Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


nish imkoniyatlariga qarashlarning pessimistligi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/240
tarix21.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130510
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

nish imkoniyatlariga qarashlarning pessimistligi.
98


• 
4. Latent bosqich
— jinsiy sokinlik 6—7 yoshdan 12 yoshga­
cha o‘smirIik yoshi boshlangungacha davom etadi. Asosiy energiya 
kuchi o‘qish, sport, bilishga intilish asosan o'zining jinsidagi teng- 
doshlari bilan do'stlashishga yo‘naltiriladi. Freydning shaxs jinsiy 
shakllanishidagi bu uzilishining ahamiyatini oliy insoniy madani- 
yatni rivojlanishi uchun sharoit sifatida alohida ta’kidlaydi.
• 
5. Genetal bosqich
(12—18 yosh) - pubertat davrda biologik 
yetilish bilan asoslangan va psixojinsiy rivojlanishni yakunlovchi 
bosqich. Jinsiy va agressiv tuyg‘ularning ko'payishi sodir b o la­
di hamda Edip kompleksi qaytadan yuzaga keladi. Autoerotizm 
yo‘qoladi, uning olniga boshqa jinsiy obyektlarga qiziqish paydo 
boladi. Normada o‘smirlikda jamiyatda o‘z o ln in i topish, tur- 
mush o‘rtog‘ini izlash, oilasini yaratish harakatlari boladi.
• Bu bosqichning muhim vazifalaridan biri ota-ona qara- 
mogldan qutulishdir.
5.2. Bolalik psixoanalizi
Klassik psixoanaliz nuqtayi nazaridan bolalar bilan ish olib bo­
rish qiyinchilik tug‘dirgani uchun Freydning izdoshllari A.Freyd 
va M.Klyayn o‘zlarining bolalar psixoterapiyasi variantlarini ishlab 
chiqdilar. A.Freyd (1895—1982) «Bolalar psixoanaliziga kirish (1927), 
«Bolalikdagi norma va patologiya» (1966) bolalar psixoanalizi asos- 
larini bayon etdi. Psixolog bola xulq-atvoridagi qiyinchilik sababla- 
rini tushunish uchun nafaqat bola psixikasining ongsiz qatlamlariga 
kirishi, balki shaxsning barcha uch tarkibiy qismlari (Men, U, Oliy 
Men) haqida har tomonlama ma’lumotlarga ega bolishi, ularning 
tashqi dunyo bilan munosabatlari, psixologik himoya mexanizmlari 
va ularning shaxs rivojlanishidagi roli haqida bilishi zarur.
A.Freydning ta’kidlashicha, bolalar psixoanalizida birinchi- 
dan, kattalar bilan umumiy analitik metodlardan foydalanish 
mumkin emas: gipnoz, erkin assotsiatsiyalar, tushlar talqini, qa- 
rama-qarshiliklar tahlili va ko‘chirish. Ikkinchidan, u bolalar­
ning tahlil qilish texnikasi o‘ziga xosligini kolsatib oldi. A.Freyd 
Menni tadqiq etuvchi yangi texnik metodlarni taklif etdi. Ular-
99


dan biri transformatsiyalar analizidir. Uning fikricha, kutilgan 
va namoyon qilingan emotsional reaksiyalarning mos kelmasli- 
gi bolada himoya mezanizmlari ishga tushganligidan dalolat be­
radi. Shunday qilib, bolaning Meniga kirish imkoniyati tug‘iladi.
Ingliz psixoanalitiki M.Klyayn (1882—1960) bolalar psixoanali- 
zini tashkil etishda o‘z variantini ishlab chiqdi1. Bunda u bolaning 
to‘satdan o‘yin faoliyatidagi faolligiga e’tibor qaratdi. A.Freyddan 
farqli ravishda M.Klyayn bolalarning ong ostiga to‘g‘ridan to‘g‘ri 
kirish mumkinligi haqidagi fikrni ilgari surdi. Uning fikricha, hara­
kat nutqqa nisbatan bolaga ko‘proq xos, erkin o‘yin kattalardagi as- 
sotsiatsiyaga o‘xshaydi; o‘yin bosqichlari — bu kattalardagi assotsia- 
tiv mahsulotning analogidir. Terapevt bolaga kichik o‘yinchoqlar 
to‘plamini, «butun dunyo kichiklashtirilgan» to‘plamni taklif eta­
di va bir soat davomida bolaga erkin harakat qilish imkonini beradi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə