Профессии


BOLA O’YINCHOQLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI



Yüklə 13,78 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü13,78 Kb.
#135997
1   2   3   4   5
ISMOILOVA MUMTOZBEGIM

BOLA O’YINCHOQLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI

  • Bolalar o‘yin faoliyatlarining yana bir ajoyib hususiyati shundan iboratki, o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollari ko‘pincha umumiylik harakteriga ega bo‘ladi. Bunda bola o‘zining turli-tuman o‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolgiz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi.
  • Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar o‘zlarining o‘yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabi). O‘rta, katta guruh yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik harakteriga ega bo‘la boshlaydi.
  • Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, yahni yuksak insoniy hislatlarni tarbiyalash mumkin. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zlari yolgiz o‘ynaydilar. Predmetli va konstruktorlik o‘yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o‘zlarining idrok, xotira, tasavvur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli, rolli o‘yinlarda bolalar asosan o‘zlari har kuni ko‘rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti–harakatlarini aks ettiradilar.

MAVZU DOIRASIDA MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI YUZASIDAN AMALIYOTGA JORIY ETISH UCHUN TAVSIYA VATAKLIFLAR

  • O'yinchoq shunday loyihalanishi va tayyorlanishi kerakki, mo'ljallangan vazifasi bajarilishida bolalarning va ularga qarab turuvchi shaxslarning sog'lig'iga hamda hayoti uchun xavf tug'dirmasligini ta'minlanishi kerak:
  • - o'yinchoqning kontruktsiyasi tufayli;
  • - qo'llanilgan materiali tufayli;
  • konstruktsiyasi o'zgarganda uning bajaradigan vazifasi va asosiy
  • tavsiflari, materialini almashtirish bilan ro'y berishi mumkin bo'lgan o'yinchoqlardan foydalanishda;
  • o'yinchoqlardan foydalanishda yuzaga keladigan xavf bolalarning yoshi bilan ajralib turishi kerak.
  • O'yinchoqlarni tayyorlashda foydalaniladigan xom ashyo toza, noinfiktsion va amaldagi texnik reglamentning 5 – moddasi 1.2 – paragrifida
  • keltirilgan va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga mos bo'lishi kerak.
  • Yoshi 3 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan o'yinchoqlarni tayyorlashda tabiiy mo'ynadan, tabiiy charmdan, oynadan, chinnidan, bo'yalgan kauchukdan, karton va qog'ozdan, namlik muhitda o'lchamlari 5% dan ko'proqqa oshadigan predmetdan hamda ovoz chiqaruvchi o'yinchoqlar ichini to'ldirishda o'lchami 3 mm va undan kichik bo'lgan granulalardan foydalanish mumkin emas.

Yüklə 13,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə