Преподавание зыка и литературы anguage and literature


-guruh: Ibratning zamondosh shoirlar bilan



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
uzb-2019 4-son

5-guruh:
Ibratning zamondosh shoirlar bilan 
munosabati. Ijodiy hamkorlik va izdoshlik.
Ushbu 
guruh shoirning ijodiy faoliyati madrasa tahsili davri-
dayoq boshlanganligi, badiiy ijodga qiziqish uni shoirlar 
davrasiga yetaklagani, o‘sha paytlarda u Muqimiy, Fur-
qat, Zavqiy, Nodim, Haziniy, Muhyi, Nisbat, Muhayyir 
kabi taniqli ijodkorlar bilan tanishgani, ular bilan adabiy 
majlislarda, mushoiralarda ishtirok etishi, bunday muhit 
uning ijodiy kamolotida muhim ahamiyat kasb etganli-
gi haqida ma’lumotlarni yetkazadi. Madrasa tahsili bi-
lan cheklanib qolmasdan buyuk Sharq olimlari asarlari, 
arab, fors, rus tillarini chuqur o‘rgandi. U rus va o‘zbek 
tillarida chiqadigan Turkistonning ilk gazetalari, Ismoil 
Gaspiralining “Tarjimon” gazetasi bilan ilk bor Qo‘qon 
madrasasi tahsili davrida tanishdi. Turkistondagi jadid-
chilik harakatining sardorlari Mahmudxo‘ja Behbudiy va 
Munavvarqori Abdurashidxonovlar bilan yelkama-yelka 
turib maktab va madrasalarni tubdan isloh qilish ma-
salasiga butun kuch va g‘ayratini, bilimini, moddiyatini 
safarbar qildi. 
6-guruh:
“Ibrat – publitsist” 
mavzusida quyidagi 
javoblarni tayyorlashlari mumkin: XIX asr oxiri – XX 
asr boshlarida madaniy, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy fikr 
taraqqiyotida matbuot, nashriyot muhim ahamiyatga 
ega bo‘ldi. Is’hoqxon Ibrat ijodiy faoliyatida ham mat-
buot, noshirlik, publitsistika muhim jarayon hisoblana-
di. Qator maqola va she’rlarida matbuotning xalqning 
ma’naviy-madaniy hayotidagi ahamiyatiga yuksak 
baho berdi. O‘z navbatida, hajm, mazmun, mavzu e’ti-
bori bilan diqqatga sazovor maqolalar, she’rlar e’lon 
qilishga muvaffaq bo‘ldi. Uning bizgacha yetib kelgan 
maqolalari soni 45 tadan ortiq bo‘lib, shulardan 35 tasi 
“Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida bosilgan-
ligi haqidagi qaydlar adabiyotshunos U.Dolimovning 
“Ma’rifatga bag‘ishlangan umr” maqolasida uchraydi. 
Ibrat publitsistikasining asosiy urg‘u qaratilgan jihatlari 
ma’rifatparvarlik g‘oyalari bo‘ldi. Ilk chiqishlaridan bosh-
lab yurtimiz boshiga tushgan mustamlaka voqealari va 
uni keltirib chiqargan sabablar, uning oqibatlari, xalqni 
g‘aflat uyqusidan tezroq uyg‘otish haqida yozdi. Birinchi 
navbatda, eski usuldagi o‘qitish tizimining noqis o‘rinla-
rini taftish qilish, yangi o‘quv tizimini isloh etish zarurligi 
haqida bong urdi.
Guruhlarning ma’ruzasi tinglanib, taqdimotlari izoh-
langach, “Aqliy hujum” usulidan foydalanib savollar 
beri ladi.
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, o‘qituvchi to-
monidan fikrlar umumlashtiriladi. Bu jarayonga ko‘p 
vaqt sarfl angani bois bir-ikki topshiriq bajariladi: masa-
lan, “Tafakkur” intellektual o‘yini. Shartga ko‘ra guruh 
sardorlari raqam tanlaydi va qaysi yo‘nalish bo‘yicha 
savollarga javob berishi kerakligi aniqlab olinadi. Bun-
da ayni shu mavzuda tayyorlanib kelgan guruhga bu 
yo‘nalish tushmasligi kerak, ularni tinglagan guruhlar 
tanlashi kerak bo‘ladi. Har bir savol darajali bo‘lib, bal
-
lari ham shunga muvofiq. Ular savollarga ketma-ket 
yoki ixtiyoriy javob berishi mumkin. Javoblarga qo‘yil
-
gan ballar hisoblanib, g‘olib guruh aniqlanadi. 
Taxminan quyidagi savollar bo‘lishi mumkin:

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə