksandrendi Aleksandriya Esxataga kelib tushgandi. Shahar juda katta bo'lib, 60 stadiy uzunlikdagi devor bilan o'ralgandi. Skiflar tez-tez katta shaharning ro'parasiga kelib, uni qattiq o'qqa tutar edilar. Shu payt Baqtriya ham Iskandar Zulqarnaynning tasar-rufidan chiqib, o'z mustaqilligini qo'lga kiritib oldi. Iskandar esa ikki o't orasida: bir tomondan mustaqilligini qo'lga kiritib olgan Baqtriya bilan qo'zg'olon ko'targan So'g'di-yona, ikkinchi tarafdan yunon askarlariga tez-tez hujum qilib, ularga katta talafotlar yetkazib turgan saklar orasida qolgandi. Yarador bo'lib qolgan, sogiig'i borgan sari yomonlashib borayotgan Aleksandr buning oqibatidan qo'rqardi. Ushbu bosqinchilarga qarshi iste'dodli harbiy rahbar, so'g'dlik Spitamen boshchiligida baqt-riyaliklar, sak va massagetlar qo'shilib qo'zg'olon ko'tardilar.
Makedoniyalik Aleksandrning yurishlari natijasida qanchadan-qancha shaharlar vayron etildi, yuz minglab yerli xalq qulga aylantirildi, dunyo bozorlarida sotildi, ko`pchilk xalq qirib tashlandi. Behisob moddiy boyliklar talon-toroj etildi va yo`q qilib tashlandi. Bularning hammasi mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta zarba berdi.

Yüklə 47,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə