Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
uzb-2019 4-son

Darsning shiori:
So‘zning boyligi – aqlning chiroyli-
gi. (Maqol)
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
O‘quvchilar bilan salomlashilgach, sinf xonasi va 
o‘quvchilarning darsga tayyorligi ko‘zdan kechiriladi, 
davomat aniqlanadi.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar quyidagi matematik shakllarga mos 
bo‘lgan til vositalarini aytadilar. 
Sharofat TOSHMIRZAYEVA,
Saida MAJIDOVA,
XTV tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 
davlat umumta’lim maktabi 
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari
IFODALILIK VA KO‘CHIMLAR
(Mumtoz va zamonaviy she’riy asarlar misolida)
(9-sinf, IV chorak)
1-o‘quvchi: 
“Nutq madaniyati” atamasi ikki xil 
ma’noda qo‘llaniladi: 1) tilshunoslikning tildan maqsad 
va nutqiy vaziyatga muvofiq foydalanish qoidalarini il-
miy asosda o‘rganish va o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi 
bo‘limi; 2) tildan bemalol maqsad va nutqiy vaziyatga 
muvofiq foydalana olishni ta’minlaydigan ko‘nikma, 
malaka va bilimlarning jami. 
2-o‘quvchi:
Adabiy tilning yozma shakldagi to‘g‘rilik 
sifatini ta’minlovchi me’yorlari ikkita: 1) imlo (orfografik) 
me’yorlari; 2) tinish belgilari (punktuatsion) me’yorlari.
So‘ng o‘quvchilar quyidagi matematik shakllarga 
mos bo‘lgan til vositalarini aytadilar:
3-o‘quvchi: 
Matnda bog‘lilikning quyidagi uch jihati 
farqlanadi:
1. Mazmuniy bog‘lilik.
2. Mantiqiy bog‘lilik.
3. Kompozitsion bog‘lilik.
Navbatdagi 
o‘quvchi
quyidagi chizmaga mos til vo-
sitalarini aytadi: 
4-o‘quvchi: 
Adabiy nutqning sofligiga putur yetka
-
zuvchi unsurlar, asosan, beshta:
1. Shevaga xos so‘z, ibora, grammatik shakllar.
2. O‘rinsiz qo‘llangan xorijiy so‘z va so‘z birikmalari 
(varvarizmlar).
3. Dag‘al, haqorat so‘z va iboralar (vulgarizmlar).
4. “Ishlamaydigan” yoki parazit so‘zlar.
5. Idoraviy so‘z va iboralar (kanselarizmlar).
O‘quvchilarga o‘tilgan “Ifodalilik va ibora” mavzusi 
yuzasidan ikki xil variantda ikki bosqichli test savollari 
tarqatiladi. Qavs ichidagi javoblar o‘quvchilar tomoni-
dan yoziladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə