Преподавание зыка и литературы anguage and literature


Obid qori Karimov (adibning zamondoshi)



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
uzb-2019 4-son

Obid qori Karimov (adibning zamondoshi):
–­1919–1920-yillar­bo‘lsa­kerak,­Toshkentda­“Ros-
TA” gazetasi chiqar edi. Siyosiy, ijtimoiy, tarbiyaviy 
ahamiyatga ega bo‘lgan bu gazeta bosmaxonada yirik 
arab­ harfida­ bosilib,­ devorlarga,­ masjid­ darvozalariga­
yopishtirib qo‘yilar, yo‘lovchilar to‘xtab o‘qib o‘tar edilar. 
Abdulla Qodiriy (Julqunboy) shu chog‘lardayoq tanilgan 
yozuvchi,­ “RosTA“da­ uning­ qiziq-qiziq­ maqola,­ felye-
tonlari bosilib turar edi. Men o‘sha vaqtlarda namozxon 
o‘qituvchi edim... Qodiriy yozgan ana shu tiniq, ajoyib 
fikr-mulohazalar­ mening­ dunyoqarashimning­ o‘zga-
rishiga zo‘r ta’sir ko‘rsatgan.
Abdulla Qodiriyning “RosTA” varaqalarida kurtak 
yozgan hajviy iste’dodi o‘tgan asrdayoq 20-yillardagi 
hajviy asarlarida, ayniqsa, “Mushtum” jurnalidagi faoli-
yatida olmos qirralari bilan porlab ko‘rindi. Aksar hol-
larda “Julqunboy” imzosi bilan bosilgan bu hajviyalar 
Abdulla Qodiriyning xalq o‘rtasida “Julqunboy” taxallu
-
si bilan favqulodda katta shuhrat qozonishida muhim 
ahamiyat kasb etdi.
Davomi keyingi sonda.


28
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani yangi-
cha epik tafakkur namunasi bo‘lgan o‘zbek romanchilik 
maktabiga asos soldi. Birinchi o‘zbek romani favqulod-
da bir muvaffaqiyat va shuhrat qozondi. Romanning 
ma’no-mundarija doirasi nihoyatda keng. 
Asar bamisoli ulkan va tiniq ko‘zgu, unda o‘zbek 
millatining muayyan tarixiy davrdagi turmushi, urf-odat-
lari, ruhiy-ma’naviy dunyosi, bo‘y-basti, qiyofasi keng 
ko‘lamda aniq ifodalanadi. Romandagi uchlik – oshiq, 
ma’shuqa va ag‘yor, bir qarashda, an’anaviy ishq dos-
tonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning 
toza muhabbati, ishqiy kechinmalari, baxti va baxtsizli-
gi mahorat bilan ishonchli tasvirlanadi. Adibning yurak 
javhari o‘z qahramonlari ruhiy olamiga ko‘chadi. Asar-
dagi juda kam insonlarga nasib qiladigan bir “durri be-
baho” – ishq-muhabbat tuyg‘usiga doir inja tafsilotlar 
kitobxonni hayajonga soladi; Otabek bilan Kumushni 
baxtli onlaridan mahrum etgan fojiaviy sahnalar kishi-
ni chuqur o‘yga toldiradi. Abdulla Qodiriy Otabek bilan 
Kumushning ilk uchrashuvi va ishq tarixidan so‘zlash 
barobarida o‘lkaning tutqunlikka tushishining bosh sa-
babi jaholat, qoloqlik, xusumat, munofiqlik, noahillik va 
o‘zaro ichki nizolardir, degan fikrni benihoya mahorat 
bilan asar mazmuniga singdiradi.
Adibning badiiy so‘zida betakror joziba mujassam 
bo‘lgani bois “O‘tkan kunlar”ni necha topqir o‘qisa ham, 
odam to‘ymaydi; qayta mutolaaga ehtiyoj sezaveradi. 
Roman o‘quvchini zeriktirmaydi. Qayta o‘qish jara-
yonida asarning yangidan-yangi qirralari kashf etiladi. 
Bir o‘qilganda e’tiborsiz o‘tilgan epizodlarga boshqa 
safar diqqat qaratiladi. Bu hol, tabiiyki, adibning obraz 
yara tish mahoratiga, inson qalbini chuqur anglashiga 
daxldor hodisa. Zero, ko‘rkam adabiyotdek san’at dun-
yosida badiiy nutq muhim sanaladi; so‘z vositasida man-
zara, ruhiyat va obraz chiziladi; so‘zdan “umr – otilgan 
o‘q ermish”, “o‘rinsiz chiransang, beling sinadi” singari 
cho‘ng hikmatlar bunyod bo‘ladi. Barchaga ayon, bu 
haqiqat badiiy adabiyotning eng murakkab alifbosidir. 
So‘zdan obraz bunyodiga doir nazariy ko‘chirmalar kel-
tirib, ortiqcha ezmalanib o‘tirishga zarurat yo‘q. Ammo 
Abdulla Qodiriyning mo‘tabar so‘zida insonni o‘ziga 
bog‘lab turadigan, o‘quvchini ohanrabodek tortib turadi-
gan quvvat bor. Buni har kim sezadi. Aynan so‘zning 
ta’sir quvvati bois Kumush o‘lgan sahnaning tasavvuri-
dan ho‘ng-ho‘ng yig‘laydi kitobxon. Aytgancha, bu epi-
zodning o‘zi yig‘lab yozilgan. Demak, adibning titragan, 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə