Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari


-BO’LIM. MAKTABGACHA TA’LIMNING HUQUQIY ME’YORIY ASOSLARI



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/104
tarix07.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari-fayllar.org

1-BO’LIM. MAKTABGACHA TA’LIMNING HUQUQIY ME’YORIY ASOSLARI
I BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “TA’LIM TO‘G‘RISI”DAGI QONUNI MAZMUNI VA TA’LIMNI ISLOH QILISHDAGI O’RNI
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risi”dagi Qonunining qabul qilinishi
Mamlakatimizda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun dastlab 1992 yilda qabul qilingan, 1997 yilda esa yangi tahrirdagisi qabul qilingan edi. 2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim sohasida hozirgi davrdagi amalga oshirilgan islohotlar o‘z aksini topdi. Qonun loyihasini takomillashtirish davomida 238 ta norma va qoida qayta ko‘rib chiqildi, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qisqartirish imkoniyatidan foydalangan holda 123 ta norma loyiha tarkibidan chiqarildi hamda 54 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi modda bilan almashtirildi.
Shuningdek, ma’muriy byurokratik mexanizmga doir 7 ta modda butunlay chiqarib tashlandi. Mazkur Qonunda ushbu yangi norma va qoidalar o‘z aksini topishi natijasida qonun 11 bob va 75 moddadan iborat tartibda ishlab chiqildi. 1
2020-yil 23-sentabr qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun 10 bob, 75 moddadan iborat bo’lib, ular quyidagilardir:
1-bob. Umumiy qoidalar. Asosiy tushunchalar (3- modda).Ta’lim kampusi
2-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari. Professional ta’lim (10-modda). Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim hkil etish va uning nazoratini amalga oshirish. Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish (38-modda)
3-bob. Ta’lim tizimini boshqarish. Ta’lim tashkilotini boshqarish (24,25,28-modda)
Ta’lim sifati, ixtisoslashgan maktablar, Pedagogik, kuzatuv(vasiylik), oliy ta’lim tashkilotining kengashi va rahbari maqomi
6-bob. Ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari
7-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish.
8-bob. Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to’g’ridagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo’yish.
9-bob. Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
10-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar.
Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan va Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon;
davlat ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa;
davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
davlat ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar;
malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi;
mutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi;
nodavlat ta’lim tashkiloti — davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta’lim kampusi — yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini o‘z ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat bo‘lgan, o‘quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta’lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari;
ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli.
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
-ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
-ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
-ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
-ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
-ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
-ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
-ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
-o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
-davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
-o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
-insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
-jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
-ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
-bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
-ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
-ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Ta’lim olish huquqi:
-ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;
-ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish;
-ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;
-kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
-umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni bepul olish;
-oilada yoki mustaqil o‘qish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o‘tgan davlat ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
-Chet ellik fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ta’lim olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə