Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/23
tarix21.06.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#89837
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati

 
seriyalab bajariladi. 
Bitta seriyada avval og’irroq vazn toifasidagi raqib bilan 10-12 ta tashlash bajariladi, so’ngra
 
teng 
vazndagi paqib bilan 15-16 ta tashlash, shundan keyin o’z vazn toifasidagi raqib bilan 10-12 
ta tashlash bajariladi. Hammasi bo’lib 3 seriya bajariladi. Dam olish oralig’i-3-4 min. Tezkor-
kuch sifatlarini (me’yordagi, kichik) rivojlantirishda variantlilik usulubi ayniqsa 
samaralidir. 
Usullarni ana og’ir paqib bilan takomillashtirish alohida kuch imkoniyatlarini 
rivojlantirshiga, kichik vazn toifasidagi raqib bilan esa - tezkorlik imkoniyatlarini 
rivojlantirishga yordam beradi. Bu oqibatda musobaqa mashqida natijaning oshishiga 
olib keladi. 
Mushaklarning izometrik kuchlanishi uslubi turli mushak guruhlarining 4-6 
sek. davom etadigan statik maksimal kuchlanishini nazarda tutadi. Izometrik 
mashqlarning qiymati shundaki, ularning hajmi uncha katta emas, ko’p vaqt olmaydi, 
bajarilishi ancha oson. Bundan t a s h q a r i , u l a r n i n g y o r d a m i d a m a ’ l u m b i r
m u s h a k guruhlariga zarur yoki holatlarda, gavda qismlarini bukish yoki yozishning 
tegishli bo’g’im burchaklarida tanlab ta’sir ko’rsatish mumkin (Yu.V.Verxoshanskiy, 1977). 
Bu borada yosh voleybolchilar bilan mashg’ulotlar o’tkazish va mashg’ulot yuklamalarini 
rejelashtirish shug’ullanuvchi bolalarning qator jismoniy va funksional imkoniyatlarni e’tiborga 


32 
olishni taqazo etadi. Mazkur masala bo’yicha voleybolda to’plangan amaliy tajribalar e’tiborni 
tortadi. 
Masalan: 1 guruhdagi bolalar-zaif rivojlanganlar: bo’yi-130-145 sm; vazni-28-40 kg; 
ko’krakni aylana uzunligi-65-71 sm. 
2 guruh o’rtacha rivojlangan: bo’yi 145-158 sm; vazni-39-50 kg; ko’krak-72-77 sm. 
3 guruh yuqori rivojlangan: bo’yi-159-169 sm; vazni-50-60 kg; ko’krak-77-82 sm. 
Har bir guruhdagi voleybolchilar mashg’ulotlarida og’irliklar bilan mashq qilish shu 
og’irliklarning maksimal miqdoridan 70-75% ni tashkil qilish zarur ekanligi ta’kidlab o’tilgan. 
Ushbu mashqlarni bajarishda nafas olish va chiqarish ritmiga e’tibor qaratish darkorligi qayd 
etilgan. 
13 yoshli og’ir atletikachilarda tadqiqot o’tkazgan L.S.Dvorkinning xulosasiga ko’ra shu 
yoshdagi bolalar 60 m ga 8,4 s da yugurishi, uzunlikka sakrashda 205 sm natija ko’rsatishi, ikki 
oyoq bilan debsinib balandga vertikal sakrash 85 sm. ni tashkil qilish va turnikda tortilish mikdori 
7 martaga teng bo’lishi kerak ekan. 
Yana bir boshqa olimning natijalariga asosan qayd etilgan yosh og’ir atletikachilarda 60 m 
ga yugurish 6,0 s ga, uzunlikka sakrash – 2,01-275 sm ga, balandga sakrash 60-90 sm ga teng 
bo’lish lozim deb e’tirof etilgan. 
1 rasm
 


33 
Mazkur tadqiqotchi olim brus’yada qo’llarni bukish-yozish mashqi 8-16 marta, turnikda 
tortilish miqdori 6-10 martagacha yetkazilishi muhim deb hisoblaydi. 
Zikr etilayotgan 12-13 yoshlari og’ir atletikachilarda ko’p qirrali tadqiqot o’tkazgan 
L.S.Dvorkin, shu yoshdagi bolalarda kuch sifatini organizmga zararsiz rivojlantirish uchun kator 
mashqlar tavsiya qiladi. Ushbu mashqlar quyidagi rasmlarda aks ettirilgan. 
Rasmlarda ko’rinib turibdiki 1 mashq (1 rasm) shug’ullanuvchi kushetkada yotgan xolatda 
kichik shtangani (maksimal og’irlikning 50-60%) qaytag’qayta ko’taradi. Qaytarish soni 
maksimal martadan 50-55%. 


34 
2 rasmdagi mashq shtanga bilan o’tiri-turish. Shtanga bilan o’rnidan turganda, ya’ni 
oyoqlar yozilganda nafas olish, oyoqlar bukilganda, ya’ni o’tirgada, nafas chiqarish tavsiya 
etiladi. 
3 rasmda shug’ullanuvchi shtanga bilan tik turgan holdan oldinga 90° egiladi va dastlabki 
holatga qaytadi. 
Qolgan rasmlardagi mashqlar ham sekin shiddatda, nafas olish ritmiga bo’ysingan 
holatda ijro etiladi. Rasmlarda aks ettirilgan barcha mashqlar haqiqatdan ham yosh sportchi 
bolalarda kuch sifatini samarali rivojlantirishi mumkin ekan. Lekin, bizning kuzatuvlarimizga 
qaraganda har doim bunday mashqlarni qo’llash zerikarli tus olar ekan, bolalarda 
mashg’ulotlarga bo’lgan qiziqishini ancha so’ndirishi va nihoyat ularning ruhiyatiga salbiy ta’sir 
ko’rsatishi mumkin ekan. Bunday mashqlarni, bizning fikrimizcha, yanada og’irligini 
kamaytirib, nostandart mashqlarni estafeta, o’yin yoki musobaqa qiyofasida qo’shib qo’llansa 
ularning samaradorligi yanada oshadi deb fara qilsa bo’ladi. Chunki, o’yin yoki estafeta shaklida 
beriladigan va xiyolgina og’irliklar bilan bajariladigan nostandar mashqalar bolalarning 
emosional xissini uyg’otadi, ularning kayfiyatini ko’taradi va shu omillar orqali organizmida 
(mashaklarda, nerv sistemasida) ro’y beradigan o’ta charchov va zo’riqish asoratlarining paydo 
bo’lishi muddatini ancha kechroqqa surish mumkin deb o’ylaymiz. 
Yosh og’ir atletikachilarda kuch sifatini samaraliroq rivojlantirish haqidagi mazkur 
g’oyaga V.N.Savchenko (1970) va Ye.L.Kulkov (2006)larning fikrlari anchagina hamohangdir. 
Jumladan, V.N.Savchenko 13-16 yoshdagi og’ir atletikachialrda kuch sifatini rivojlantirish 
maxsus og’irlik mashqlarini predmetsiz o’yin mashqlari bilan qo’shib qo’llanganda ancha 
unumli kechadi degan xulosaga kelgan. 
Ye.L.Kulkov og’irik mashqlarini fiziologik jixatdan asoslanib berish bilan bir qatorda 
boshlovchi atletlar bilan o’tkaziladigan shiddatli va 2-3 hafta davom etadigan mashg’ulotlari 
sport o’yinlari, suzish, velosipedda uchish bilan almashib turish kuch rivojlantirish va umuman 
trenirovka samaradorligini yanada oshiradi deb ta’kidlaydi. Mazkur olimning xulosasiga binoan 
kuchni rivojlantirishda fiziologik jihatdan muhim bir holatga e’tibor qaratish zarur. Jumladan, 
shug’ullanishni endi boshlagan hamda tajribali voleybolchilar ham ko’pgina o’zining maksimal 
yuklamasidan (mashq qiladigan og’irlik miqdori) kam bo’lgan og’irliklar bilan shug’ullansa, 
ularning kuch sifati nafaqat rivojlantirishda to’xtatish mumkin, balki kuchni dastlabki 
rivojlangan darajasidan ham pasayib ketishi mumkin ekan. Binobarin, kuch sifatini, uning 
turlarini rivojlantirish jarayoni doimo kuzatuv va nazorat ostida bo’lishi darkor. 
Yuqorida qayd etilgan adabiyotlar taxlili shuni ko’rsatdiki, kuch sifatini rivojlantirishda, 
ayniqsa uni yosh voleybolchilarda tarbiyalash masalasi aksariyat maxsus hamda 
ixtisoslashtirilgan mashqlar bilan bog’lanadi. Boshqacha qilib aytganda voleybolchilarda kuchni 


35 
rivojlantirish ustivor jihatdan trenajyor yoki og’irliklarsiz mashqlar asosida ijro etiladigan 
standart yoki an’anaviy ixtisoslashgan mashqlar yordamida amalga oshirilishi yakdillik bilan 
tasdiqlanadi. Masalaga bunday yondoshuv, albatta o’ta ahamiyatli va birdan-bir bo’lgan omildir. 
Ammo, ushbu omil vag’oyani to’liq qo’llab-quvvatlagan holda, voleybol bilan dastlabki 
bosqichda shug’ullanayotgan bolalar mashg’ulotlarida kuch sifatini rivojlantirish og’irlik va 
og’irliksiz mashqlarni nostandart shaklda hamda estafeta yoki o’yin tarzida almashib qo’llash 
qanday natija berar ekan? 
G’oya to’g’ri yoki noto’gri bo’lishidan qat’iy nazar ushbu mavzuni tadqiqot yordamida 
o’rganib ko’rish dolzarb ahamiyatga ega deb o’ylaymiz.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə