Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Bolalar rivojlanishidagi ikkita omil konvergensiyasi nazariyasi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/240
tarix21.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130510
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Bolalar rivojlanishidagi ikkita omil konvergensiyasi nazariyasi.
Konvergensiya nazariyasi, yoki uni yana 
ikki omil 
nazariyasi deb 
nomlaydilar, biologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro munosa- 
batini ko‘rib chiquvchi differensial psixologik sohasi mutaxassisi, 
nemis psixologi V.Shtern (1975—1938) tomonidan ishlab chiqil- 
gan. Bu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, bolaning psi­
xik rivojlanishi nasi va muhit ta’siri ostida shakllanadigan jara­
yon sifatida kolib chiqiladi. Konvergensiya nazariyasining asosiy 
masalasi axloqning egallangan shakllari qanday yuzaga keladi va 
ularga nasliylik hamda atrof-muhitning qanday ta’sir kolsatishi- 
ni o‘rganishdan iborat.
Psixologiyada shu vaqtda ikkita nazariy konsepsiya mavjud 
bolgan: empirizm («inson» — toza doska») va nativizm (tug‘ma 
g‘oyalar mavjud). Shtern agar bu ikki qarama-qarshi nuqtayi na- 
zarning mavjud bolishi uchun asos bor bolsa, unda haqiqat ular-
84


ning birlashuvidan iboratligini taxmin qildi. U psixik rivojlanish 
tashqi sharoitlar bilan ichki ma’lumotlarning birlashuvidir, bi- 
roq yetakchi ahamiyat baribir tug‘ma omil ortida qoladi, deb hi- 
soblaydi. Bunga misol sifatida quyidagi fakt xizmat qilishi mum­
kin: atrof olam bolaga o‘yin uchun material yetkazib beradi, 
uning qanday va qayerda o‘ynashi esa o‘yin instinktining tug‘ma 
komponentlariga bog‘liq bo‘ladi.
V.Shtern rekapitulyatsiya konsepsiyasi tarafdori bo'lgan va bo­
la go'daklikning birinchi oylarida sut emizuvchilar bosqichida 
bolishini: bu reflektorli va impulsiv axloq bilan tasdiqlanishi; 
hayotining ikkinchi yarim yilligida u predmetlarni tutib olish va 
taqlid sharofati bilan oliy sut emizuvchi (maymun)lar bosqichi- 
ga erishishi; kelgusida to‘g‘ri yurish va nutqni egallagach, in- 
soniy holatning dastlabki pog‘onasiga chiqishi; o‘yin va ertak- 
larning birinchi besh yilida u ibtidoiy aholi pog‘onasida turishi; 
yangi bosqich — maktabga borish — hiyla 
yuqori
darajadagi ijti­
moiy majburiyatlarni egallashi bilan bog‘liq ekanini aytadi. Dast­
labki maktab yillari antik va qadimgi dunyoning eng oddiy maz- 
muni bilan, o‘rta sinflar — xristian madaniyati, yetuklik yillari 
esa — yangi vaqt madaniyati bilan bog‘liq.
Rivojlanish konvergensiyasining nazariyasi «olma olmadan 
yiroqqa tushmaydi» va «kim bilan bo‘lsang, o‘shandan orttirib 
olasan» degan mulohazalarni tasdiqlaydi. Ingliz 

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə