Qadimgi misr san’ati


Qadimgi misrliklar e’tiqodi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix09.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#116374
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Qadimgi misr san’ati

Qadimgi misrliklar e’tiqodi. 
Nil. Ulug`vor daryo Afrika shimoli sharqida sivilizatsiya vujudga 
kelishi uchun maydon hozirlagan. Nil daryosi borib-borib O`rtayer dengiziga borib 
quyiladi. Nil daryosi qayirlarini yunonlar delta deb atashgan, chunki dengizga 
quyiluvhci shoxobchalarning to`la-to`kis manzarasi uchburchaksimon yoki teskari 
yozilgan ― ‖ harfiga o`xshash yunoncha ―delta‖ harfiga monand bo`lgan. Nil 
vodiysi –har ikkala qirg`oq bo`ylab birdan to yigirma kilometrgacha kenglikdagi 


12 
sug`oriladigan yerlardir. Daryoning har ikkala tomonidan qora tuproqli dala 
yastanib yotibdi. Vodiyliklar yurtga – Misr
Ya‘ni qora tuproq deb nom berishgan.Bu hududda yashovchilar asta-serkin 
ziroatchilik bilan shug`ullangalar. Mill. avv. IV mingyillik boshlarida odamlar Nil 
daryosi qirg`og`laridagi yerlarni o`zlashtirishga bel bog`laganlar. Dastlabki 
qabilalar nil vohasiga milodddan avvalgi IV mingyilllikda ko`chib o`rnashganlar. 
Misrlik dehqonlar bug`doy va ar[pa ekishar, yetishtirilgan kanobdan esa gazlama 
to`qishardi. Nil vodiysida uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz,loviya kabi meva va 
sabzavot yetishtirilardi. Mehnat qurollari takomillashishi bilan omoch va hayvonlar 
kuchidan foydalanila boshlandi. Kuzda dalalarga urug` sochishar, sug`orish uchun 
kanallar va ariqlar tazalanar edi. Issiq yoz oylarida esa dam olishar, ekinni ekishga 
tayyorlashardi. Qishda esa yig`im –terimi boshlanardi. Qadimgi Misr 
hunarmandlarini 30dan ortiq kasb-kori bo`lgan. Mischilar misni eritsalar, 
temirchilar undan mehnat qurollari yasashardi. Quruvchilar saroylar, ibodatxonalar 
va uylar bunyod etishgan. Oddiy misrliklarning uyi loy suvalgan papyrus 
poyalaridan, zodagonlar uyi esa somon qo`shib qorilgan loydan yasalgan..Odamlar 
miloddan avvalgi IV mingyillik oxirida Nil vohasidagisermashaqqat turmush 
sharoitiga moslasha boshlaganlar. Tarqoq manzilgohlar ―nom‖ deb atalgan ilk 
davlatlarga birlashgan. Misrda ikkita podsho hukmdorlik qilga: Quyi Misrda, 
boshqachasi esa Yuqori (Janubiy) Misrda davlatni boshqargan. Mil. avv. 3000-
yilda ikkala davlat o`rtasida boshlangan urushda yuqori Misr hukmdori Menes 
g`alaba qozondi. Menes birlashgan mamlakatning birinchi hukmdori, ya‘ni fir‘avn 
bo`ldi.yagona va birlashgan davlat uchun yangi poytaxt bo`lmish Memfes shaxri 
barpo etildi. Olimlar Misr tarixini ilk, qadimgi, O`rta, Yangi va So`nggi podsholik 
davlatlariga bo`lganlar. 200 yildan so`ng mamlakatni yana qaytadan birlashtirila 
boshlandi.shu tariqa O`rta podsholik hukmronligi davri boshlandi Bu davlatning 
poytaxti Fiva shaxri edi. Misr, janubdan Nubiya bilan chegaradosh bo`lgan. Bu 
mamlakatga Misrliklar Nil bo`ylab oltin, smola (qatron), fil suyagi, nodir navli 
yog`ochlarni ayirboshlash uchun borishardi. Misr g`arbda, Liviya cho`lida shu 
nomdagi mamlakat joylashgandi. Sahro aholisi ko`chmanchi chorvador bo`lgan.
Arabiton sahrosida hech kim istiqomat qilmagan. Ammo u orqali 
o`tadigan yo`l Sinay yarimoroli orqali borar, bu yerdan esa mis qazib olinar, Sinay 
yarimorolidan shimolroqda Falastin, uning yonboshida Suriya joylashgan edi. 
O`rta podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olindi. Mahalliy qabilalar Misrga 
―xiroj‖ to`lar edi.O`rta podsholik fir‘avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya 
shimolini Misrga qo`shib olishga muyassar bo`ldi. Mil. avv. XVIII asr oxirida 
ko`chmanchi 
giksoslar 
qabilalari 
misrgahujum 
qildi. 
Misrning 
piyoda 
qo`shinlaridan farqli o`laroq giksoslarning asosiy kuchi yengilaravalar –otlar 
qo`shilgan jang aravalari bo`lgan. Quyi Misrni Bosib olgach giksoslar Misrliklar 
shaxarlari va qishloqlariga hujum qildi. Bu vaqtda O`rta podsholik ko`plab mayda 
nomlarga bo`linib ketgan edi. Ular giksoslarga boj to`lardilar. Ko`p o`tmasdan 
yuqori Misrning barcha nomlari Fiva nomi fir‘avni tevaragida birlashdilar. Bir 
qancha janglarda fir‘avn Yaxmos giksoslarni tor-mor etib, bosqinchilarni Misrdan 
haydab chiqargan. Itoatsiz hukmdorlarni o`ziga bo`ysindirgan Yaxmos yangi 
fir‘avnlar sulolasi asoschisiga aylandi, ana shu vaqtdan boshlab,Yangi podsholik 


13 
davri boshlandi. Yaxmos hukmronligi davrida Misr yuksak kuch –qudrat 
cho`qqisiga chiqqan edi. Fir‘avnlar o`z jangchilarini qilichlar va tabarzinlar-dastasi 
uzun jangavor oyboltalar bilan qurollantirganlar. Bir necha yurishlardan so`ng 
Misr fir‘avnlari butun Nubiyani, Misrga qo`shib oldilar, Liviya qabilalari xiroj 
to`lashga majbur bo`ldilar. Mil. avv 1500-yillar atrofida fir‘avn Tutmos II katta 
yurishlar tashkillashtirishga muyassar bo`ldi. Faqatgina fir‘avn Tutmos III 
Falastinni bosib olishga muvaffaq bo`ldi. 
Mil. avv. VII asrda Misr yana yagona davlatga birlashdi, ammo miloddan 
avvalgi VI asrda Misrga yangi bir dushman bostirib kirdi. Forslardan ulkan lashkar 
to`plagan shaxanshox Kir II ning o`g`li Kambiz mavvalgi 525-yilda Misrni bosib 
oldi. 
Misr ko`pxudoli mamlakat xisoblanadi. Qadimgi Misr podsholigining 
poytaxti Memfisda o`z xudosi – Ptax bo`lgan, Ptax esa, misrliklar e‘tiqodicha 
olamni yaratayotganda har bir narsaning nomini odamga o`rgatgan.Ptaxning yer 
yuzidagi qiyofasi Apis bo`lib, uning peshanasi va belida oq qashqasi bo`lgan qora 
ho`kiz bolgan. 
Quyosh xudosi Amon –Ra degan iloh bo`lgan. U fir‘avnning bosh ilohi va 
homiysi hisoblangan. Misrliklar, fir‘avnlarning hammasi quyosh xudosining 
o`g`illaridir ular barcha ishni samoviy otsining amri bilan qilishadi degan fikrda 
bo`lganlar. Yana bir iloh Xapi –Nil xudosi –Misrdagi hayotning birlamchi manbai 
va posboni
Set –Osirisning birodari, omadsizlik, sahro va bo`ron xudosi. 
Xatxor –musiqa, go`zallik va sevgi ilohasi. Maat –adolat va adliya ilohasi. 
Anubis –marhumlar va mumiyolar xudosi, mayyitlar posboni.Tot –Oy, 
donishmandlik va tabiblik ilohi. 
Rivoyatlarga ko`ra Osiris mirning ilk podsholaridan biri bo`lib, O`z 
xalqini dexqonchilikka o`rgatgan ekan. Birodari Set esa Osirisni o`ldiradi. Ammo 
Osirisning sibnglisi Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan ekan. O`shandan 
boshlab jon qaytib keladigan joy bo`lishi uchun barcha marhumlar mumiyolanar 
ekan. Kohinlar, xudolar va odamlar o`rtasida vositachi bo`lishgan. Misrliklar 
e‘tiqodicha, mabodo yer yuzida maxsus marosimlar ado etilmasa xudolar 
odamlarga madad bermay qo`yadilar. Kohimlar diniy marosimlarni bilar, 
qurbonlik bag`ishlar edilar. Kundalik turmushda ham kohinlarsiz biron ish qilish 
mushkul edi. Misrliklar uchun ibodatxona xudolar va ilohalarning yer yuzidagi 
kosonasi edi. Ibodatxonalarda xudolarning xaykalchalari, iloh yoki ilohaning ruhi 
ular orqali odamlarga murojaat qilar edi. Shuning uchun har kuni tongda, peshinda 
va kun botayotganda kohinlar xudolarga qurbonliklar bag`ishlashar edilar.


14 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə