Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

päčänäk
, so‘ng 
qїwčaq, oğuz, yämäk, bašğїrt, 
basmїl, qay, yabaqu, tatar, qїrqїz
keladi. Qirqizlar Chin 
yaqinidadir. Bu qabilalarning yeri Rum yonidan kun 
chiqargacha cho‘zilgan. “Devonu lug‘atit turk”ka kiritilgan 
xaritada ko‘rsatiluvicha, bu yurtlar G‘arbdan Sharqqa tomon 
cho‘zilgan. 
Muallif yana davom etadi: So‘ng 
čigil
, so‘ng 
tuxsї
, so‘ng 
yağma
, so‘ng 
їğraq
, so‘ng 
čaruq
, so‘ng 
čumul
, so‘ng 
uyğur

so‘ng 
taŋut
, so‘ng 
xїtay
. Xitoy – Chindir. So‘ngra 
tawğač
, bu 
Mochindir (MK.I.64). “Devonu lug‘atit turk” asariga kiritilgan 
xaritada bu qabilalarning yurtlari janub bilan shimol o‘rtasida 
berilgan. 


23
Turk ellarining chegaralari to‘g‘risida ham Mahmud 
Koshg‘ariyning o‘z qarashlari bor. Chunonchi, u 
Qaz
so‘ziga 
izoh berar ekan, yozadi: “
Qaz – 
Afrasiyob qizining nomi... 
Ba’zilar turk shaharlari chegarasi Marvash – Shohijondan 
boshlanishini so‘zlaydilar. Chunki Qazning otasi 
Toŋa Alp Er
– 
Afrasiyobdir. U Tahmurasdan uch yuz yil keyin Marvni bino 
qilgan. Ba’zilar butun Mavoraunnahrni turklar o‘lkalaridan deb 
hisoblaganlar. U 
Yankänd
dan boshlanadi. Uning bir oti 
Dïzrujïn
dir. U sariqligiga ko‘ra, mis shahri demakdir. Bu 
Buxoroga yaqindir. Bu yerda Afrasiyobning qizi 

Qazning eri 
Sïyavuš
o‘ldirilgan. Majusiy-otashparastlar har yili bir kun bu 
yerga kelib, 
Sïyavuš
o‘lgan joy atrofida yig‘laydilar. Mollar 
so‘yib, qurbonlik qiladilar. So‘yilgan mol qonini uning mozori 
tepasiga to‘kadilar. Ularning odatlari shunday. Butun 
Mavoraunnahr, Yankand dan Sharqqacha bo‘lgan o‘lkalarni 
turk shaharlaridan deb hisoblashning asosi shuki, 
Samarqand – 
Semizkänd, Taškänd – Šaš, Özkänd, Tünkänd
nomlarining 
hammasi turkchadir. 
Känd
turkcha shahar demakdir. Ular bu 
shaharlarni qurdilar va shunday nom qo‘ydilar. Hozirgacha 
ham shunday kelmoqda. Bu yerlarda forslar ko‘paygach, so‘ng 
ular Ajam shaharlari kabi bo‘lgan. Hozir turk o‘lkalarining 
chegarasi 
Äbisgün
dengizi bilan o‘ralgan. Rum o‘lkasidan va 
Özjänd
dan Chingacha cho‘ziladi. Uzunligi besh ming farsax
eni uch ming farsax, hammasi sakkiz ming farsaxdir” 
(MK.III.163–164). Mahmud Koshg‘ariyning “
Känd
turkcha 
shahar demakdir. Ular bu shaharlarni qurdilar va shunday nom 
qo‘ydilar. Hozirgacha ham shunday kelmoqda. Bu yerlarda 
forslar ko‘paygach, so‘ng ular Ajam shaharlari kabi bo‘lgan” 
degan ma’lumotlari Mavoraunnahrning sanab o‘tilgan o‘lkalari 
turklar tomonidan bunyod etilgani, keyinchalik bu yerlarda 
forsiyzabonlar nufuzining ham oshganligi, joy otlarining esa 
forscha atab ketilganidan dalolat beradi (
İnčüögüz – Sirdaryā, 
Keš (~Käš) – Shahrisabz
singari joy otlarining yuzaga kelishi 
bunga misol). 


24
Mahmud Koshg‘ariy yuzyilliklar osha Markaziy Osiyo 
tuprog‘ida yashab kelgan etnik guruhlar va ularning tillari 
to‘g‘risida ham aniq-taniq ma’lumot keltiradi. Jumladan, u 
mazkur o‘lkalarda yashovchi 
soğdaq, känčäk, arğu
larni “ikki 
tilda so‘zlashuvchilar” deya ta’kidlaydi. Uning yozishicha
xo‘tanliklar, tubutlar va tangutlarning ba’zilari kabi ikki tilda 
so‘zlaydiganlar va boshqa shaharlarga borib yurganlar tilida 
buzuqlik bor. Bular bu yerlarga so‘ng kelganlar (MK.I.65). 
Mochinliklar va chinliklarning ayricha tillari bor bo‘lsa 
ham, shaharliklar turkchani yaxshi biladilar. Olimning yana 
ta’kidlashicha, ularning turklar bilan yozishmalari turkchadir 
(MK.I.65). 
Tubutlarning tillari alohida. Shuningdek, xo‘tanliklarning 
ham ayrim yozuvlari va ayrim tillari bor. Tubutlar ham, 
xo‘tanliklar ham turkchani yaxshi bilmaydilar (MK.I.65). 
Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, 
Balasağun, Tїraz, 
Mädinätülbäyzä 
shaharlarining xalqlari sug‘dcha va turkcha 
so‘zlaganlar
 
(MK.I.66). Ushbu fakt ikki masalaga e’tibor 
qaratishni talab etadi: birinchidan, bu o‘rinda shu o‘lkalarda 
ikki tilda so‘zlashuvchi ikki xalq yashaganligi ko‘zda 
tutilmoqda; ikkinchidan esa bu o‘lka xalqlarining (
soğdaq, 
känčäk, arğu
larning) ikki tilliligi. Ma’lumki, ko‘k turk, uyg‘ur 
xoqonliqlari va qoraxoniylar davrida bu o‘lkalarda turklar bilan 
birga savdo yohud boshqa ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida 
kelib o‘rnashib qolgan sug‘dlar ham yashar edi. Mahmud 
Koshg‘ariy 
soğdaq 
(ya’ni 
sug‘d) 
xalqini 
ikki 
tilda 
so‘zlashuvchilar deb ta’kidlaganda (MK.I.65) ko‘proq shu 
o‘lkalardagi sug‘dlarni ko‘zda tutgan ko‘rinadi. 
Ko‘k turk, uyg‘ur xoqonliqlari va qoraxoniylar davrida 
Balasag‘un aholisi ikki tilli edi. Mahmud Koshg‘ariyning 
yozishicha, balasag‘unliklar sug‘dcha va turkcha so‘zlaganlar 
(MK.I.66). Xalqning ikki tilli ekanligining boisi, bu yerda 
turklar bilan birga sug‘dlar ham yashagan. Lekin qoraxoniylar 
davriga kelib, bu yerlik sug‘dlarning turklashuv jarayoni yuz 


25
bera boshlagan ko‘rinadi. Mahmud Koshg‘ariy 
soğdaq 
so‘ziga 
izoh bera turib: “
Soğdaq
– Balasag‘unga joylashgan bir qavm. 
Ular Samarqand va Buxoro o‘rtasidagi So‘g‘ddan bo‘lib, keyin 
turklashib ketgan odamlar” deb yozgan edi (MK.I.437). 
Olim koshg‘arliklar to‘g‘risida ma’lumot berar ekan, 
“Qashqarda kanchakcha so‘zlashadigan qishloqlar bor. Shahar 
o‘rtasida turuvchilar “xoqoniy turkchasi”da so‘zlaydilar” deb 
yozadi (MK.I.66). Bundan anglashiladiki, Koshg‘ar tevaragida 
kanchaklar yashaydigan qishloqlar ham bo‘lgan va ular ikki 
tilli edi. Shahar ichidagilar esa turkiy adabiy tilda (“xoqoniy 
turkchasi”da) so‘zlaganlar.
Muhimi shundaki, Mahmud Koshg‘ariy 
känčäk 
larni 
turklarning bir toifasi deb ta’riflaydi (MK.I.444). Shunga ko‘ra, 
“kanchakcha” atamasini turkiy shevalarning biri deb qarash 
mumkin. 
“Devonu lug‘atit turk”da 
Uyğur
mamlakati va uning eli 
to‘g‘risida 
ham 
keng 
ma’lumot 
berilgan. 
Mahmud 
Koshg‘ariyga ko‘ra 
Uyğur 
– besh shaharli viloyat ismidir.
 
Uning yozishicha, Uyg‘ur viloyatida beshta shahar bo‘lib, u 
yerning aholisi g‘irt kofirlar va nihoyatda mohir otuvchilardir. 
U shaharlarni Zulqarnayn bino qilgan. Bular: 
Sülmi, Qoču, 
Čanbalїq, Bešbalїq, Yaŋїbalїq
shaharlaridir (MK.I.136).
“Devonu lug‘atit turk”da keltirilgan xaritada bu o‘lka 
Bilādu Uyğur
deb qayd etilgan. 
Mahmud Koshg‘ariy bu o‘lka xalqining tili va yozuv 
madaniyati haqida ham ma’lumot bergan. U yozadi: 
“Uyg‘urlarning tili sof turkcha. Lekin o‘zlari so‘zlashadigan 
yana bir xil shevasi ham bor. Uyg‘urlar kitobning bosh qismida 
ko‘rsatilgan 24 harfdan iborat turkiy yozuvni qo‘llaydi. Kitob 
va xat-janglarini shu yozuv bilan yozadi. Uyg‘urlarning 
chinliklarnikiga o‘xshaydigan yana bir xil yozuvi ham bor. 
Rasmiy xat-jang va hujjatlarini shu yozuvda yozadi. Bu 
yozuvni musulmon bo‘lmagan uyg‘urlar bilan chinliklardan 
boshqalar o‘qiy olmaydi” (МК.I.40). 


26
Mahmud Koshg‘ariy 
Qoču 
ni uyg‘urlar viloyatidagi bir 
shahar sifatida keltirgan (MK.I.136). 
“Devonu lug‘atit turk”da keltirilgan xaritada ham bu 
shaharlar bir chiziq bo‘ylab joylashgan. Ushbu xaritada 
ko‘rsatilishicha, bu viloyat janubdan 
Küčä
, sharqiy tomondan 
Kemi Talas
bilan chegaralanadi. Buning bayoni asarda yaxshi 
berilgan. Chunonchi, Mahmud Koshg‘ariy 
Küčä
haqida yozib, 
uni uyg‘urlar chegarasidagi shahar (MK.I.384), 
Kemi Talas
ni 
esa musulmonlar chegarasidagi shahar deb ta’kidlaydi 
(MK.I.347). 

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə