Psixologiya kafedrasi



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə18/206
tarix26.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#131851
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   206
3-kurs Matem Majmua

Kosmik psixologiya - vaznsizlik va bo’shliqda aniq mo’ljal ola bilmaslik haroitida, organizmda juda ko’p ortiqcha taassurotlar yuklangan paytda ro’y beradigan nerv-psixologik zo’riqish bilan bog’liq bo’lgan alohida holatlar tug’ilganda kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi.
Ekstremal psixologiya - insonning o’zgargan muhit hart-haroitlarida psixik faoliyatining kechishi qonuniyatlarini o’rganadigan psixologiya sohasi. Ekstremal haroitda insonga bir qancha faktorlar ta'sir qiladi: monotoniya, makon o’zgarishi, xavf omili, vaqt, shaxsiy ahamiyatga molik axborotning o’zgarishi, yolg’izlik, guruhiy izolyatsiya va hayotiy xavf. Ekstremal haroitga inson moslaHishining biologik vazifasi ekstremal haroitda ishlovchilarni tanlab olish (kosmos, arktika, yong’in va hokazo), mashqlantirish, trening o’tkazishdan iborat.
Pedagogik psixologiya - tarbiya va ta'lim muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishi, bilish faoliyatining va shaxsda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini o’rganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi- o’qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta'sirini, hart-haroit va boshqa psixologik faktorlardan kelib chiqqan holda kuchaytirishdir. Pedagogik psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy taraqqiyotning ta'siri natijasida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari pedagogik psixologiya rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar. Bundan tashqari, pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishda o’sha davrda yuzaga kelgan psixologik yo’nalishlar ham o’zining ijobiy ta'sirini o’tqazgan. Bixevioristik psixologiya yo’nalishi pedagogik psixologiya uchun asos qilib tarbiyachi va o’qituvchiga vosita qilib tashqi muhit ta'sirini oladi. Tashqi muqhit qanchalik ijobiy ta'sir qiluvchi omil bo’lsa, ya'ni qulay hart-haroit vujudga kelsa, demak shaxsning tarbiyalanishi shunchalik ijobiy kechadi.
Hozirgi zamon pedagogik psixologiya rivojlanishi natijasida insonning individual psixologik farqlari, ijtimoiy-tarixiy tajribalar ta'siri hamda boshqa odamlar o’rtasidagi muloqot, muomala ta'siri borligini, shuningdek, yana bir qancha faktorlarni hisobga olgan holda shaxsni rivojlantiruvchi ta'lim orqali o’qitish va tarbiyalash yotadi. Pedagogik psixologiyani hartli ravishda bir necha turga ajratish mumkin: a) ta'lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; v) o’qituvchi psixologiyasi; g) oliy maktab psixologiyasi kabilar.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə