Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
uzb-2019 4-son

Shahlo KARIMOVA,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
IBRAT IJODINI O‘RGANAMIZ
b) “Jome’ ul-xutut” (“Yozuvlar majmuasi”) asarida 
keltirilgan qadimiy yozuvlar haqidagi qiziqarli ma’lumot-
lar va ularning ilmiy qimmati; 
d) “Tarixi Farg‘ona” asari orqali uning muarrix sifa-
tidagi faoliyatiga munosabat, asardagi tarixiy voqealar 
ifodasiga realistik yondashuv; 
e) “Mezon uz-zamon” asarida jamiyatdagi illat va 
kishilardagi kamchiliklarning ayovsiz tanqid qilinishi. 
Uchinchi mashg‘ulot yakunlovchi dars bo‘lib, unda Ibrat 
faoliyati haqida o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni takrorlash 
va badiiy ijodi – she’riyati haqida tasavvur hosil qilish 
nazarda tutilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Adib ijodiga bag‘ishlangan adabiy mashg‘ulotlarda 
bir jihatga alohida ahamiyat berish lozim: Ibrat nafaqat 
shoir, xattot, musiqashunos, tarixchi, pedagog, balki 
XX asr boshida Turkistonda yuz bergan eng muhim ij-
timoiy-siyosiy voqealarda faol ishtirok etgan yorqin siy-
molardan biri ham bo‘lganligini ta’kidlab, uning serqirra 
faoliyatiga xos mana shu jihatlarni ham o‘rgatish zarur.
Ibratning umrbayoniga oid ma’lumotlar yangiligi-
ni, ya’ni o‘quvchi-talaba bu faktlar bilan endigina tani-
shishini inobatga olib, unga nisbatan keng va batafsil 
yondashish lozim. O‘qituvchi mazkur biografik dalillarni 
kengroq sharhlab, qo‘shimcha izohlar bilan bayon etib 
berishda ayrim darslik va qiziqarli ilmiy-ommabop ma-
teriallardan ham foydalanishi mumkin. Ushbu soatda 
faqat hayot yo‘li, boshdan kechirganlari so‘zlab beril-
maydi, tushuntirilmaydi, balki ilmiy, adabiy merosi ham-
da ijod olamiga ham umumiy nazar tashlanadi. 
O‘qituvchining kirish so‘zida Is’hoqxon Ibratning ser-
qirra faoliyat sohibi, yurt ozodligi va istiqloli uchun jonini 
fido qilgan, milliy uyg‘onish davrining yorqin namoyan
-
dalaridan biri ekanligini ta’kidlab, o‘sha davr dagi ziyo-
lilardan biri, shoir va muarrix Ibrohim Davron baholari 
bilan fikrini dalillashi mumkin: 
“Is’hoqxon­to‘ra­ulumi­di-
niya va fanniya va adabiyada ustozi komillik bilan butun 
Farg‘ona va digar ihat Oziyoyi vustoda (O‘rta Osiyoda) 
inkor o‘lunmas darajada bir mavqe’ mumtoza tutmush
-
dur. Is’hoqxon to‘ra ulumi diniyada mudarrisdur, fununi 
dunyaviyda, bilo shubha, arxitektor, texnik va mexanik 
va­fiziqiya­ilminda­tilifonist,­tilig‘rofist­va­yana­ximik­de-
sak yana ozdur, chunki bu ilmlarni bilur. Is’hoqxon to‘ra 
olim va fozil bir zoti oliy bo‘lub, bu turfa fazoili insoni
-
yaga molik... Ba’zi ixtiroti ham bordur”
. Shoir tarjimayi 
holini to‘laroq yoritish maqsadida “Lug‘ati sitta al-sina”, 
“Jome’ ul-xutut”, “Tarixi Farg‘ona”, “Mezon uz-zamon”, 
“San’ati Ibrat qalami Mirrajab Bandiy” kabi ilmiy, peda-
gogik hamda badiiy asarlardagi ma’lumotlardan, Ibratni 
yaqindan bilgan zamondoshlarining mo‘tabar fikrlaridan 
Metodik
tavsiya


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
9
навбатчи
Metodik tavsiya
va o‘sha davr vaqtli matbuotida e’lon qilingan Is’hoq-
xon Ibrat haqidagi maqolalardan, shu ningdek, “Milliy 
uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti”darsligidan foydala-
nish mumkin. 
Bizningcha, talaba-o‘quvchilarni ma’lum nom osti-
da guruhlarga ajratib, har bir guruhga dars rejasiga oid 
topshiriqni avvaldan bo‘lib be rish maqsadga muvofiq. 
Bunda 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə