Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
uzb-2019 4-son

“Bumerang”
usulidan foydalaniladi, ular ajratil-
gan mavzular bo‘yicha mustaqil tayyorlanadi, izlanadi, 
o‘rganadi va guruhdoshlariga gapirib beradi va shu 
orqali to‘plangan ma’lumotlar, keltirilgan faktlar xoti-
ralaridan yanada mustahkam o‘rin oladi. 
1-guruh
o‘quvchilari 
“Ibratning hayot yo‘li: tahsil 
olishi, mehnat faoliyati, oilaviy hayoti va turmush 
tarzi”
haqida ma’lumot to‘playdi. Guruh javobi taxmi-
nan quyidagicha bo‘lishi mumkin:
– Is’hoqxon Junaydulloxo‘ja o‘g‘li 1862-yilda 
Namangan yaqinidagi To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida taval-
lud topgan. Ota-onasi Junaydullaxo‘ja va Huribibi o‘z 
davri ning o‘qimishli kishilaridan bo‘lgan. Uning otasi 
“Xodim” taxallusi bilan she’rlar yozgan. Onasi Huribi
-
bi qishloq qizlariga maktabdorlik qilgan, husnixatdan 
xabardor bo‘lgan. Shuning uchun ham oilasidagi muhit 
sabab Is’hoqxon yoshlikdan adabiyotga muhabbat 
qo‘ygan. Ibrat dastlab qishloq maktabida, so‘ng husni-
xatdan onasi ning qo‘lida tahsil oladi. Is’hoqxon o‘qishni 
davom ettirish maqsadida Qo‘qondagi Muhammad Sid-
diq Tunqator madrasasiga 1878-yilda o‘qishga kiradi. 
Tahsil yillari (1878–1886) o‘zbek adabiyoti, madaniy 
hayot, maorifda tub o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan davr-
ga to‘g‘ri keladi. 
Is’hoqxon Ibrat jahon ilmi va madaniyati tomonidan 
yaratilgan har qanday ilg‘or yangilikni bajonidil qabul qil-
di va o‘z xalqiga tanishtirishga urindi. Sayohatlari davo-
mida ham dini va millatidan qat’i nazar, hur fikrli kishilar 
bilan hamsuhbat bo‘lishga, ulardan nimanidir o‘rga-
nishga intildi. U otasidan qolgan uch tanob yerda xalq 
uchun gulbog‘ yaratdi va u yerda favvora qurdirdi. Man-
zarali daraxtlar o‘tqazdi. G‘arb tipidagi imorat qurdirib, 
peshtoqiga “Xush kelibsiz Is’hoqiya bog‘iga!” deb yozib 
qo‘ydi. Hozirda ham aholi bu bog‘ni “Is’hoqiya bog‘i”, 
“Gulbog‘” deb ataydi. 20 yildan ortiq vaqt mobayni-
da To‘raqo‘rg‘on va Xonobod qishloqlarida qozi bo‘lib 
ishladi. Boshqa qozilardan farqli ravishda oddiy xalq 
manfaatlarini ko‘zladi, haqiqat tarafida bo‘ldi. Ibrat ha
-
yotining so‘nggi damlari ancha tahlikali va sarosimada 
o‘tdi. 1935-yildan barcha lavozimlaridan ozod etilgan, 
hatto nafaqa puli ham tayinlanmagan adibga mahalliy 
hukumat ma’muriyatining ishonchsizlik bilan qarashi 
dahshatli qatag‘on bo‘ronining yaqinlashayotganidan 
darak edi. 1937-yil Vatanimizning fozil va jonkuyar chin 
farzandlari qatori Is’hoqxon Ibrat 75 yoshida ham ruhiy, 
ham jismoniy azoblar bilan Andijon qamoqxonalarida 
ikki oy qiynoqlarda saqlanib, hatto sudi ham o‘tkazil-
masdan vafot etdi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə