1. globallashuv jarayonini rivojlanish yo'nalishlari bozorlarni globallashuvi va tovarlarni globallashuvi



Yüklə 8,77 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü8,77 Kb.
#141622
1. globallashuv jarayonini rivojlanish yo\'nalishlari bozorlarni -fayllar.org


1. globallashuv jarayonini rivojlanish yo'nalishlari bozorlarni globallashuvi va tovarlarni globallashuvi

GLOBALLASHUV JARAYONINI RIVOJLANISH YO'NALISHLARI BOZORLARNI GLOBALLASHUVI VA TOVARLARNI GLOBALLASHUVI


Reja:


1. GLOBALLASHUV JARAYONINI RIVOJLANISH YO'NALISHLARI
2. BOZORLARNI GLOBALLASHUVI VA TOVARLARNI GLOBALLASHUVI
Globallashtirish jarayonlari ko’p hollarda ilg’or iqtisodiyotning rivojlanishi darajasini oshirishga va unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o’rnining kuchsizlanishiga olib keladi. Ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga texnologik jihatdan bog’liq bo’ladilar: zamonaviy texnologiyalarning murakkablashuvi ularning ishlanmalari xarajatlarini juda oshirib yuboradi, o’zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning, birinchi navbatda yuqori malakali va o’qitilgan mutaxassislarning yo’qligi tufayli yaxshi samara bermasligi mumkin.

Globallashtirish jahon iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy qonunchiligini – uning tengsizligini bekor qilmaydi, undan, rivojlangan mamlakatlar guruhlari uchun jahon bozoridagi etakchilikning o’ziga xos kurashidan qochib qutilib bo’lmaydi. D. Marshall (Buyuk Britaniya) fikriga ko’ra, “shuni to’la ishonch bilan ta'kidlash mumkinki, mamlakatlararo shafqatsiz raqobat kabi tizimning bunday mohiyatli xarakteristikasi, etakchi rivojlangan mamlakatlarning jahonda etakchi o’rinni egallash uchun raqobatlashishi, barcha mamlakatlarning markazlashgan yoki pereferiy mamlakatlarga bo’linishi, zamonaviy kapitalistik tizim yanada integrlashib borayotganligiga qaramasdan o’zgarmay qolmoqda. Jahon kapitalizmi barcha mamlakatlarga muvaffaqiyatli rivojlanish uchun teng imkoniyatlarni yaratmagan va bundan keyin ham yaratmaydi. Yuqori daromad olish uchun kurash shundayligicha qolmoqda... jahon iqtisodiyoti esa xuddi avvalgidek, notekis rivojlanmoqda” Dunyodagi uch asosiy iqtisodiy kuch – AQSh, g’arbiy Yevropa (yoki yanada tor yondashuv bo’yicha Yevropa Ittifoqi) va Yaponiya o’rtasidagi raqobat birinchi navbatda texnologik rivojlanish, yuqori texnologiyalar – mikroelektronika, biotexnologiya, yangi materiallarni yaratish va boshqalar doirasida rivojlanadi.


Jahon banki tomonidan tayyorlangan, 2000-2001 yillardagi xalqaro rivojlanish haqidagi ma'ruza ma'lumotlariga ko’ra, dunyoning 20 ta eng boy mamlakati aholisining o’rtacha daromadlari 20 ta kambag’al mamlakatlarning o’rtacha daromadlarini 37 marta oshirdi. Bunda keyingi 40 yilda portlashlar ikki barobarga oshdi. Dunyoning beshta boy va beshta kambag’al mamlakatlari o’rtasidagi daromadlardagi uzilishlar esa 1990 yilda 60:1 va 1997 yilda 74:1 tashkil qildi. Fin eksperti K. Kilyunen fikriga ham qo’shilish mumkin, uning fikricha, “iqtisodiy tizim dunyoning 225 ta boy kishilarining jami boyligi 1 trln. dollardan oshganda sog’lom hisoblanishi mumkin emas, bu 47 % kishini tashkil etuvchi 2,5 mlrd. kambag’alning yillik daromadlariga teng ... sayyoraning uchta boy kishisining umumiy holati 48 ta rivojlangan mamlakatning jami YAIM ini oshiradi” Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar o’rtasida ziddiyat unchalik qat'iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan mamlakatlar qatoriga kirib qolgan (BMT tasnifi bo’yicha). AQSh jahon xo’jaligida o’z etakchiligini saqlab qolish va yanada oshirishga, o’z milliy masalalarini hal qilish uchun globallashtirishning neoliberal variantidan foydalanishga harakat qiladi.

Globallashtirishning, eng avvalo, moliyaviy foydasi, o’z hududida ta'sis qilingan (1960-1970 yillardayoq), alohida periferey mamlakatlar, offshor hududlar, xorij kapitalini jalb qilish maqsadida soliqdan ozod qilinganligini olishlari mumkin. To’rt asosiy hududiy guruhni birlashtiruvchi offshor hududlarning yaxlit pleyadasi yuzaga keldi. Karib havzasining offshor hududlari Nyu-york bilan bir vaqtinchalik mintaqada bo’lgan Shimoliy va janubiy Amerika mamlakatlariga xizmat qiladi. Fors ko’rfazi mamlakatlaridagi offshor hududlar Yaqin Sharqning neft qazib chiqaradigan mamlakatlariga xizmat qiladi. Tinch okeanining Singapur, Gongkon, shuningdek, Vanuatu, Nauru va boshqa orol hududlari Tokio bilan bir vaqtinchalik mintaqada joylashgan Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarining moliyaviy kapitalidan foydalanadilar.


Globallashuv jarayoni ayniqsa moliyaviy va iqtisodiy sohada jadal sur`atlar bilan kechmoqda. U avvalo, tabiiy boyliklar va savdo bozorlari ustidan nazorat o`rnatish borasida raqobatning keskinlashuvida namoyon bo`ladi. Bu jarayonda davlatlar bilan bir qatorda transmilliy korporatsiyalar (TMK) ham etakchi o`rin tutadi. Transmilliy korporatsiyalar — industrial rivojlangan davlatlarning global ahamiyatga ega bo`lgan ko`p funktsiyali milliy trest va kontsernlari, xalqaro firma, kompaniya va korporatsiyalari. “Trans” old qo’shimchasi o’z nomi bilan – TMK milliy chegaralardan tashqarida tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar va sotadilar; ular g’oyalarni, didlarni, standart va texnologiyalarni butun dunyo bo’ylab tarqatadilar; ular o’z operatsiyalarini global miqyosda rejalashtiradilar, bunda o’z milliy xarakterlarini saqlab qoladilar. Transmilliy kompaniyalar deganda ko’pincha, o’z ishlab chiqarish aktivlarini birdan ortiq mamlakatda nazorat qila oladigan kompaniyalar tushuniladi. Asos mamlakatlardagi bosh kompaniyalar qabul qiluvchi mamlakatlardagi sho’'ba kompaniyalar va filiallarni investitsiyalagan holda xorijiy aktivlarga ega bo’ladilar. Investirlashtirishning bunday turi boshqaruv va nazorat huquqini inobatga oladi va to’g’ri xorijiy investitsiyalar sifatida ko’rib chiqiladi. Bunga qarama-qarshi ravishda portfelli investitsiyalar nazorat huquqini bermaydi, ular odatda, daromad olish maqsadida pul bozorlari vositalarini va xorijiy qimmatli qog’ozlarni xarid qilishni nazarda tutadi.

Kompaniya agar faqatgina xorijda savdo qilsa yoki xorijiy firmalarning hamkorlari sifatida ishtirok etsa TMK hisoblanmaydi. Kompaniya uchun TMK maqomini olishning bir necha yo’llari mavjud. Masalan, agar: 1) kompaniya xorijda bir necha affilyat yoki filiallarga ega bo’lsa; 2) ular dunyoning ko’pgina mamlakatlarida faoliyat yuritadilar; 3) xorijda olingan daromadlar ulushi yoki boshqa daromadlar barcha daromadlarga nisbatan yuqori bo’lsa; 4) uning ishchilari, aktsionerlari va menejerlari ko’pgina turli mamlakatlardan bo’lishi kerak; 5) uning xorijiy operatsiyalari – bu nafaqat savdo, shuningdek ishlab chiqarish, tadqiqotlar, ishlanmalar ham bo’lishi mumkin.


Bundan tashqari, Xalqaro kompaniyalar statistikasi ko’pgina murakkabliklarga duch keladi. Xususiy firma sifatida ular o’z faoliyatlari haqida axborotlarni zo’rg’a beradilar, buning ustiga axborotlarning bir qismi berkitiladi. Xalqaro korporatsiyalarning izohida ham farqlar mavjud. Ular odatda, kamida ikki mamlakatdagi aktivlar ustidan nazorat qilish huquqiga ega firma sifatida aniqlanadi. Boshqa mualliflar esa xorijiy ishlab chiqarish hajmi kabi kriteriyaning ahamiyatini ta'kidlaydilar.
Ular faoliyati asosan ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshlab, hozirgi davrda yirik TMKlar keng tashqi iqtisodiy ekspantsiya siyosatini yuritmoqda. Masalan, jahon miqyosidagi savdo hajmining qariyb uchdan ikki qismi TMK ulushiga to`g`ri keladi, dunyodagi patentlar, litsenziya va nou-xaularning beshdan to`rt qismi ham ularga tegishli. Mutaxassislarning fikricha, 2004 yilda er yuzida 64 ming atrofida TMKlar mavjud bo`lib, ularning dunyo bo`yicha 830 mingta filiallari faoliyat olib borgan. (Taqqoslash uchun raqamlarga murojaat etsak, 1939 yilda dunyo miqyosida 30 ta TMK bo`lgan bo`lsa, 1970 yilda 7 mingtaga, 1976 yilda 11 mingtaga etgan). Dunyo miqyosida etakchi mavqega ega 100 ta eng yirik TMKlar xalqaro savdoning umumiy hajmidan 16%ni nazorat qiladi va bu TMKlarning uchdan bir qismi AQSHga to`g`ri keladi. XX asr so`ngida etakchi 100 ta TMKlarning chet ellardagi aktivlari 1,4 trln. doll. tashkil etdi.
Ta`kidlash lozimki, zamonaviy TMKlarga xos bo`lgan xususiyat, bu “ikki andozalik” yondoshuvidir. Bir tomondan ular dunyo iqtisodiy makonining liberallashuvi va demokratlashuvidan manfaatdor bo`lsa, ikkinchi tomondan TMK ichida dunyoda mavjud erkin bozor qonuniyatlari ishlamaydi (bozor asosida emas, balki korporatsiya strategiyasidan kelib chiqib narxlar belgilanadi). Umuman, TMKlar faoliyati o`zlari joylashgan (ro`yxatdan o`tgan) davlat manfaatlari bilan mustahkam bog`langan bo`ladi.
http://fayllar.org
Yüklə 8,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə