Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati


Kuch sifatlari va ularni yosh voleybolchilar



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/23
tarix21.06.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#89837
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati

1.2. Kuch sifatlari va ularni yosh voleybolchilar
tayyorlashdagi o’rni
Kuch sifati, aniqroq aytganda mushak kuchi, bir necha turlardan iborat bo’lib, hilma-hil 
yo’nalishlarda namoyon bo’ladi. Masalan, dinamik va statik kuchlar, mutlaq kuch, nisbiy kuch, 
kuch chidamkorligi, tezkor kuch yoki portlovchi kuch. Ushbu sifatning barcha turlari voleybol 
o’ynida u yoki bu darajasidagi ahamiyatga egadir. O’yin vaziyati va texnik malakaning usuliga 
qarab, shu sifatning barcha turlari muayyan ulushda “xizmat” qiladi.
“Mushaklarning qisqarish kuchi”, “zarba berish kuchi”, “tortilish kuchi”, “itarish kuchi”, 
muayyan qarshilikni yoki og’irlikni bir holatda “saqlab turish kuchi” va hokazo tushunchalar 
o’ziga hos yo’nalishdagi mushak faoliyatiga qaratilgandir. Kuch sifatiga oid bo’lgan ana 


29 
kuchlanish jarayonlari ham ko’p yillik sport tayyorgarligini har bir bosqichida o’z o’rnini topgan 
bo’lishi lozim.
Ma’lumki, voleybol bo’yicha malakali sportchilarni tayyorlash ko’p yillik sport 
trenirovkasidan iborat bo’lib, asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: 
- dastlabki o’rgatish bosqichi - 2 yil. 
Bu bosqichda dastlabki tayyorgarlik guruhlari shug’ullanadi: 10-12 va 11-13 yosh; 
-
o’quv trenirovka bosqichi - 4 yil: 12-14; 13-15; 14-16; 15-17 yosh; 
-
sport takomillashuvi bosqichi – 3 yil: 16-18; 17-19; 18-20 yosh. 
Zamonaviy voleybol sportchilardan o’ta shakllangan kuch sifatlarini (portlovchi kuch, 
kuch chidamkorligi) talab qilinadi va shuning uchun yosh bolalar, o’smirlar bilan dastlabki 
bosqichni tashkil qilish nihoyatda ahamiyatli va mas’uliyatli bo’lib hisoblanadi. Chunki zo’rma-
zo’raki, me’yorlanmagan og’irliklar bilan surunkali mashg’ulotlar o’tkazish yosh bolalarni 
nafaqat qaddi-qomati, umurtqa pog’onasi, oyoq va qo’l bo’gimlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi 
mumkin, balki uning organizmini ichki a’zolarida (jigar, taloq, mushaklar, to’qimalar, buyrak va 
h.) ham zararli asoratlar qoldirishi ehtimoldan holi emas. Shuning uchun kuch va uning 
mohiyati, turlari hamda xususiyatlarini bilmasdan turib, mazkur sifatni yosh voleybolchilardi 
shakllantirish mumkin emas. Kuch-tashqi ta’sirlarga qarshilik ko’rsatish yoki uni yengish 
tushunchasini anglatadi. Umuman, qanday harakat bo’lishidan qat’iy nazor-shu harakat mashqlar 
kuchi bilan bog’liq bo’ladi.
Kuchning quyidagi turlarini ajartish qabul qilingan: umumiy va maxsus, mutlaq 
va nisbiy, tezkor va portlovchan, kuch chidamliligi. 
Umumiy kuch - bu voleybolchilarning maxsus harakatlariga taalluqli bo’lmagan 
holda sportchi tomonidan namoyon qilinadigan kuch. Maxsus kuch musobaqa 
harakatlariga mos bo’lgan maxsus harakatlarda sportchi tomonidan namoyon bo’ladi. 
Mutlaq kuch sportchining juda katta xususiyatiga ega harakatlarida namoyon 
bo’ladigan kuch imkoniyatlari bilan tavsiflanadi. 
Nisbiy kuch, ya’ni sportchining 1 kg vazniga to’g’ri keladigan kuch.
Tezkor portlovchi kuch-mushaklarning nisbatan tashqi q arshilikni yengib o’tish 
bilan bog’liq harakatlarni tez bajarishga bo’lgan qobiliyatida aks etadi. Portlovchan 
kuch qisqa vaqt ichida o’z shiddatiga ko’ra katta kuchlanishlarni namoyon qilish 
q o bi l i ya t i n i tavsiflaydi. 
Kuch chidamliligi - bu sportchining nisbatan uzoq vaqt davomida mushak 
kuchlanishlarini namoyon qilishga bo’lgan qobiliyatidir.
Voleybolchilarning imkoniyatlarini rivojlantirish uchun quyidagi uslublar 
qo’llaniladi: takroriy kuchlanishlar, qisqa muddatli maksimal kuchlanishlar, 


30 
tobora o’sib boradigan og’irliklar, zarbdor, birgalikda ta’sir ko’rsatish, variantililik, 
izometrik kuchlanishlar uslublari.
Takroriy kuchlanishlar uslubi shundan iboratki, sportchi mashqni “so’ngi 
nafasgacha” bajarishda maksimal og’irlikdan 70-80% ga teng bo’lgan og’irliklar bilan 
mashqlarni takroran bajaradi. Ushbu uslub kuch mashqini seriyalab bajarishni nazarda tutadi. 
Har bir seriya - “so’ngi nafasgacha”, hammasi bo’lib 3-4 seriya, seriyalar o’rtasidagi dam olish 
oralig’i 3-4 min.
Takroriy kuchlanishlar uslubining bir turi dinamik kuchlanish uslubi hisoblanadi. U 
mashqlarni maksimumdan 20-30% og’irlikda chegaradagi tezlikda bajarish bilan tavsiflanadi. 
Bunda katta mushak zo’riqishi og’irlik vazni hisobiga emas, balki yuqori tezlikdagi harakat 
hisobiga erishiladi. 
Qisqa muddatli maksimal kuchlanish uslubi hozirgi paytda mushaklarning mutlaq 
kuchini oshirish uchun eng samarali hisoblanadi. U chegaradagi va chegaraga yaqin 
bo’lgan og’irliklar bilan ishlashni nazarda tutadi. Mushaqlar trenirovkasida maksimal 
kuchlanishlar uslubi trenajyorlarda va bitta yondashishda bitta -ikkita harakatlar yordamida, 
katta og’irlikdagi shtanga bilan bajariladigan mashqlarda (jim, siltab ko’tarish, dast ko’tarish, 
o’tirib-turish) namoyon bo’ladi. Trenirovkada hammasi bo’lib 3-4 ta yondashish bajariladi. 
Yondashishlar o’rtasidagi dam olish oralig’i 3-5 min. 
Tobora o’sib boradigan kuchlanishlar uslubi bir mashg’ulotdan ikkinchisiga 
kuchlanishlar hajmining asta-sekin o’sib borishini nazarda tutadi. 
Trenirovka mashg’ulotida birinchi yondashishda sportchi 10 marta ko’tara 
oladigan (10 MT) og’irlikdan 50% ga teng o g ’ i r l i k b i l a n b o s h l a s h t a v s i ya e t i l a d i .
I k k i n c h i yo n d a s h i s h d a m a s h q 1 0 M T d a n 7 5 % o g ’ i r l i k b i l a n bajariladi, 
uchinchi yondashishda esa - 10 MT dan 75% og’irlik bilan bajariladi. Trenirovka 
davomida hammasi bo’lib 3 ta yondashish amalga oshiriladi. Yondashishlar 
o’rtasidagi dam olish oralig’i 2 -4 min. har bir yondashishda mashq chegaradagi 
tezlik bilan aniq toliqib qolgunga qadar bajariladi. 
Zarbdor uslub tushadigan og’irlikning kinematik energiyasi va shaxsiy gavda 
og’irligidan foydalanish yo’li orqali mushak guruhlarini zarbdor rag’batlantirishga 
asoslangan. Mashqlanayotgan mushaklarning kamayayotgan og’irlik energi yasini yutib 
olishi mushaklarning faol holatga keskin o’tishiga, ish kuchlanishining tez 
rivojlanishiga yordam beradi, mushakda qo’shimcha kuchlanish imkoniyatini h osil 
qiladi. Bu keyingi itaruvchi harakat shiddati va tezkorligini hamda qoloq ishdan yengi b 
o’tiladigan ishga tez o’t i shni t a’mi nl a ydi .


31 
O yoql a r po rt l ovc han kuchi ni ri voj l ant i ri s hni n g z arbdor us l ubi ni qo’l l ash 
us uli s i fati da ketidan b alandlikka yoki uzunlikka sakrash bilan bajariladigan 
chuqurlikka sakrash mashqlarini aytish mumkin. Mashq 70-30 sm balandlikdan oyoq 
tizzalarini biroz bukkan holda ye rga tushib, ketidan tez va shiddat bilan yuqoriga otilib 
chiqish orqali bajariladi. Sakrashlar seriyalab: 2-3 seriyada, har bir seriyada 8-10 tadan sakrash 
bajariladi. Seriyalar o’rtasidagi dam olish oralig’i 3-5 min. Mashq haftada ko’pi bilan ikki marta 
bajariladi. 
Birgalikda ta’sir ko’rsatish uslubi shunga bog’liqligi, kurashchining kuch 
imkoniyatlarini rivojlantirish bevosita ixtisoslashgan mashqlarni bajarish paytida sodir 
bo’ladi. Bir vaqtniig o’zida kurashchining kuch qobiliyatlari va texnik-taktik 
harakatlari rivojlantiriladi hamda takomillashtiriladi. Kurashda birgalikda ta’sir ko’rsatish 
uslubdan foydalanishga misol tariqasida shunday mashqlarni keltirish mumkinki, kurashchi 
bu mashqlarda o’z texnik harakatlarini og’irroq vazn toifasidagi raqib bilan takomillashtiradi. 
Og’irlikning optimal o’lchamini aniqlab olish juda muhimdir. Haddan tashqari katta o’lcham harakat 
malakasi tarkibining buzilishiga olib keladi, bu oqibatda harakat texnikasiga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi.
Variantlilik uslubi asosan turli vazndagi og’irliklar bilan maxsus mashqlarni 
bajarishni ko’zda tutadi. Har xil vazndagi sheriklar bilan mashqlar

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə