Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71
uzb-2019 4-son

Shahlo HOJIYEVA,
O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi
CHO‘LPONNING PEYZAJ YARATISH MAHORATI
Cho‘lpon she’riyatida “qora bulut” timsoli istibdod ifodasi 
sifatida ko‘p qo‘llanilgani ma’lum. Ushbu she’rda ham “Sharq-
ni yopgan parda yanglig‘ ko‘klarni qoplagan “qora bulut” 
zamirida shoirning o‘kinchi o‘z ifodasini topgan: 
Qora bulut to‘dasikim ko‘klarni
Sharqni yopgan parda yanglig‘ yopmishdir.
She’rda ulug‘ shoirning maslagi – erk orzusi badiiy talqin 
etilgan. Bunda ijodkor “kuz” va “yoz” tazodidan poetik vosita 
sifatida foydalangan. Shoir nazdida “kuz”– mustamlakachilar, 
“yoz” esa zulm iskanjasida qolgan millat ramzi. “Kuz qo‘shi-
ni og‘u to‘la o‘qlarini yoz bag‘riga sanoqsiz otgani” haqidagi 
fikr tagmatnida ayni shu haqiqatning badiiy ifodasini kuzatish 
mumkin. Quyidagi satrlar shoirning qalbini iztirobga solgan 
mahzun tuyg‘ular hosilasi o‘laroq ijod etilgan:
Balo­yanglig‘­qator-qator­chizilib
Ko‘k­yuzidan­qarg‘alar­ham­o‘talar.
Sharqdek ichdan yashiringina ezilib
Ko‘p­jonlilar­so‘nggi­tinni­kutalar.
Ushbu she’rning poetik xulosasida o‘kinch va alam, umid-
sizlik va sitam tuyg‘ulari tajassum topganini sezish qiyin 
emas. Qarg‘alarning tizilishib o‘tishi tabiatda kuzatiladigan 
holat. Shoir tabiatning ana shu hodisasidan Sharqda “balo 
yanglig‘” kezib yurgan istibdodning ayanchli qiyofasini chi-
zadi. Akademik Naim Karimov ta’biri bilan aytganda, buni 
Cho‘lponning “she’riyatni xalqqa, uning hayotiga, qalbiga, iz-
tiroblari, azoblari, orzu va umidlaridan iborat ruhiy olamiga ya-
qinlashtirgan”i [2: 208] bilan izohlash mumkin. Kuz Cho‘lpon 
ruhiyatini birqadar to‘laroq ifoda etmoq uchun o‘ziga xos po-
etik vosita vazifasini o‘tagan. Buni shoir ning “Xazon” sarlav-
hali she’ri misolida ham ko‘rish mumkin. She’rda shoir “teskari 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
33
Tahlil
qilib takrorlash” mazmunini ifodalagan tardu aks san’atini 
qo‘llar ekan, bu orqali ma’no ta’sirchanli gini kuchaytiradi.
Kuz­chog‘i...­tuproqlar­gezarib­qoldilar,
Gezarib qoldilar kuz chog‘i tuproqlar.
So‘ng damda yaproqlar qizorib yondilar,
Qizorib yondilar so‘ng damda yaproqlar.
Bu satrlar Cho‘lpon she’riyatga yangi mazmunni olib ki-
rar ekan, shoirning mumtoz badiiy san’atlardan mahorat bilan 
foydalanganini ko‘rsatadi. Zero, tardu aks san’atida muayyan 
jumlani qaytarish orqali “mazkur so‘z yoki so‘z birikmalari 
yana bir bor ta’kidlanibgina qolmay, ularning ma’nosi ham 
yangilanadi, misra mazmuni ham takomillashadi”. [5: 89] 
“Tuproqlar gezarishi, yaproqlar qizorib yonishi” tasviri zamiri-
ga shoir qanday fikrlarni joylagan? She’rning keyingi misralari 
bunga oydinlik kiritadi:
Qarg‘alar bog‘larda qag‘lashib qoldilar,
Bilmadim,­kimlarning­qismati­uzulur?
Yong‘oqqa­yopishib­bir­changal­soldilar,
Bilmadim,­kimlarning­umidi­yo‘q­bo‘lur?
Qarg‘aning qag‘illashi – o‘zbek xalqi udumiga ko‘ra no-
xush voqea sodir bo‘lishi alomati. Ana shu tasvir so‘ngida 
Cho‘lponning “Bilmadim, kimlarning qismati uzulur?” de-
yishi sababi shunda. Qarg‘aning yong‘oqqa yopishib chan-
gal solishi – falokatning og‘irroq kechishi nishonasi. Demak, 
kimlarningdir umidi yo‘q bo‘lishi kutiladi. “Kimlarning” degan-
da shoir, shubhasiz, o‘zi mansub bo‘lgan millatni nazarda tu-
tadi. Chunki istibdodga qarshi isyonini dastlab ochiq-oshkor 
izhor etgan Cho‘lpon bolsheviklar hukumati senzurasining 
taz yiqi kuchaygan sari fikrlarini ramzlar tiliga ko‘chirib, parda
-
lab ifo dalashga o‘ta borgani ma’lum. Shunga qaramay, quyi-
dagi misralarda shoir qarashlari ochiqroq, achchiqroq talqin 
etilgani kuzatiladi:
Ey sovuq ellardan muz kiyib kelganlar,
U qo‘pol tushingiz qorlarda yo‘q bo‘lsin!
Ey menim bog‘imdan mevamni terganlar,
U qora boshingiz yerlarga ko‘mulsin!
“Sovuq ellardan muz kiyib kelganlar” deganda shoir kimlar-
ni nazarda tutgani ma’lum. Xalqona “Tushingni suvga ayt” 
iborasini ijodkor “U qo‘pol tushingiz qorlarda yo‘q bo‘lsin!” tar-
zida ifodalaydi. Bog‘idan mevasini terganlarga qarata: “U qora 
boshingiz yerlarga ko‘mulsin!” deyar ekan, Cho‘lpon mustam-
lakachilarga bo‘lgan nafratini yashirmaydi.
So‘nggi bandda shoir she’rning eng ta’sirchan satrlarini 
terib olib qaytaradi. Bu orqali, birinchidan, tardu aks san’atini 
o‘zigacha bo‘lgan biror shoirda uchramagan tarzda yangilay-
di, ikkinchidan, o‘z ijodiy niyatini o‘quvchi qalbiga chuqurroq 
joylashga muvaffaq bo‘ladi. 
Shoirning “Kuz guliga” she’ri barmoq vaznida yozilgan. 
She’rning turog‘i ham o‘ziga xos: dastlabki ikki satrda 2+2, 
keyingi ikki misra 1+2, so‘ng 2+2, 3+4 tarzida keladi. Bu hol, 
o‘z navbatida, ohang va mazmunning ta’sirchanligini ta’min-
lagan:
Rangi o‘chgan,
Umri kechgan
Kuz­guli,
Bir yo‘li 
Pastrak egil,
Menga bir o‘pich bergil!
She’rdan maqsad tabiat tasvirining o‘zigina bo‘lmagani 
ayon. Cho‘lponday shoir o‘z ruhiy kechinmalarini, dard-u iz-
tiroblarini, millatning istiqboli, istiqloli bilan bog‘liq orzu-o‘yla-
rini ifodalamay she’r yozmasligi tayin. She’r tagmatnida o‘sha 
davrdagi og‘ir ijtimoiy ahvol badiiy talqin etilgan. Kuz, bu o‘rin-
da, Vatan va millatning taraqqiyot fasli o‘tib, tanazzul pallasi 
boshlanganiga ishora: 
Qishdan chopar bor,
Yomon­xabar­bor!..
Biroq shoir butunlay umidsiz emas. Tanazzuldan darak 
beruvchi kuz va qishdan so‘ng ko‘klamga – taraqqiyga erish-
moq orzusi uni tark etmagan. She’rning yakunlovchi misralari 
shunday xulosa chiqarishga asos beradi:
Endi noz qilma,
Nozlanib kulma!
Kel,­labimga­kel,
Bir ozroq egil,
Bir yayrab o‘pay!
Shunga esirib,
Ruhingga kirib
Ko‘klamga­yetay!
She’rda turoq o‘zgarib turadi. So‘nggi satrlar 3+2 shakli-
ni olgani shundan darak beradi. Fikrning ta’sir kuchini oshira 
borgan bu hol Cho‘lponning, birinchidan, xalqona ohanglar-
dan mahorat bilan foydalanishi natijasi bo‘lsa, ikkinchidan, 
Sharq-u G‘arb she’riyatini puxta bilgani, yangilikka, ijodiy tajri-
balarga maylning kuchli bo‘lgani bilan belgilanadi. 
Xulosa qilib aytganda, Abdulhamid Cho‘lponning o‘zi “...
bir xil, bir xil, bir xil! Ko‘ngil boshqa narsa – yangilik qidiradir” 
[3:32] deganidek, she’riyatimizning ham mazmun, ham shakl 
jihatdan yangilanishiga intildi va bunga muvaffaq bo‘ldi. Ijod-
kor kuz tasviri orqali istibdod iskanjasiga tushgan Vatan va 
millatning murakkab va ziddiyatli qismatini ifodaladi. Garchi 
bu turkum she’rlarida mahzun kayfiyat, tushkun ruhiyat ta’si
-
ri sezilib tursa-da, satrlar tagmatnida buyuk shoirning istiqlol 
haqidagi orzulari badiiy talqin etilganini anglash qiyin emas. 
Shoirning tabiat tasviri zamirida jamiyat muammolarini aks 
ettirgan betakror she’riyatini ilmiy asoslarda tizimli o‘rga nish 
galdagi vazifalardandir.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə