Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
uzb-2019 4-son

Dilbar NORMURODOVA
,
Termiz shahridagi 11- umumta’lim maktabining
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
TILGA KIRGAN QADIM NAVOLAR
rang-barang baxshichilik san’ati, an’anaviy 
klassika – maqom va zamonamiz bastakorla-
rining o‘ziga xos ijodidir.
Yaxlit doston qadimiy cholg‘u asboblari – 
chanqovuz, do‘mbira, qil, qo‘biz, gitara, sinteza-
tor va boshqa turli zamonaviy musiqa asboblari 
jo‘rligidagi sokin ohanglardan tog‘lar oshib yangra-
gan sibizg‘a, nay nolasi bilan boshlandi. Shundan 
so‘ng baxshining hamrohi va yagona do‘sti do‘mbira 
navosi jarangladi.
Do‘mbira – xalq baxshilarining qadimiy ikki torli 
cholg‘u asbobi bo‘lib, uning jo‘rligida dostonlar ijro etila-
di. Mazkur musiqa asbobi Surxondaryo – Qashqadaryo 
uslubidagi baxshilarning doimiy hamrohi. 
Qadimiy Nurota yo‘nalishida rechitativ-deklamat-
sion va do‘mbira jo‘rligiga bo‘g‘iq, aniqrog‘i, yopiq ovoz-
ga uyg‘unlashib ketgan holat hammani lol qoldirish 
bilan birga sahnaga chorladi. Bunda nafaqat mahalliy 
aholi, balki xorijlik mehmonlarning yuzidagi tabassum 
va raqslari maroqli ohangga mahliyolikdan darak berdi. 
Qoraqalpoq uslubidagi dostonlar rechitativ-dekla-
matsion ijro, yuqori kulminatsion ovoz ohang lari esa 
barchani raqsga chorlab, davomli olqishlar bilan qarshi 
olindi. 
“Saraxbor” – maqom turkumlari vokal bo‘limining 
boshlanish qismi hisoblanadi. Saraxborlarning bir ma-
romdagi ijrosi va ulug‘vorligi tinglovchilarga maqom 
uslubiga xos jiddiy kayfiyat baxsh etdi. 
Katta ashula ham qadimiy turkiy an’analarga borib 
taqaladigan o‘zbek musiqa madaniyatining o‘ziga xos 
yo‘nalishidir. Yozma manbalar guvohlik berishicha, u 
qadimiy turklar ning “Ulug‘ qug‘” (“Katta kuy”) an’analari-
ga bog‘lanadi. Bu holatda katta ashula umumiy kom-
pozitsiyada erkin vaznga ega va musiqasiz ijroning 
Farg‘ona usulini ifo dalaydi.
“Alpomish” dostoni ijrosini hamma butun vujud 
bo‘lib tingladi. “Alpomish” – qariyb 40 ta dostonni o‘z 
ichiga olgan katta turkum. Uning to‘liq ijrosi bir necha 
kun davom etishi mumkin. Undagi har bir epik poema 
xalq qahramonining buyuk jasoratini, Vatanga muhab
-
bat, mardlik va jasurlik, sadoqat va adolat tuyg‘ularini 
tarannum etadi. Ba’zida dostonlar bir-birlarini ruhlan-
tirib turadigan bir necha baxshilar tomonidan ketma-ket 
ijro etilishi mumkin.
An’anaviy maqom, katta ashula va bastakor Ab-
duhoshim Ismoilovning zamonaviy ijro talqini bilan 
Aziz va yagonamsan, jonajon
O‘zbekistonim!


4
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!
Alpomish lavhalarining uyg‘unligi uzluksiz ijrodagi ochiq 
“Doston” shaklida tuzilgan konsert dasturining asosini 
tashkil etdi.
Dostonning Surxondaryo-Qash 
qadaryo vohalari-
ga xos yopiq-bo‘g‘iq ijrosi ona yeri, haqiqat va adolat 
uchun mardlarcha kurashgan afsonaviy xalq qahramo-
ni Alpomish obrazini tarannum etdi. 
To‘y marosimi xalq dostonlarining asosiy mavzulari-
dan biridir. Ularda qahramonlar haqidagi balandparvoz 
so‘zlardan iborat ijro o‘rnini “o‘lan” va “yor-yor” shaklida-
gi marosim qo‘shiqlari egallaydi. 
Mazkur kompozitsiya Surxondaryo to‘ylarining bas-
takor Abduhoshim Ismoilov talqinidagi yangi so‘z va 
kuylar bilan boyitilgan zamonaviy ijrosi bo‘lib, oldingi 
chiqishning davomi sifatida ijro etildi. 
Alpomishning onasi bilan uchrashuvining maromga 
yetkazilib, ochiq ovozda kuylanishi barcha ning kayfiya
-
tini yana bir karra ko‘tardi. Unda xalq bahodiri tilidan 
onaga bo‘lgan muhabbat, mard o‘g‘lonlarni tarbiyala-
gani uchun samimiy minnatdorchilik tarannum etildi. 
Dostonning qisqacha mazmuniga ko‘ra Alpomish va 
Barchin beshikda bo‘lgan paytidayoq unashtirib qo‘yil-
gandi. Aka-ukalar o‘rtasida nizo kelib chiqib, Boy sari 
qalmiqlar yurtiga ko‘chib ketadi. Bu yerda sohibjamol 
Barchinga qalmiq shohi Toychaxonning bahodirlari 
oshiq bo‘ladi. Manfur kuyovlar bilan majburiy nikoh qur-
maslik uchun Barchin obrazining xatti-harakatlari va 
yigitlar chiqishi ham juda katta taassurot egalarining 
olqishi bilan baholandi. 
Doston ixtiyoriy tarzda badarg‘a bo‘lgan Boysari ning 
Vatanga qaytishi va inqirozga yuz tutgan Qo‘ng‘irot 
elining birlashishi bilan tugadi. Alpomish va Oybarchin-
ning to‘yi bo‘lib o‘tdi. Ezgulik yovuzlik ustidan g‘alaba 
qozondi. Sahna orti chiroqlarining aynan shu holatni 
tasvirlashi ham o‘z ishining ustalari namoyishidan da-
lolat berdi.
Do‘stlik va sadoqat so‘zlari ifodalangan “Ey do‘st” 
qo‘shig‘iga “Qirq qiz” – qoraqalpoq dostonining ijrosi 
ulandi. Navbat “Mavrigi” – xalq so‘zi va musiqasi bilan 
yaratilgan doston bilan davom ettirildi. 
Samarqand hukm dorining qizi Gavhar 14 yoshida 
otasidan uning uchun qal’a qurib berishini iltimos qila-
di va o‘z atrofiga 40 nafar jasur qizni birlashtiradi. Qirq 
qizlar otradi Qirqqiztepa qal’asida qo‘nim topdi. Qal’a 
devorlarini g‘anim qo‘shinlari qurshab olib, qo‘rg‘onni 
qamal qildi. Gavhar boshchiligidagi samarqandlik qizlar 
qal’ani himoya qilishga kirishdi. Bir necha kecha-kun-
duz ular dushman zarbasiga qarshi hujumga o‘tdi. 
Jang maydonida ko‘plab jangchilar halok bo‘ldi. Jang
-
chi qiz lar safi ham siyraklashdi. Faqat Gavhar va yana 
bir necha qiz omon qoldi. Qal’a o‘t ichida qoldi, alan-
ga ichidan faryod va nolalar eshitildi, devorlar vayron 
bo‘lgandi. Jangchilarni umid tark etdi. Lekin Gavhar qol
-
gan o‘qdon va o‘qlarni yig‘ib, g‘anim jangchilariga qara-
ta o‘q ota boshladi. Kamon o‘qlari tugagach, jangchi qiz 
juda qattiq yaralangan holda qal’adan chiqdi. Qal’a hi-
moyachisini tilka pora qilishga tayyor g‘anim jangchilari 
hayratdan qotib qoldi. Gavhar ohista ko‘tarildi. Uning 
boshidan qonga burkangan dubulg‘a tushib ketdi, sovut 
uzra sumbul sochlari yoyilib ketdi. Jangchi qiz sham
-
shirini ko‘tarib, bazo‘r so‘z qotdi: “Men Gavharman, 
mening jangchi qizlarim halok bo‘ldi va men sizning 
sarkardangizni yakkama-yakka jangga chaqiraman”. 
Qo‘shin hayratdan baqirib yubordi, hali hech kim 
qudratli armiya bilan bunday mardonavor kurashmagan 
edi. Lashkarboshi qizga o‘tkir nigoh bilan qarab, ohis-
ta shivirladi: “Mening ham shunday jangchilarim bo‘lsa 
edi…”. U otdan sakrab tushib, hurmat bilan Gavharga 
yaqinlashdi va uning ko‘zlariga qarab, Samarqandni 
ishg‘ol qila olmasligini, bu yerda uni tor-mor etishlari-
ni anglab yetadi. Lashkarboshi bosh egib, Gavharning 
qo‘llaridan o‘pdi. O‘z jangchilariga yuzlanib, baland 
ovozda baqirdi: “Men Samarqand durdonasini ko‘rdim 
va ko‘rganimdan juda mamnunman. Uyga qaytamiz!” 
Chavandozlar otlariga minib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. 
Sahnada otlar dupuri, tuyoqlarning jonli qadami meh-
monlarni hayratga soldi, negaki, qora bayirlar to‘dasi 
hammani o‘ziga rom etgan edi.
Navbat Buxoro baxshilariga keldi. Musiqa va raqsni 
o‘z ichiga olgan nafis harakatlar, jozibador va rang-ba
-
rang kuylar kishini maftun qildi. 
Xorazm – musiqa san’atining qadimiy markazlari-
dan biri. Oshiqlar Xorazm dostonchilik an’analarining ilk 
kuychilari hisoblangan. Shoh qizi Shohsanam va G‘arib 
ismli kambag‘al yigitning muhabbati tarannum etilgan 
dostonda shoh G‘aribni yetti yilga yurtdan badarg‘a qila-
di. Shoh qizini majburlab turmushga bermoqchi bo‘ladi. 
Shohsanam sevgilisining to‘y haqida eshitib, qaytishiga 
umid qilib, otasidan to‘yni ovoza qilish va xalq uchun 
qirq kecha-yu qirq kunduz ziyofat berishni iltimos qiladi. 
Shohsanamni turmushga berayotgani haqidagi xabar 
G‘aribning qulog‘iga ham yetadi. U katta qiyinchiliklar 
bilan bazo‘r tantananing 39-kuni yetib keladi. Jahon
-
gashta darvesh kiyimida G‘arib musiqiy tabrik sifatida 
qo‘shiq ijro etadi. Tanish ohanglardan Shohsanam 
sevgilisining ovozini taniydi. 
Mana shunday kompozitsiyalarga boy konsert 
dasturi, jonli ijro, ko‘rkam va naqshinkor mushaklar 
– bari-barisi bu tantana haqiqiy san’at ahli bayrami 
bo‘lganidan dalolat beradi. Xorijlik mehmonlarning ilti-
moslariga ko‘ra tadbirdan so‘ng ham yangragan kuy-
qo‘shiqlar ancha vaqt davom etdi. 
Bayram besh kun davom etgach, 12 ta nominatsiya 
bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. 1–3- o‘rin sohiblari va Gran-
Pri g‘olibi o‘z statuetkalari va sovg‘alari bilan birga Sur-
xon vohasining tarixiy obidalari tasviri tushirilgan katta 
portretlarning ham egasi bo‘lishdi. Demak, ular Surxon 
zaminining bunday esda qolarli taassurotlarini o‘z yurt-
lariga borib ham tuyishadi. 
Bayram yakuniga yetdi, lekin farovon yurt egalari 
to‘y qilib, mehmon kutishdan charchamaydi. Alpomish-
lar ulg‘ayadi, do‘mbirachi sozini, sibizg‘achi sibizg‘a-
sini, qo‘bizchi qo‘bizini qo‘ldan tushirmaydi, negaki, bu 
bayram har ikki yilda bir marta bo‘lishi ko‘zda tutilgan. 
Yana bayramlarda uchrashguncha, deymiz. 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
5
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!
– Gulchehra opa, avvalo, mamlakatimizning yuksak 
mukofoti bilan qutlaymiz. Yurtboshimiz qo‘llaridan mu
-
kofotni qabul qilib olayotganingizda qalbingizdan qan-
day tuyg‘ular o‘tdi? 
– 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bi-
lan o‘tkazilayotgan bayramga taklif etishganda, ochig‘i, 
mukofot daragini eshitmagan ham edim. Ayollar kuni 
munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbir, deb o‘yla-
dim. Kutilmagan yangilik va hayajonlar o‘sha yerning 
o‘zida boshlandi. Birin-ketin yozuvchi-shoirlarning ayol-
larini sahnaga taklif etishdi. Prezidentimizning shaxsan 
o‘zlari ijodkorlarning rafiqalariga mukofotlarni topshirdi
-
lar. O‘sha paytdagi hayajon, xursandchilikni ko‘rsangiz 
edi. O‘ngimda bo‘layotgan voqealar xuddi xayolimdan 
o‘tayotgandek. Hech birimizning ishongimiz kelmaydi. 
Yozuvchi-shoirlarning ayollariga orden-medallar beril
-
gani, davlat rahbarining o‘zi bayram bilan qutlagani-
ni hech bir davlatda ko‘rmasak kerak. Bu, eng avva-
lo, ada biyotga, ijodkor shaxsiga, uning mehnatlariga 
bo‘lgan e’tibor, rag‘batdir.
Orden olganimdan so‘ng Yozuvchilar uyushmasi
-
dan ijodkorlar kelib tabriklashdi. Qo‘ng‘iroqlar orqali 
qutlashdi. Quchoq-quchoq gullar bilan kelib ko‘nglimni 
ko‘tarishdi. Erkin akani yo‘qotganimiz bilan do‘st-yaqin-
larini yo‘qotmaganimizdan, qadrdonlar, do‘st-birodar 
tutinganlar ostonamizdan oyoq uzib ketishmaganidan 
suyundim.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə