Prof. Soleyev A. 2021-yil 2021-yil «O‘zbek folklori»



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə28/72
tarix24.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#106777
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72
Ozbek folklori. majmua 2021-2022

Totem

Fetish

Anim

Turli xalqlar tomonidan hayvonlarni muqaddaslashtirish, ularni homiy deb bilish.

Insonlar tomonidan alohida e`tibor bilan qaraladigan narsa, predmet tushuniladi.

Insonlar tomonidan totem va fetishga hamda ruhlarning mavjudligiga ishonish

Mifologiyaning uch asosiy tushunchasi

3


2

1
Mif, ertak va dostonlar





Mif, ertak va dostonlar



Xalq o`g`zaki ijodiyoti



Hikmatli so`z va maqollar

Musiqa va qo`shiqlar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
O‘ZBEK FOLKLORI
fanidan
OB va YB uchun
topshiriq, test va “yozma ish” savollari

Samarqand davlat universiteti 2021 -y.
REYTING ISHLANMASI VA BAHOLASH MEZONLARI
Ushbu bandda fan bo’yicha reyting ishlanmasi va baholash mezonlari beriladi.
Fan bo’yicha reyting ishlanmasi va baholash mezoni amaldagi nizom asosida kafedraning etakchi professor o’qituvchilari tomonidan tayyorlanib, unda joriy, oraliq va yakuniy baholashlar nazarda tutiladi. Talabalar mustaqil ishi joriy va oraliq baholashlarda e`tiborga olinadi. Baholash mezonida talabaning o’zlashtirish darajasi hisobga olinadi.





O’ZBEK FOLKLORI fanidan test savollari



  1. Nima uchun fan nomi “ O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi” deb ataladi?

A. Asrlar davomida o’zbek xalqi yaratgan ijod merosini o’rgangani uchun.
B. O’zbek xalqining qadimgi rasm-rusumlarini o’rgangani uchun.
S. Xalq tomonidan og’zaki yaratilgan badiiy asarlarni o’rgangani uchun.
D. Baxshi, qo’shiqchi, ertakchilarning og’zaki yaratgan asarlarini o’rgangani uchun.



  1. Nima uchun O’zbekistonning mustaqilligidan so’ng xalq og’zaki ijodi davlat maqomiga erishdi deyiladi?

A. Xalq og’zaki ijodi oliy o’quv yurtlarida alohida fan sifatida o’qitilgani uchun.
B. Navro’z tantanalari umumxalq bayrami sifatida nishonlanayotgani uchun.
S. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimiz ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish davlat ahamiyatiga ega bo’lgani uchun.
D. A va S javoblar



  1. Kolxozlashtirish davrida kim ekin maydonlariga faqat paxta ekish qoralangan qo’shiqlarni yozib olgan?

A. Otajon Hoshim
B. Olim Usmon
S. Hodi Zarif
D. Cho’lpon



  1. “Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas” – kimning gapi?

A. Nikolay Ostroumov
B. Nikolay podsho
S. M. Gorchakov
D. M. Skobolov



  1. Prezident Islom Karimov 1998 yilda qaysi jurnal bosh muharririga milliy mafkuraning ahamiyati haqida o’z mulohazalarini bildirgan?

A. Muloqot
B. Yoshlik
S. Tafakkur
D. Sharq yulduzi



  1. Prezident Islom Karimovning “Alpomish” haqidagi fikrlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A. "Alpomish" dostoni xalqimiz madaniy merosining nodir namunasidir.
B. "Alpomish" da xalqimiz tarixining noyob sahifalari o’z ifodasini topgan.
S. O’zbekning qanday buyuk xalq ekanligini bilmoqchi bo’lgan "Alpomish"ni o’qisin.
D. "Alpomish" – o’zbekning o’zligini namoyon etadigan... qahramonlik qo’shig’idir.



  1. Xalq og’zaki poetik ijodining o’ziga xos belgisi ko’rsatilgan qatorni toping.

A. Tarixiy voqyealarning badiiy ifodasini ko’rsatish.
B. Matn va ijrodagi an’anaviylik.
S. Hayotda ro’y bergan voqyealarni estetik tarzda ifodalash.



  1. Xalq maqollarining og’zaki ijoddagi boshqa janrlardan farqini aniqlang.

A. Maqollar xalq ommasining orzu havasini aks ettiradi.
B. Maqollarda voqyelikning xulosasi yaratiladi.
S. Maqollar xalqning hayotni hukmlar vositasida ifodalaydi
D. B va S

9. “Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini ko’raman”. Kimning gapi?


A. M. Gorkiy
B. L. Tolstoy
S. Oybek
D. A.Qahhor

10. Maqollarni tasnif qilish usullari mukammal ko’rsatilgan qatorni toping.


A. Alifbo tartibi, tematik tasnif, struktural tasnif, majoziy tasnif, mazmuniy tavsif.
B. Alifbo tartibi, tematik tasnif, poetik tasnif, tarixiy tasnif, tuzilishiga ko’ra.
S. Poetik tasnif, tematik tasnif, struktural tasnif, mazmuniy tasnif, tuzilishiga ko’ra.
D. Struktural tasnif, tematik tasnif, poetik tasnif, badiiy tasnif, tuzilishiga ko’ra

11. Xalq maqollarining matndagi asosiy tasvir vositalarini aniqlang.


A. Iyhom, xusni ta’lil,
B. Tazod, iyhom
S. Tazod, istiora
D. A, B, S.

12. Xalq maqollarining eng qadimiy namunalari majmuasi qaysi asarda berilgan?


A. O’rxun-Enasoy bitiklarida
B. Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida
S. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida
D. Alisher Navoiyning “Sab’ati abhur” asarida

13. “O’tin ayirgan bolta maydonda qolar” maqoli mazmunining izohi aniqlangan qatorni aniqlang.


A. Turmushga shoshilgan qiz baxtsiz bo’ladi.
B. Odamni ajratib muomala qilgan shaxs hech kimga yoqmaydi.
S. O’tinni yaxshi-yomonga ajratilishi yaxshi emas.
D. Hamma javoblar to’g’ri emas.

14. Topishmoqlar mazmunan qaysi katta guruhlarga bo’linadi?


A. Hayvonlar va odamlar haqidagi topishmoqlar
B. Narsa va koinot haqidagi topishmoqlar
S. Tabiat va jamiat haqidagi topishmoqlar
D. Yangi va an’anaviy topishmoqlar

15. Topishmoqning asosiy badiiy tasvir vositasini toping.


A. Istiora
B. Iyhom
S. Mubolag’a
D. Zohir va botin.

16. Xalq topishmoqlarini mahsus o’rgangan folklorshunosni aniqlang?


A. Hodi Zarif
B. Muhammadnodir Saidov
S. Muzayyana Alaviya
D. Zubayda Husayinova

17. E. B. Taylor fikricha topishmoq va maqolning qaysi biri oldin paydo bo’lgan?


A. Maqol
B. Topishmoq
S. Ikkala janr teng paydo bo’lgan
D. E. B. Taylorda bunday fikr yo’q

18. Sfinks topishmog’ini kim topgan va uning yechimi qanday?


A. Aristotel, olam
B. Plutarx, odam
S. Platon, tabiat
D. Edip, odam

19. Tarse’ san’atiga doir topishmoqni toping.


A. Osmonning ustuni yo’q,
Hovuzningqopqog’i yo’q.
B. qamish uchi qaltiroq, uni toping, dilbarim.
S. To’rt oyoqli,
Temir tuyoqli.
D. Osh ichida tosh,
Tosh ichida osh.

20. “Mulla Abdurahmonxon -- beustixon” topishmog’ining javobini toping.


A. Bit
B. Hasip
S. Baliq
D. Hamma javob xato
21. “… toshi vositasida yomg’ir chaqirish marosimi”. Nuqtalar o’rniga qaysi so’z qo’yiladi?
A. Sust xotin
B. Zil
S. Zerd
D. Yada

22. “Sust xotin” marosimini erkaklar ham bajaradimi?


A. Ha, Boysun qishlog’ida
B. Ha, Gurlan qishlog’ida
S. Ha, Qorliq qishlog’ida
D. Yo’q.

23. Buxoro viloyatining Qorako’l, Olot tumanlarida “Sust xotin’’ marosimi qanday ataladi?


A. “Suv xotin”
B. “Ojizai ob”
S. “Nam xotin”
D. To’g’ri javob yo’q

24. “Choy momo” marosimi qanday maqsadda amalga oshiriladi?


A. Mo’l hosilni niyat qilib choyga chaqirish
B. Keksa ayollardan duo olish
D. “Choy momo” “Shamol ona” ma’nosini anglatadi va uni chaqirish maqsadida amalga oshiriladi.

25. “Yas-yusun” marosimiga izoh toping.


A. qimizxo’rlik marosimi
B. Bu marosim qishda o’tkaziladi va yer sho’rini yuvishdan oldin bajariladi.
S. Ot musobaqalaridan oldin ajdodlarga murojaat.
D. To’g’ri javob yo’q.

26. Bo’ynimda bor bo’yinturuq,


Omochlari sharaq-shuruq.
Oqshom borsam oxur quruq,
Men qo’shga qanday yarayin?
Mazkur qo’shiqda qo’llangan badiiy san’atni toping.

  1. Jonlantirish, munozara

  2. Alliterasiya, intoq

  3. Tashxis, intoq

  4. A va B

27. Qashqadaryo, Surxondaryo va Janubiy Tojikistonda yashovchi o’zbeklar o’rim paytida qaysi dostondan parchalar kuylaganlar?


A. Bu hududda “O’rog’im olmos” qo’shig’i aytilgan xolos.
B. “Yozi bilan Zebo” dostonidan parcha kuylashgan.
S. “Xolbeka” dostonidan parcha kuylashgan.
D. “Orzigul” dostonidan parcha kuylashgan.

28. “Maydagul”qo’shig’i qaysi mehnat jarayonida kuylangan?


A. Don yanchish qo’shig’i.
B. Kashta qo’shig’i.
S. Qo’l tegirmonida bug’doyni un qilish.
D. O’rmak qo’shig’i

29. Yorg’ichoq qo’shiqlari qachon aytilgan?


A. Don yanchish paytida
B. Kashta qo’shig’i
S. Qo’l tegirmonida bug’doyni un qilish
D. Do’ppi tikish paytida davra bo’lib aytilgan.

30. “Turey-turey”qo’shiqlari qachon aytilgan?


A. Don yanchish paytida
B. Kashta tikish tugallanayotganda
S. Echki sog’ishda
D. To’g’ri javob ko’rsatilmagan.

31. O’rmak qo’shiqlari qachon aytilgan?


A. Don yanchish paytida
B. Sholcha to’qish paytida
S. Bug’doy o’rimi paytida
D. To’g’ri javob ko’rsatilmagan.

32. “Go’zallik, ezgulik vf oqilonalikning to’la mujassamlashuvidan tarkib topgan” janrni aniqlang.


A. Maishiy ertaklar
B. Falsafiy maqollar
S. Romanik dostonlar
D. Lirik qo’shiqlar

33. “Olma guli” obrazi qo’shiqlarda qanday ramziy ma’noni ifodalaydi?


A. Yolg’on, o’tkinchi sevgi
B. Sevgi, yor tanlash
S. Sevgiga vafodorlik
D. B va S

34. Alisher Navoiy asarlaridagi “cho’pchak” qanday ma’noni ifodalaydi?


A. Matal, maqol, hikmatli so’z
B. Afsona, ertak va masal
S. Ertak, qo’shiq va rivoyat
D. Naql, maqol.

35. Turkiy xalqlar folklorida uchraydigan totem obrazni toping.


A. Burgut
B. Sichqon
S. Qo’y
D. Echki

36. Qaysi ertakda echki o’z aqli bilan o’limdan qutulib qoladi?


A. “Och bo’ri”
B. “Ayyor tulki”
S. “Boyqush”
D. “Qo’ng’iz bikech”

37. Ayyor tulki jazolanadigan ertakni toping.


A. “Boyqush”
B. “Tulki bilan qo’zi”
S. “Hiylagar bedana”
D. “Bo’ri bilan tulki”

38. Sehrli ertaklarda “Oynani olib orqasiga tashlabdi” deyilganidan so’ng nima paydo bo’ladi?


A. Ko’l
B. Daryo
S. Buloq
D. Dengiz

39. Ertaklarda “qattiqdan qattiq nima qattiq?” degan savolning javobini toping.


A. Qattiqdan qattiq – otning tuyog’i qattiq.
B. Qattiqdan qattiq - hayot tashvishi qattiq.
S. Qattiqdan qattiq – kundoshli yostiq qattiq.
D. B va S

40. Latifalarning janr sifatida shakllangan davri qaysi asrga to’g’ri keladi?


A. VII-VIII asrlar
B. IX-XI asrlar
S. XII-XIV asrlar
D. XIV-XV asrlar

41. Latifalarning o’ziga xos belgilari ifodalangan qatorni toping.


A. Satira
B. Yumor
S. A va B.
D. Latifalardagi so’z o’yini

42. Latifa va loflarning nasriy turdagi janrlar sistemasidan ajratib turadigan xususiyatini aniqlang.


A. Latifalarning kulgi uyg’otishi
B. Latifalarda so’z o’yini
S. Syujeti ixcham bo’lishi
D. Latifada tanqidiy fikr bo’lishi

43. Latifalar mazmuni va tanqidiy yo’nalishiga ko’ra necha xil bo’ladi?


A. Amaldorlarni tanqid Qiluvchi, poraxo’rlarni tanqid Qiluvchi
B. Satirik va yumoristik
S. Lirik va epik
D. So’z o’yiniga va kulgi xosil Qiluvchi

44. Bazzoz: “Yaktakning pulini bermaysizmi?” –degan savoliga Afandi Qanday javob berdi?


A. “Shimni Qaytarib berdim-ku, nega pul to’layman”
B. “Siz xam shartimni bajarib olasiz”.
S. Dadangiz olgan Qarzga o’tib ketdi.
D. “Yanagi jumada olasiz”

45. Lof syujeti nimaga asoslanadi?


A. Mubolag’aga
B. Dialogga
S. Ig’roqqa
D. To’g’ri javob berilmagan.

46. Loflar tuzilishi va yumorga asoslanishiga ko’ra qaysi janrga yaqin turadi?


A. Hech qaysi janrga
B. Latifaga
S. Askiyaga
D. Ertakka

47. Askiya hozirjavoblik musobaqasi sifatida qanday mezonga asoslanadi?


A. Askiya mavzusini bilishga
B. Vaqtida fikran hujum qilishga yoki chekinishga
S. Askiya mavzusidan chetga chiqmaslikka
D. So’zga chechanlikka

48. Payrov nima?


A. Askiyachining yengilishi
B. Askiyachiningg’alabasi
C. A va B
D. Askiyaning mavzusi

49. Xalq og’zaki ijodidagi askiya qaysi olim yoki olimlar tomonidan o’rganiladi?


A. Rasul Muhammadiev
B. Hoshimjon Razzoqov
S. A va B
D. Hodi Zarif

50. Allalar kompozision jihatdan qanday allalardan iborat?


A. Yakka syujetli
B. Voqeaband
S. Parokanda
D. B va S

51. Doston so’zining ma’nolaridan biri keltirilgan qatorni toping.


A. Sarguzasht
B. So’z
S. Aytishuv
D. To’g’ri javob yo’q.

52. Doston bo’lishi uchun qanday tarkibiy qismlar bo’lishi zarur?


A. Baxshi so’z san’atinini puxta egallagan va yoqimli ovoz bilan soz chertib kuylashi kerak.
B. Adabiy matn, musiqa, hofizlik va soz chertish
S. Adabiy matn, voqeani mahorat bilan bayon qilish
D. A va S

53. Baxshi so’zining ma’nolari berilgan qatorni toping.


A. So’zdan mahorat bilan foydalana oladigan shaxs
B. Odamlarni shifolovchi, ularga dalda beruvchi shaxs
S. Ustoz, ma’rifatchi
D. Xonanda, sozanda

54. Baxshi qaysi tildan olingan so’z?


A. Qadimgi oltoy, yoqut
B. Xitoy, uyg’ur tildan olingan
S. Qadimgi turkiy tildan olingan
D. Mug’ulcha va buryatcha

55. Qashqadaryoning ayrim joylarida “Baxshi” so’zi o’rniga qo’llanadigan so’zni toping.


A. Qayvoniy
B. Yuzboshi
S. Oxun
D. Oqin

56. O’zbek dostonlarini aytuvchi ayollar qanday nom bilan ataladi?


A. Otin
B. Hoji ona
S. Xalfa
D. To’g’ri javob yo’q

57. Folklorshunoslik tarixida ertak tarzda yozib berilgan dostonning nomini aniqlang.


A. Qorako’z oyim
B. Oyparcha
S. Dastagul
D. Oysuluv

58. Xorazmda doston aytishdan oldin nimalar kuylangan?


A. Mumtoz she’rlarga bastalangan qo’shiqlar
B. Termalar
S. “Nima aytay”
D. Dostonlardan bo’laklar

59. Samarqand dostonchiligida {Qashqadaryo, Surxondaryo} doston aytishdan oldin nimalar kuylangan?


A. Xalq qo’shiqlaridan namunalar
B. Termalar
S. Maxtumquli she’rlariga bastalangan ashula
D. Do’mbirada kuy chalingan xolos

60. Baxshi doston aytishda avjga chiqqan payti qanday ataladi?


A. Jumbushga kirdi
B. Terlama
S. Qaynaydi
D. Avjga chiqqan payti alohida nomlanmagan

61. Xorazm baxshilari doston kuylash tugaganidan so’ng qanday kuy chalib turgan?


A. “To’yingda qaytsin”
B. “Aliqambar”
S. “Xayr endi”
D. “Sog’ o’linglar”

62. Qashqadaryo, Surxondaryo baxshilari dam olish paytini qanday ataganlar?


A. “Hordiq oldi”
B. “Ta’til”
S. “Do’mbira to’ntarmon”
D. Dam olish payti alohida nom bilan atalmagan

63. Dostonchilik maktablari qayd etilgan qatorni toping.


A. Qarshi, Shaxrisabz, Koson, Bulung’ur
B. Bulung’ur,qo’rg’on, Kitob,qarshi
S. Qamay, qo’rg’on, Bulung’ur, Sherobod
D. Baxmal, qamashi, Sherobod, qamay

64. Dostonlar tasnifini qaysi olimlar amalga oshirganlar?


A. M. Saidov, B. I. Sarimsoqov
B. M. Saidov, M. Afzalov
S. O. Sobirov, B. I. Sarimsoqov
D. J. Qobulniyozov, M. Afzalov

65. Qanday dostonlar romanik dostonlar deyiladi?


A. Sarguzasht ifodalangan dostonlar
B. Kurash va sarguzasht ifodalangan dostonlar
S. Ko’tarinki ruhdagi qahramonliklar ifodalangan dostonlar
D. To’g’ri javob qayd etilmagan

66. Qaysi doston jangnoma dostonlar turkumiga mansub?


A. “Baxrom va Gulandom”
B. “Erali va Sherali”
S. “Alibek bilan Bolibek”
D. “Varqa bilan Gulshoh”

67. Kitobiy dostonni aniqlang.


A. “Yusuf bilan Ahmad”
B. “Varqa bilan Gulshoh”
S. “Yakka Ahmad”
D. “Shirin bilan Shakkar”

68. Qahramonlik-romanik dostonni aniqlang.


A. “Ernazar”
B. “Varqa bilan Gulshoh”
S. “Vomiq bilan Uzro”
D. “Alibek bilan Bolibek”

69. Go’ro’g’li otasining kasbi nima edi?


A. Polvon
B. Lashkarboshi
S. Sinchi
D. Vazir

70. “Malika ayyor” dostonining bosh qahramonini toping.


A. Nurali
B. Hasanxon
S. Maqotil
D. Avazxon

71. “Alpomish” dostonining mukammal varianti qaysi baxshidan yozib olingan?


A. Ergash Jumanbulbul o’g’li
B. Fozil Yo’ldosh o’g’li
S. Po’lkan shoir
D. Islom shoir Nazar o’g’li

72. “Alpomish” dostonining mukammal variantini kim yozib olgan?


A. Hodi Zarif
B. Muzayyana Alaviya
S. Olim Usmon
D. Mahmud Zaripov

73. “Alpomish” dostonining mukammal varianti qachon yozib olingan?


A. 1928
B. 1930
S. 1924
D. 1926

74. “Alpomish” dostonining to’liq matni qachon nashr qilingan?


A. 1990
B. 1994
S. 1996
D. 1998

75. O’zbek folklorshunosligining asoschisi belgilangan qatorni toping.


A. Muhammadnodir Saidov
B. G’ozi Olim Yunusov
S. Hodi Zaripov

76. “Alpomish” dostonida Boysarining qalmoq yurtiga ko’chishiga kim qarshi chiqdi?


A. Xotini
B. Beklari
S. Barchin
D. Hech kim

77. “Alpomish” dostonida Boysari qalmoq yurtiga qilgan safarini Boysinning qayeridan boshladi?


A. Bobir ko’lidan
B. Ko’kqamish ko’lidan
S. Olatog’dan
D. Chilbir cho’lidan

78. “Alpomish” dostonida birinchi xat qachon yozilgan?


A. Barchin Alpomishga
B. Qorajon Toychixonga
S. Jallodlar Toychixonga
D. To’g’ri javobqayd etilmagan

79. “Alpomish” dostonida Surxayil o’g’illaridan birining ismini toping.


A. Ortiq
B. Korson
S. Ko’kasan
D. Qo’shquloq

80. “Alpomish” dostonida Barchinning ikkinchi shartini bajarishda Ko’kaldoshning o’qi qancha masofaga uchib ketdi?


A. 300qadam
B. 500qadam
S. Uzoqqa uchdi, ammo mo’ljalga tegmadi
D. Ko’kaldoshning o’qi umuman uchmagan

81. “Alpomish” dostonida “Sulton suyagini xo’rlamas” maqolini kim aytgan?


A. Ultontoz
B. Qultoy
S. Barchin
D. Boybo’ri
82. Ultontoz Qorajonni surgun qilish qanday bohona topdi?
A. Tuyalarni boqishga odam yo’qligini
B. Beso’naqay odam elda yursa, odamlarni bosadi
S. Qorajonni sinchiligini
D. Hech qanday bahonasiz hukm qiladi

83. “Alpomish” dostonida Alpomish tuzatgan g’oz Shakaman tog’iga necha kunda yetdi?


A. 14 kunda
B. Bir haftada
S. 10 kunda
D. 12 kunda

84. “Alpomish” dostonida o’g’rilikka borgan Kayqubod tomdan sakrab qayerga tushdi?


A. Birovning hovlisiga
B. Ko’lmakka
S. Quduqqa
D. Buloqqa

85. “Alpomish” dostonida zindonga yotgan Alpomishning ustiga tashlash uchun toshni qayerdan olishadi?


A. Boboyob tog’idan
B. Murod tog’idan
S. Alpomish ustiga tosh tashlamaydilar
D. Zil tog’idan

86. “Alpomish” dostonida Yodgorni kim urdi?


A. Bodom bekach
B. Farmonqul
S. Qultoy
D. Ultontoz

87. “Alpomish” dostonida kelinchak Alpomishni Qultoy deb bilib undan nimani so’ramoqchi bo’ladi?


A. Podaga boqilayotgan echkilarini
B. Yoshligida bergan ro’molchasini
S. Qo’shnisini
D. Bunday lavha dostonda yo’q

88. “Alpomish” dostonida Qultoy {Alpomish} Yodgorga hujum qilmoqchi bo’lgan ikki otliqqa o’z kuchini qanday qilib ko’rsatadi?


A. Qilichini sug’urib do’q qildi
B. Otlarini hurkitadi
S. Ularni ko’tarib yerga urdi
D. Bilagini ushladi
89. Devonbeklar to’y paytida nima qilish uchun Ultontozdan ruxsat so’raydilar?
A. To’yni boshlash uchun
B. Qultoy {Alpomish} bilan Barchinning aytishuvi uchun
S. To’y oldidagi ot poygasini boshlash uchun
D. Bunday lavha dostonda yo’q

90. “Alpomish” dostoni oxirida qorajonningqo’lida qanday xat bor edi?


A. Alpomishdan kelgan xat
B. Toychixonning xati
S. Ultontozning buyrug’i
D. Qalmoq yurtidan karvon olib kelgan xat

91. “Kuntug’mish” dostonida Avliyo ota Kuntug’mishni safarga otlantirib qaysi maqolni esga oladi?


A. O’zga yurtda shoh bo’lguncha, o’z yurtingda gado bo’l.
B. Yo zar yarar, yo zo’r yarar.
S. Husn to’yda, muhabbat kunda
D. To’g’ri bo’l bexavotir yurasan

92. “Kuntug’mish” dostonida Kuntug’mish Xolbeka oldiga qaysi kasb egasi bo’lib keldi?


A. Tush ta’birini biluvchi
B. Sinchi
S. Folbin
D. Bazzozbachcha

93. “Kuntug’mish” dostonida kim Kuntug’mishni o’ldirishga qarshi bo’ldi?


A. Davlatqul
B. Qalandar
S. Qosim
D. Alibek

94. “Kuntug’mish” dostonida Mohiboy bilan Gurkiboy – ikki bachcha uch hafta yo’l yurib qayerga keldi?


A. Zangarning shahriga
B. No’g’ay yurtiga
S. Shirvon eliga
D. Shirmon tepaga

95. “Kuntug’mish” dostonida Gurkiboy bobosi Avliyoyi Qoraxon, otasi Kuntug’mish ekanini qanday bildi?


A. Momo kampirdan
B. Qosim karvondan
S. Cho’pondan
D. Xolmo’mindan

96. “Kuntug’mish” dostonida Mohiboy otasi Kuntug’mish ekanini qanday bildi?


A. Momo kampirdan
B. Gurkiboydan
S. Cho’pondan
D. Qosim karvondan
97. “Kuntug’mish” dostonida qo’rboshi Mohiboy va Gurkiboydan shahardan chiqishlari uchun nima so’raydi?
A. Pul
B. Shahardan chiqish haqi
S. Inoyatnoma
D. Bunday lavha dostonda yo’q

98. “Kuntug’mish” dostonida Azbarxo’jani kim o’ldirdi?


A. Buvraxon podsho
B. Mohiboy va Gurkiboy
S. Qosim karvon
D. Davlatqul

99. “Kuntug’mish” dostonining mukammal varianti qaysi baxshidan yozib olingan?


A. Fozil Yo’ldosh o’g’li
B. Po’lkan shoir
S. Islom shoir
D. Ergash Jumanbulbul o’g’li

100. “Kuntug’mish” dostonining mukammal variantini kim yozib olgan?


A. Muhammadiso Ernazar o’g’li
B. Rahmatilla Panoh mirza o’g’li
S. Mahmud Zaripov
D. Otajon Hoshim



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə