Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
uzb-2019 4-son

I yo‘nalish bo‘yicha:
1. Ma’rifatparvar Is’hoqxon qachon va qayerda 
taval lud topgan?
2. Eski maktab va madrasa tahsili haqida nimalar 
deya olasiz?
3. Ibrat yashagan davr manzarasi qanday edi?
II yo‘nalish bo‘yicha:
1. Is’hoqxon Jidda shahriga kim bilan va nima uchun 
boradi?
2. Umri davomida qaysi shaharlarga bordi va qan-
day taassurotlar oldi?
3. Chet el safarlaridan ijodkor dunyoqarashi o‘zga-
rishiga sabab nima edi?
III yo‘nalish bo‘yicha savollar:
1. Lug‘atshunoslikka doir asari nomini toping va tar-
jimasini ayting.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
11
навбатчи
Metodik tavsiya
2. “Jome’ ul-xutut” asarini yozishdan qanday maq-
sad ko‘zlangan deb o‘ylaysiz?
3. Publitsist, noshir sifatida amalga oshirgan ishlari 
haqida nima deya olasiz?
IV yo‘nalish bo‘yicha savollar:
1. Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy bilan 
tanishuvi va aloqalari haqida nima deya olasiz?
2. Jadidlar bilan fikriy jihatdan qay darajada umumiy
-
lik va yaqinlik bor edi?
3. Maorif va madaniyat, xalq ongining uyg‘onishida 
jadidlarning roli qanday bo‘ldi?
Adabiy mashg‘ulot shu tarzda yakunlanadi. Faol 
ishtirok etgan o‘quvchilar baholari e’lon qilinadi. Rag‘bat 
tarzida Ibrat asarlari berilishi mumkin.
1
“Is’hoqxon to‘ra Ibratning hayoti va ijodi” o‘quv kursi bo‘yicha dastur va materiallar. O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. Tuzuvchi: Sh.Ergasheva. – 
То
shkent, 2017. 
“Tarjima – bu bir xalqning ma’naviy boyliklarini boshqa 
bir xalqqa yetkazib berishda eng to‘g‘ri yo‘l”
1
. Chunki bir til-
dan qilingan tarjima asari orqali boshqa bir xalq to‘g‘risida 
ma’lumot olinadi.
Ma’lumki, bir tildagi asarni ikkinchi tilga ikki xil yo‘l bi-
lan tarjima qilish mumkin: bevosita va bilvosita. Bevosita 
tarjimada bir asar ikkinchi bir tilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima 
qilinadi. Bilvosita tarjimada bir tildagi asar boshqa bir til vo-
sitasi orqali o‘zga tilga o‘giriladi.
Ma’lumki, ilgari yurtimizda G‘arbiy Yevropa adabiyoti, 
jumladan, ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan va bosh-
qa tillarda yaratilgan asarlar bevosita o‘sha tilning o‘zidan 
emas, balki rus tilidan, ya’ni vosita til orqali tarjima qilinardi. 
Mustaqillikdan keyin bevosita tarjimaga bo‘lgan e’tibor 
kuchaydi. Asl nusxadan tarjima qilinib, o‘zbek o‘quvchisi 
qo‘liga yetib borayotgan asarlar sonining ortayotgani kishini 
quvontiradi. Masalan, Germaniyadagi German-o‘zbek ilmiy 
jamiyati raisi, taniqli tarjimon Xurram Rahimov asarlarini, 
asosan, bevosita tarjima asarlari tashkil etadi. Jumladan, u 
nemis tilidan o‘zbek tiliga “Yetti Oqqush” olmon xalq ertak
-
lari (1991), “Asalari qirolichasi”, Aka-uka Grimmlar ertaklari 
(2001), “Bermang xalal orzularimga” olmoncha-o‘zbekcha 
she’riyat antologiyasini (Freiburg, 2008) tarjima qilgan.
Ertaklar ilk bor asl nusxadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahorat 
bilan o‘zbekchaga o‘girilgan. Tarjima aniq, chiroyli, tushu-
narli, asl ma’no bilan deyarli bir xil chiqqan. 
Taniqli tarjimon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 
a’zosi Yo‘ldosh Parda ham nemis tilidan o‘zbek tiliga tarji
-
ma qilishda bevosita tarjima usulidan foydalanadi. U o‘zbek 
tilidan nemis tiliga, nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish 
bilan ham shug‘ullangan. U 1994-yildan 1999-yilgacha 
bo‘lgan oraliqda 5000 ga yaqin nemis latifalarini, 200 ga 
yaqin yumoristik hikoyalarni, Gunter de Broyning “Tristan 
va Izolda” asarini (1994), Yohann Shprining “Haydi” romani 
(1996) va Annamariya Shimmelning “Janon mening jonim
-
da” (1999) asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, chop ettirgan. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə