Преподавание зыка и литературы anguage and literature


Navbatdagi bosqichda quyidagi iboralarga mos



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
uzb-2019 4-son

Navbatdagi bosqichda quyidagi iboralarga mos 
sinonim iboralarni topib yozish topshirig‘i beriladi:
1. Qildan qiyiq axtarmoq – 
... (tirnoq orasidan kir 
izlamoq).
2. Esi chiqib ketmoq – 
...­(joni-poni­chiqib­ketmoq).
3. Boshi qotmoq – 
... (miyasi g‘ovlab ketmoq).
4. Tinkasi qurimoq – 
... (holdan toymoq).
5. Podadan oldin chang chiqarmoq – 
... (to‘ydan il
-
gari nog‘ora qoqmoq).
O‘quvchilar tomonidan berilgan har bir to‘g‘ri javob-
ga 1 balldan beriladi va to‘plangan ballar uchga bo‘linib, 
chiqqan ball bilan baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni. 
Nutq ifodaliligini ta’minlovchi vositalar:
1. Tilning tovush qurilishi. 
4. Sintaktik birliklar.
2. Morfologik shakllar. 5. Intonatsiya.
3. So‘z boyligi.
O‘qituvchi: 
Nutqning kommunikativ sifatlaridan 
biri ifodalilikdir. Tinglovchi yoki o‘quvchiga ham shak-
lan, ham mazmunan ta’sir qila oladigan til vositalari-
dan maqsadga muvofiq foydalanish nutqning ifodali
-
lik sifatiga ta’sir qiladi. Yuqorida berilgan ifodalilikka 
xiz mat qiladigan vositalardan eng sermahsuli so‘z 
boyligidir. Inson aqli, zakovati barcha so‘zlar va ular-
ning ma’nolarini singdira olmaydi, ya’ni doimo yangi 
so‘z yasayverish mumkin emas. Shuning uchun so‘z 
ma’nosining qirralarini ochish maqsadida til ustalari 
so‘zning ko‘p ma’noliligidan foydalanishadi. Bu esa, 
o‘z navbatida, nutqimizning muxtasar bo‘lishi va shu 
ixchamlik, qisqalik ortida ko‘p ma’no ifodalanishini 
ang latadi. Demak, ko‘p ma’nolilik zakovatni talab eta-
di. Shu bois shoir va yozuvchilar, so‘z ustalari, ko‘pin-
cha, so‘zning ko‘chma ma’nolaridan unumli foydala-
nishadi. Nutqimizda qo‘llaniladigan so‘zning ko‘chma 
ma’nolari – ko‘chimlarning quyidagi turlari farqlanadi:
METAFORA
(yunoncha – “metaphora”) – ko‘chirish 
ma’nosini anglatadi. Narsa yoki tushunchalar o‘rtasi-
dagi o‘xshashlik asosida nom (so‘z)ning ko‘chishidir. 
Metafora orqali ifodali, obrazli nutq yaratiladi. Masalan: 
Manglayi tirishar zinapoyaning
Panjara kuylaydi misoli chiltor, 
Terlab ketganini ko‘rsang oynaning…
Hamma narsa seni kutar intizor. 
(Iqbol Mirzo)
METONIMIYA
(yunoncha – “metonymia”) – qayta 
nomlash. Narsa yoki tushunchalar o‘rtasidagi muayyan 
aloqadorlik asosida birining nomi bilan ikkinchisining 
atalishi. Masalan:
Bu yerga termulib parishon dunyo,
To‘g‘rilab oladi qo‘lda soatin. 
(A.Oripov)
SINEKDOXA
(yunoncha – “synekdoche”) – narsa 
yoki tushunchalar o‘rtasidagi butun-bo‘lak munosabati 
asosida birining nomini ikkinchisiga ko‘chirish. Masalan, 
Bu kishi tirnoqqa
zor
jumlasidagi 
tirnoq
so‘zi sinekdoxa 
yo‘li bilan 
“farzand”
ma’nosida qo‘llangan.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə