Reja: Inson va tabiat munosabati



Yüklə 4,1 Mb.
tarix19.05.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#111326
Geogirafiya


Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 3-kurs 1-20 guruh talabasi Normurodova Baxtigulning Geografiya fanidan taqdimoti.
Mavzu:Inson va tabiat.
Reja:
1.Inson va tabiat munosabati.
2.Insonni tabiatga ijobiy ta'siri.
3.Insonni tabiatga salbiy ta‘siri.
Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas go'shadir. Tabiat ularni to'ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O'z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr qo'yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklarini ko'paytirish tuyg'usi bilan uyg'unlasha olsagina haqiqiy sanaladi. Yaqin o'tmishimizda biz «Tabiatni sevamiz» deb bong urdigu, biroq uni asrab-avaylash ishiga mas'ul ekan-ligimizni unutib qo'ydik.
Ana shu mas'uliyatsizligimiz «Ekologiya» deb nomlanuvchi yangi fanga zamin yaratdi. «Ekologiya» so'zi «eko» — uy, turar-joy, «logos» - fan so'zlaridan olingan bo'lib, u atfof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo'lgan omillar, muhit halokatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi bilimlarni targ'ib etish asoslarini o'rganadi.
Yangi asrning barkamol kishiisi o'zida ekologik madaniyat unsurlarini ham namoyon eta olishi zamon talabidir. Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit to'g'risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg'usiga ega bo'lish, o'simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko'paytirish borasida qayg'urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko'rsatkichidir.
Ana shu xislatlarni o'zida aks ettira olgan insonni ekologik madaniyat egasi, deb atash mumkin.
Iste'moldan ortiqcha suv jo'mraklardan oqishiga yo'l qo'ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to'kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, ko'chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvon­larga g'amxo'rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng oddiy ko'rinishlari sanaladi.
Inson tabiatdan faqat zavqlanishni emas, balki uni yaxshi tushunishni ham o'rganadi. Natijada, o'zligini his qilib, tabiatdan unga inson bo'lish imkonini bergan «narsa»ni, ya'ni insonga xos madaniyat hislarini topishga intiladi. Demak, insoniy tuyg'ular tabiatga mehr bilan qarashdan oziq oladi.
Tabiat insonda vatan tuyg'usini uyg'otadi, uni mehnat va jasoratga undaydi, juda ko'p tuyg'ularni kamol toptiradi hamda ko'p narsalarni talab etadi. Madaniyatli, ma'naviy kamol topgan inson uchun o'z Vatani tabiatini muhofaza qilish hayoti va faoliyatining uzviy qismiga aylanib qoladi.
Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə