Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
uzb-2019 4-son

 
Nasiba BOZOROVA,
filologiya fanlari nomzodi
MUSTAQILLIK DAVRI ADABIYOTI
(11-sinf­va­akademik­litseyning­II­kurs­o‘quvchilari­uchun­dars­ishlanmasi)
III. Yangi mavzu bayoni.
Dars mustaqillikdan oldingi va keyingi davrda res-
publikamizda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar tasviri tushu-
rilgan hujjatli filmlar namoyishi bilan boshlanadi. Bu 
o‘quvchilar fikrining teranlashishiga yordam berishi bi
-
lan istiqlolning qadriga yetish va uni asrashga undaydi. 
Shundan so‘ng o‘qituvchi asosiy maqsadga ko‘chadi.
O‘qituvchi: 
Yuqoridagi lavhada guvohi bo‘lgani
-
mizdek, qisqa muddatda yurtimiz tanib bo‘lmas da-
rajada o‘zgargani rost. Biz lavhada faqat yurtimizda 
bo‘layotgan obodonchilik ishlariga nazar tashladik. 
Boshqa sohalar ham xuddi shu tarzda rivojlanmoqda. 
Bularning bari mustaqillik tufayli.
XX asr o‘zbek xalqining boy madaniyati va badiiy ta-
fakkuri tarixida alohida bosqich sanaladi. Jumladan, bu 
davrda o‘zbek adabiyotining taraqqiyot yo‘lida realistik 
tasvir tamoyili yetakchilik qildi; badiiy adabiyot ijtimoiy 
hayotga, insonlar dardiga yaqinlashdi, qalamga olingan 
mavzular zamon bilan, mavjud umuminsoniy muammo-
lar bilan bog‘landi. 1991-yil 1-sentabrda O‘zbekiston 
mustaqillikka erishdi, o‘sha voqeadan keyingi davr ada-
biyoti “Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti” deb atalishi ta-
biiy sanaladi. Badiiy ijodning har bir yo‘nalishi – nazm, 
nasr va dramaturgiya mohiyat e’tiboriga ko‘ra mustaqil-
lik davrining mavzulari bilan boyidi.
1
Mustaqillik xalqimizga hurlik, erkinlik va ozodlikni 
olib keldi. Ming yillardan beri buyuk tarixga ega bo‘lgan 
xalqimizning o‘zligini tanishiga imkoniyat yaratdi. Bar-
cha jabhada misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar boshlandi. 
Xususan, mustaqillik adabiyot uchun yangicha g‘oyalar 
davrini ham boshlab berdi. Asrlar davomida mustabid 
davlat asoratida qolib kelayotgan fan va adabiyotda 
yangi yutuqlarga erishildi. Bid’at va xurofot deb qarab 
kelingan xalqimizning madaniy merosi o‘ziga qaytarildi, 
qadimiy va an’anaviy urf-odatlarga keng yo‘l ochildi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə