Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/104
tarix07.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari-fayllar.org

Ta’lim olish shakllari
Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
-ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
-dual ta’lim;
-oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
-katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
-inklyuziv ta’lim;
-eksternat tartibidagi ta’lim;
-mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
Masofaviy ta’lim
Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Dual ta’lim
Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish
Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarning oilada ta’lim olishi va mustaqil ta’lim olish uslubiy va maslahat yordami ko‘rsatilgan holda tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish tartibi, shuningdek ta’lim oluvchilarning toifalari ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Oilada ta’lim olish bolalar, oila, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda davlat ta’lim muassasasi hamda ta’lim oluvchilarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil ta’lim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda ta’lim oluvchilarni kasbiy, intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi.
Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni berish davlat ta’lim muassasalarining tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq eksternat tartibida amalga oshiriladi.
Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish
Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish butun umr davomida o‘qitishning markaziy tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim berish hamda o‘qitishning jamiyat hayotida va mehnat faoliyatida katta yoshdagilarning ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha shakllarini o‘z ichiga oladi, shuningdek rasmiy, norasmiy va informal o‘qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab oladi.
Rasmiy ta’lim davlat ta’lim muassasalari hamda davlat tomonidan tan olingan akkreditatsiyadan o‘tgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ishtirokidagi institutsionallashtirilgan (muayyan qoidalar va normalarni mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan ta’limdir.
Norasmiy ta’lim ta’lim xizmatlari taqdim etilishini ta’minlovchi shaxs yoki tashkilot tomonidan institutsionallashtirilgan (muayyan qoidalar va normalarni mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan bo‘lib, shaxsni butun hayoti davomida o‘qitishdagi rasmiy ta’limga qo‘shimcha va (yoki) uning muqobilidir.
Informal ta’lim aniq maqsadga yo‘naltirilgan, ammo institutsionallashtirilmagan (muayyan qoidalar va normalarni mujassamlashtirmagan), rasmiy yoki norasmiy ta’limdan ko‘ra kamroq tashkillashtirilgan va tarkiblashtirilgandir hamda oiladagi, ish joyidagi, yashash joyidagi va kundalik hayotdagi o‘quv faoliyatini o‘z ichiga olishi mumkin.
Inklyuziv ta’lim
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Eksternat tartibidagi ta’lim
Eksternat tartibidagi ta’lim olish o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab etadi.
Eksternat tartibidagi ta’lim olishni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash ularning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari
• Nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi.
• Nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya talablariga va shartlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatadi.
• Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.
•Mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi. Nodavlat ta’lim tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shartsharoitlar yaratish va yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan pedagog kadrlar va boshqa kadrlarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi.
• Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘qitish ta’lim oluvchi yoxud uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari va nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan, o‘qitish muddatlari, shartlari va to‘lovlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladiTa’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
•O‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning innovatsion shakllari va usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llaniladi.
•Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish chog‘ida ta’lim tashkilotlari kredit-modul tizimiga asoslangan o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.
•O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, o‘qitishning boshlanishi, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar hamda attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi. Professional va oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir o‘quv rejalarda ta’lim oluvchilar uchun amaliyot o‘tash nazarda tutiladi.
• Ta’lim oluvchilarning amaliyotni o‘tash tartibi va uni tashkil etish ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
• Professional va oliy ta’limga doir o‘quv rejalari davlat ta’lim standartlariga muvofiq mutaxassislik fanlaridan, shuningdek umumkasbiy, matematika, tabiiy-ilmiy, gumanitar va qo‘shimcha fanlardan shakllantiriladi.
• O‘quv rejalariga davlat boshqaruvi organlarining topshiriqlariga asosan va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa yo‘l bilan qo‘shimcha fanlarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviyaxloqiy
fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
• Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, pedagogik oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan keyin ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi
• (bundan oliy ta’lim tashkilotlari mustasno)


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə