Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari


Mavzu yuzasidan topshiriq



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə8/104
tarix07.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132569
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104
Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari-fayllar.org

Mavzu yuzasidan topshiriq. Ta’lim turlarini navbati bilan to’g’ri joylashtiring.

1-bosqich


professional ta’lim


2-bosqich


umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim


3-bosqich


maktabgacha ta’lim va tarbiya


4-bosqich


oliy ta’lim


5-bosqich


kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish


6-bosqich


maktabdan tashqari ta’lim


7-bosqich


oliy ta’limdan keyingi ta’lim





II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI 2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINing mazmun-mohiyati
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasining maqsad va vazifalari
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq:
-maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
-maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
-bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
-maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
-maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
-maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta’minlashni nazarda tutadi.2
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda har yili tasdiqlanadigan alohida “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi har yili 1-dekabrga qadar o‘tayotgan yilning “Yo‘l xaritasi” bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yil uchun “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozimligi va “Yo‘l xaritalari”ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borilishi belgilab qo’yildi.
“O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” PQ-4312-sonli Qaror 20219 yil 8 may qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi 5-ta bobdan iborat bo’lib, ular quyidagilar:
1-bob. Umumiy qoidalar
2-bob. Maktabgacha ta’lim tizimining joriy holati va uni rivojlantirishdagi mavjud muammolar
3-bob. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
5-bob. Konsepsiyaning amalga oshirilishini monitoring qilish
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
O‘zbekistonda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, idoraviy va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritayotgan bo’lib, asosiy foizni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ko’rsatib turibdi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini muvaffaqiyatli yuritishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, ular qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
-maktabgacha yoshdagi bolalarning to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonining yetarli emasligi;
-qishloq joylarda maktabgacha ta’limning past darajada rivojlanganligi;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik holati lozim darajada emasligi;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlar bilan jamlanmaganligi;
-maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv kadrlarining tanqisligi va ular malakasining pastligi;
-ota-onalarning bola shaxsining shakllanishida maktabgacha ta’limning ijobiy jihatlari va foydasi haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasligi;
-zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va ko‘rgazmali qurollarning yetishmasligi;
-alohida ehtiyojli bolalar uchun mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining texnik jihozlanishi va uslubiy ta’minoti darajasining pastligi;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va tibbiyot xodimlarining malakasi zamon talablariga to‘liq javob bermasligi.
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi bola hayoti va faoliyatining barcha sohalarini rivojlantirishni ta’minlovchi muhim manba bo‘lgan sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardir:
-maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
-maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
-bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish;
-maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
-maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
-maktabgacha ta’lim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom va balanslashtirilgan oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarish bilan ta’minlash.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasidagi davlat siyosati ishlab chiqilayotgan me’yoriy-huquqiy bazada o‘z aksini topadi.
Maktabgacha ta’lim sohasi ko‘plab qonun hujjatlari bilan tartibga solinishiga qaramay, maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish talab etiladi.
Shu munosabat bilan, Konsepsiyani amalga oshirish doirasida maktabgacha ta’lim sohasida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
1) ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishga qo‘yiladigan amaldagi davlat talablarini qayta ko‘rib chiqish hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi Maktabgacha ta’limning davlat standartini ishlab chiqish:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida shakllantirilishi lozim bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar va mahoratlarga qo‘yiladigan talablarni;
bolalarni parvarishlash, ularga qarash, sog‘lig‘ini saqlash va yaxshilash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibini;
2) maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini moddiy resurslar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash normativlarini tasdiqlash;
3) maktabgacha ta’limning muqobil shakllari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
4) maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy ustavlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
5) kasalliklarning profilaktikasi va diagnostikasi tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo o‘zaro hamkorlik mexanizmlari orqali bolalarni psixologik-tibbiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
6) maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan xalqaro me’yorlar va standartlarni implementatsiya qilish;
7) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion pedagogik faoliyatni va uni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə