Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
uzb-2019 4-son



til_adabiyiot@umail.uz www.tilvaadabiyot.uz til_adabiyiot@umail.uz www.tilvaadabiyot.uz til_adabiyiot@umail.uz www.tilvaadabiyot.uz til_adabiyiot@umail.uz www.tilvaadabiyot.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING
ILMIY-METODIK JURNALI
НАУЧНО-МЕТОДИЧЕСКИЙ
ЖУРНАЛ МИНИСТЕРСТВА
НАРОДНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
ПРЕПОДАВАНИЕ
ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
ANGUAGE AND LITERATURE
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
Я
L
TEACHING
SCIENTIFIC-METHODOLOGICAL JOURNAL OF THE MINISTRY 
OF PUBLIC EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
1991-yildan 
chiqa boshlagan
2019-yil. 4-son
ISSN 2010-5584
U
sh
bu
so
nd
a
Ibrat ijodini o‘rganamiz
8- bet
Tahlil
24- bet
Abdulla Qodiriy 
zamondoshlari zikrida
30- bet
Chingiz Aytmatov – XX 
asr adabiyoti fenomeni
Metodik
tavsiya
Остроумец и скептик
62- bet
Свет 
негаснущих имен
Adabiy 
taqvim
5–10-aprel kunlari Termiz shahrida Xalqaro baxshichilik 
san’ati festivali o‘tkazildi


Menga ne ishq-u, ne oshiq havasdur,
Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur.
 Alisher NAVOIY
PARIZODANING PARVOZI
Parizoda Ro‘ziboyeva Farg‘ona viloyatining 
Qirqketmon qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Qo‘qon 
pedagogika kollejining 3-bosqichida ta’lim olmoq-
da. Musiqa va badiiy ijodga havasmand yosh ijod-
kor o‘quvchilik paytlaridanoq tuman, viloyat miqyo-
sidagi ijodiy tanlovlarda ishtirok etib keladi. Uning 
bolalik orzulari, beg‘ubor o‘y-xayollari aks etgan 
ijodiy mashqlari “Yaypan ovozi”, “Farg‘ona nurli 
kelajagi”, “Qilich va qalqon” singari viloyat gazeta-
lari, “Tong yulduzi”, “Gulxan”, “Yosh kuch” kabi res-
publika nashrlarida chop etilgan. Parizoda viloyat-
ning “Tohir-Bag‘dod” telekanali O‘zbekiston tumani 
bo‘limida “Iste’dod” ko‘rsatuvini tayyorlash baro-
barida suxandonlik sirlarini ham o‘rganib kelayotir. 
– Parizoda darslarga hamisha diqqat bilan qu-
loq soladigan, she’r haqida so‘z ketsa, darrov o‘zini 
boshqa olamda his qiladigan, tortinchoq va ziyrak 
o‘quvchilarimizdan edi, – deydi O‘zbekiston tu-
manidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituv-
chisi Oqilxon Mavlonov. – O‘zbekiston xaql shoiri 
Iqbol Mirzo shoira qizimizning mashqlarini o‘qib iliq 
fikrlar aytgandi. El nazariga tushgan shoirlar e’tibori 
Parizodani o‘z ustida tinimsiz ishlashga undaydi. 
Parizoda tuman, viloyat miqyosida o‘tkaziladigan 
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning faol ishtirokchisi. “Kama-
lak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali, “Yurt kelajagi”, “Yuksak 
ma’naviyatli avlod”, “Vatanimni madh etaman” kabi tanlovlarning viloyat bosqichlarida faxrli o‘rinlarni 
qo‘lga kiritgan. 2015-yil umumta’lim maktablari o‘quvchi-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Orasta qizlar” res-
publika tanlovining tuman, viloyat bosqichlarida qatnashib, respublikada faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Ijodkor qiz kitobxonlik tadbirlarida ham faollikni qo‘ldan bermaydi. She’riyatga havasi sabab she’riy 
to‘plamlar, Xalq shoirlarining kitoblarini zavq bilan mutolaa qiladi. Uning ijodiy mashqlarini o‘zida jam-
lagan “Tong taronasi”, “Qalbim sozi”, “Qaldirg‘och parvozi” kabi mo‘jaz she’riy to‘plamlari adabiyot va 
she’riyatga mehri, pokiza va beg‘ubor tuyg‘ulari, orzu-maqsadlari, kelajak xayollarining go‘zal ifodasidir. 
2018-yili Ukrainada bo‘lib o‘tgan konferensiyada O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya hayoti va ijodiga 
bag‘ishlangan “Atoqli va ardoqli shoira” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etib, sertifikat bilan taqdir
-
langan Parizoda Ro‘ziboyeva bu yil adabiyot yo‘nalishida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor 
bo‘ldi.
– Xalqimizda azaldan ustozlarga alohida hurmat ko‘rsatilgan, – deydi yosh shoira. – Boisi, qalbi-
mizdagi barcha go‘zal tuyg‘ularning tarbiyachisi aslida ustozlardir. Ushbu mukofotni ustozlarimning 
menga bergan ta’lim-tarbiyalari natijasi deb bilaman. O‘qish va ijoddagi muvaffaqiyatlarim sababchisi 
bo‘lgan ustozlarim oldida hamisha ta’zimdaman. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə