Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom va balanslashtirilgan oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarish bilan ta’minlash



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə14/104
tarix07.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132569
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104
Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari-fayllar.org

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom va balanslashtirilgan oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarish bilan ta’minlash
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy vazifalaridan biri bolalarning sog‘lom ovqatlanishini, ular sog‘lig‘ini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish xizmatlari bilan ta’minlash, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun sharoitlar yaratishdan iborat.
Sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha vazifalarni hal qilish uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bunday xizmatlarni ko‘rsatish qisman autsorsing shartlari asosida tadbirkorlik subyektlariga berilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim tizimidagi tibbiyot xodimlarining malakasini tizimli oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar faol qo‘llanilmoqda.
Shu bilan birga, sog‘lom avlodni tarbiyalash vazifalarini samarali hal qilish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda:
1) maktabgacha ta’lim tashkilotlarini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va yetkazib beruvchilarning narx siyosatiga amal qilishini nazorat qilishning shaffof markazlashtirilgan tizimini yaratish;
2) tayyor taomlarni tayyorlash va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berish uchun ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalarini, jumladan autsorsing asosida jalb qilish;
3) maktabgacha ta’lim tizimida sog‘liqni saqlash xizmatlarining sifatini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmatlari bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish;
4) bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’minoti uchun munosib, jumladan, to‘laqonli, to‘g‘ri, balanslashtirilgan, sog‘lom ovqatlanish, asoslangan tibbiy ko‘rsatmalarda belgilangan hajm va tezlikdagi, ko‘ngilochar mashg‘ulotlar va bilim olish elementlari mavjud faol o‘yinlar va mashqlardan iborat sharoitlarni yaratish;
5) rivojlanishida jismoniy yoki psixik buzilishlari bo‘lgan bolalarga barvaqt kompleks yordam berish tizimini takomillashtirish;
6) rivojlanishida jismoniy yoki psixik buzilishlari bo‘lgan bolalarda asosiy kompetensiyalarni zaruriy sifat darajasida shakllantirishga erishish, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga integratsiyalashuvini ta’minlash.
Konsepsiyani amalga oshirishdan quyidagi natijalar kutilmoqda:
-barcha bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim olish uchun bir xil imkoniyatlarni ta’minlovchi maktabgacha ta’limning samarali innovatsion tizimining shakllanishi;
-maktabgacha ta’limni insonning butun hayoti davomidagi uzluksiz ta’limning birinchi bosqichi sifatida belgilash, bolani shaxs sifatida jismoniy, intellektual va axloqiy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda uning roli oshirilishi;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namuna va turlari xilma-xilligi asosida maktabgacha ta’lim tizimida institutsional o‘zgarishlar amalga oshirilishi, mazkur sohada sog‘lom raqobat muhitining yaratilishi;
-zamonaviy energiya va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning kengaytirilishi, ularning o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar, mebel, kompyuter texnikasi, o‘quv uskunalari bilan jihozlanishi;
-maktabgacha ta’lim sohasiga xususiy sektorning jalb qilinishi, uning ijtimoiy javobgarligi oshirilishi, moliyalashtirish manbalarining kengaytirilishi va maktabgacha ta’lim xizmatlari turlarining ko‘payishi;
-maktabgacha ta’lim tizimini moliyalashtirishning ko‘paytirilishi, maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligining oshirilishi, pedagog xodimlar mehnatiga munosib haq to‘lashning ta’minlanishi;
-maktabgacha ta’lim sifatini boshqarishning ijtimoiy-davlat tizimi joriy etilishi;
-olti yoshli bolalarning majburiy bir yillik bepul umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorlash bilan to‘liq qamrab olinishining ta’minlanishi;
-3 — 7 yoshgacha bolalarning 80,8 foizini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishining ta’minlanishi;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog xodimlar soni 247,7 mingtagacha yetkazilishi.
1. Konsepsiyaning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, umumiy muvofiqlashtirish, respublikada maktabgacha ta’limning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor ko‘rib chiqish va hal qilish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
2. Konsepsiyani amalga oshirish monitoringi ilovaga muvofiq Konsepsiyada ko‘zda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli bajarish bo‘yicha vakolatli organlar faoliyatini baholash indikatorlari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Hujjat malakali pedagogik kadrlarining yetishmovchiligi, davlat MTTlarining to‘lib ketganligi, moddiy-texnik holatining nomuvofiqligi, hamda davlat MTTlarining o‘quv-metodik materiallari bilan past darajada ta’minlanganligi muammolarining hal etilishini nazarda tutadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə