Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/104
tarix07.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132569
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari-fayllar.org


Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari


  1. KARIMOVA


MAKTABGACHA TA’LIMNING ME’YORIY ASOSLARI





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI



  1. KARIMOVA



MAKTABGACHA TA’LIMNING ME’YORIY ASOSLARI
darslik

SAMARQAND-2022




Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari. Darslik / A.Karimova – SamDU “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi o`qituvchisi, 2022 yil. -277 bet
Ushbu darslikda maktabgacha ta’limning huquqiy-me’yoriy asoslari, maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning me’yoriy asoslari, maktabgacha ta’limni tashkil qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish hujjatlarini yuritish kabi muammolar atroflicha yoritilgan. Darslik pedagogika oliy o’quv yurtlari, pedagogika kollejlarining maktabgacha ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatayotgan pedagoglar uchun mo’ljallangan.


Mas’ul muharrir:
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent: G. M. Karimova

Taqrizchilar:
Pedagogika fanlari nomzodi, professor: M. Tursunova
Pedagogika fanlari doktori, professor: M. Maxmudova
Darslik Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti «Maktabgacha ta’lim» kafedrasining 2022 yil 22 fevraldagi 7– sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashiga muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


KIRISH
Pedagogik kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Maktabgacha ta’lim fakultetini bitirib chiquvchi mutaxassis maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya ishlarida o’zini har tomonlama ko’rsata olishida maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslarini bilishi juda muhumdir.

O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni tashkil etishning asosiy bosqichlari, asosiy xususiyatlari va maktabgacha ta’lim bo‘yicha yuqori malakali rahbar, metodist-nazoratchi va tarbiyachilarni tayyorlash vazifalari, usul-uslublari, xalq ta’limi bo‘limining asosiy vazifalari metodik rahbarlik qilish tamoyillari o‘quv qo’llanmaning mazmunini tashkil etadi.


Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari fani bo‘lajak tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirishni, maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablar, tamoyillari, mazmuni va tarbiyachining shakllantirishni pedagogik asoslarini o‘rgatadi.
Darslik “Ta’lim to’g’risidagi Qonun”, “Maktabgacha ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”, O’zbekiston Prezidentining maktabgacha ta’lim sohasidagi Qaror va Farmonlari, “O’zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”, “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi, “Maktabgacha ta’limni tashkil qilish to’g’risidagi Nizom”, “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 155-sonli buyruq”, “Ilm yo’li” variativ dasturi, “Bola huquqlarini himoya qilish Konvensiyasi” kabi mavzularga bag’ishlangan boblarni o’z ichiga olgan.
Bo’lajak tarbiyachilar darslikdan maktabgacha ta’lim sohasining huquqiy-me’yoriy asoslarini, maktabgacha ta’limda ish hujjatlari bilan ishlashni, maktabgacha ta’limni tashkil etishni va boshqa faoliyatlarni tashkil etishda o’zlariga yordam beradigan amaliy materiallarni topa oladilar.
Maktabgacha ta’lim sohasida ta’lim-tarbiya ishining muvaffaqiyati ko’p jihatdan maktabgacha ta’limda me’yoriy asoslarni to’liq o’zlashtirishiga bog’liq. Shuning uchun darslikning maqsadi bo’lajak tarbiyachilarga ta’lim-tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish va vazifalarni hal etishda yordam berishdan iborat.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə